Pedagog kadrlarni QT va MO markazi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘i asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etilgan.

TDPU xuzuridagi OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tarixi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘i asosida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etildi.
Oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirish maqsadida 2015 yil 12 iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732 sonli farmoni qabul qilindi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qish oliy o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash kursi o‘quv rejasining yangilangan namunali tuzilmasi asosida ishlab chiqilgan maxsus dasturlar bo‘yicha ikki oy davomida ishdan ajragan holda amalga oshiriladi. Kurslar yakunida tinglovchilar Attestatsiya komissiyalari tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyadan o‘tadi. Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga davlat namunasidagi qat’iy hisobdorlik hujjati hisoblangan malakaviy attestat beriladi.
Tarmoq markazi ma’muriyati tarkibi
Tarmoq markazi direktori - p.f.d.,prof.N.A.Muslimov; TM bosh hisobchisi – Sh.Turaxanov; QT va MO ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi. Bo‘lim boshlig‘i: A.B.To‘raev; QT va MO ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish. Bo‘lim boshlig‘i: M.Imomov; QT va MO ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi metodisti – M.Jalolova; QT va MO ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limi metodisti- S.Tashpulatova; Muhandis dasturchi – Sh.Muslimov; kassir - M.Alimova; Ish yurituvchi kotiba – M.Tursunboeva.
Pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar
Tarmoq markazida pedagogik faoliyat olib borish uchun respublikamizning ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarida o‘rindoshlik asosida tajribali, yuqori malakali professor-o‘qituvchilar (ilmiy salohiyat 76 %, o‘rtacha 47 yoshni tashkil etadi) jalb etilgan.
Tarmoq markazining ilmiy faoliyati
2015 yildan boshlab tarmoq markazida 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida professor N.Muslimov rahbarligida A-1-141 “Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi uchun modulli web texnologiya asosida elektron axborot ta’lim resurslarini yaratish va amaliyotga joriy etish” mavzusidagi amaliy loyiha bajarilgan. Loyihaga ijrochi sifatida tarmoq markazida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar keng jalb qilingan.
Tarmoq markazining o‘quv va moddiy-texnikaviy bazasi
Tarmoq markazi uchun 8-binoning 3-qavatida joylashgan. Ma’muriy xonalar – 4 ta; 1 ta ma’ruzalar zali, o‘quv-trening xonalari – 5 ta, 2 ta kompyuter xonasi, 1 ta lingafon xonasi mavjud bo‘lib, optik tolali internet tarmog‘iga ulangan jami 67 ta zamonaviy kompyuterlar, 2 ta elektron doska, 1 ta televizor, 6 ta videoproektrlar, o‘quv va moddiy-texnik vositalar bilan jihozlangan. Tarmoq markazi o‘quv-metodik va moddiy-texnika bazasi bilan mustahkamlangan, o‘qitishning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnikalari va texnik vositalari bilan ta’minlangan.
2015 yildan boshlab Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini gumanitar soha pedagogika 21 ta (Matematika o‘qitish metodikasi), (Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi), (Informatika o‘qitish metodikasi), (Biologiya o‘qitish metodikasi), (Kimyo o‘qitish metodikasi), (Geografiya o‘qitish metodikasi), (O‘zbek tili va adabiyoti), (Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)), (Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)), (Tarix o‘qitish metodikasi), (Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi), (Pedagogika va psixologiya), (Defektologiya), (Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish), (Maktabgacha ta’lim), (Musiqa ta’limi), (Harbiy ta’limi), (Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi), (Mehnat ta’limi), (Kasbiy ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha)) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha alohida guruhlarda umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan dars beruvchi pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishi hamda “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun qayta tayyorlash va malaka oshirishning zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasi xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda kengaytirilib borilmoqda.

1. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Matematika);
2. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya);
3. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Informatika);
4. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Kimyo);
5. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Biologiya);
6. Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (Geografiya);
7. Pedagogika va psixologiya;
8. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat;
9. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
10. Mehnat ta’limi;
11. Defektologiya;
12. Ona tili va adabiyoti (Qozoq tili);
13. Tarix o‘qitish metodikasi;
14. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi;
15. Musiqa ta’limi;
16. Maktabgacha ta’lim.

“TASDIQLAYMAN”
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri
___________________B.Yu.Xodiev
“_____” _____________ 2012 yil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi
NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 28 maydagi “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1761-son Qarori, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 278-son qarori hamda ushbu qarorning ijrosini ta’minlash to‘g‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 29 sentyabrdagi 391-sonli buyrug‘i asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (bundan keyin matnda - markaz deb yuritiladi) faoliyatini belgilaydi.
2. Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinda matnda – vazirlik deb yuritiladi), Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazi (keyingi o‘rinda matnda - Bosh ilmiy-metodik markazi deb yuritiladi), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (keyingi o‘rinda matnda – institut deb yuritiladi) hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti (keyingi o‘rinda matnda – universitet deb yuritiladi) qaror va buyruqlari, shuningdek mazkur Nizom asosida olib boradi.
3. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, o‘z emblemasi, shtampi, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
4. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining oliy ta’lim muassasalari pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davlat byudjetidan yillik parametrlari doirasida ajratilgan mablag‘lar, shartnoma asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishdan tushgan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘lari, grantlari hamda xo‘jalik faoliyatidan olingan mablag‘lar, shuningdek, qonun xujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
5. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, Bosh ilmiy-metodik markazga hamda Toshkent davlat pedagogika universitetiga bo‘ysunadi va o‘z faoliyatini hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Markazning pochta manzili – 100100, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 103-uy.

II. Markazning maqsadi va vazifalari

7. Markazning maqsadi – pedagogika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek umumta’lim fanlari, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
8. Markazning asosiy vazifalari:
- Tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha o‘quv rejalarini qayta qurib chiqish, o‘quv dasturlariga kompyuter va multimediyali zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni kiritish;
- pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlash;
- ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
- pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni amaliyotga joriy etish.
III. Markazda o‘quv jarayonini tashkil etish
9. Markaz o‘z faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:
- ta’lim faoliyatini respublikaning tegishli iqtisodiyot sohalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga uyg‘unlashtiradi;
- oliy ta’lim muassasalarida gumanitar soha (pedagogika) bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda ularning pedagoglari malakasini pedagog kadrlarning tayyorlanishiga qo‘yiladigan talablar darajasida olib boradi;
- pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirishda gumanitar soha (pedagogika)ning mavjud imkoniyatlaridan keng foydalanishni tashkil etadi;
10. Markazda mashg‘ulotlarning turlariga: ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, ko‘chma mashg‘ulotlar, tajriba almashish bo‘yicha mustaqil ish va boshqalar kiradi.
11. Markazning qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishlari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Bosh ilmiy-metodik markazning tavsiyasiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
12. Markazda ta’lim sohalari xodimlari uchun to‘lov-shartnoma asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil qilinishi mumkin.
13. Markazda o‘quv jarayoni tinglovchilarning asosiy ish faoliyatidan ajralgan holda olib boriladi:
- qayta tayyorlash – 4 oydan kam bo‘lmagan muddatda (576 soat);
- malaka oshirish – 1 oydan kam bo‘lmagan muddatda (144 soat);
- auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 minutlik tanaffussiz juft akademik soat belgilanadi. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo‘ladi;
- ta’lim jarayoni olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus, qozoq, koreys, olmon va ingliz tillari hisoblanadi;
- tinglovchilarning yakuniy nazoratdan to‘plagan umumiy bali 70 balldan yuqori bo‘lgan holda ularga o‘rnatilgan tartibda sertifikat beriladi.
14. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari doirasida ta’lim olish uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan davlat talablari qo‘llaniladi.
15. Ta’lim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanagan o‘quv rejalari asosida tuzilgan hamda markaz direktori tomonidan tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
16. Professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv, metodik, ilmiy va boshqa turdagi yuklamalari hajmi Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan ishlab chiqilgan pedagog qadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalari uchun vaqt me’yorlariga asosan belgilanadi.
17. Professor-o‘qituvchilar qayta tayyorlash va malaka oshirish sifatini yaxshilashga qaratilgan ilmiy-uslubiy faoliyatni, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq qilish ishlari asosida olib boradilar hamda Bosh ilmiy-metodik markazda kamida uch yilda bir marta malaka oshiradilar.
18. Markazga tinglovchilarni qabul qilish oliy ta’lim muassasalari buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga asosan amalga oshiriladi.
19. Markaz pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha elektron bazani shakllantiradi, zarur resurslarni tayyorlaydi, hamda elektron bazani yangi resurslar bilan doimiy boyitib boradi.
20. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik ishlarni amalga oshiradi.
21. Markazda ilmiy ishlar rejasi bo‘yicha ilmiy-metodik tadqiqot ishlari olib boriladi.
22. Ilmiy tadqiqotlar quyidagi mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi:
- fan, texnika va texnologik taraqqiyotning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental, amaliy hamda innovatsion tadqiqotlarni bajarish uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lari;
- shartnoma asosida sohaviy vazirliklar, idoralar, korxonalar, birlashmalar va boshqalar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar mablag‘lari.
23. Tinglovchilarga o‘qish natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan davlat namunasidagi sertifikat (diplom) beriladi.
IV. Markazning boshqaruvi va tarkibi
24. Tarmoq markaziga universitet rektori tavsiyasiga ko‘ra Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi. Direktor:
• Markaz faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq markaz nomidan ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, markaz mol-mulkiga mas’ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida markazning hisob raqamini ochadi, markaz mol mulki va moliyaviy mablag‘laridan o‘rnatilgan tartibda foydalanish bo‘yicha buyruqlar beradi;
• Barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va topshiriqlar beradi;
• Markaz bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi hamda xodimlarning xizmat vazifalarini belgilaydi;
• O‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq Markaz faoliyatini tashkil etadi, amaldagi tuzilmasiga Vazirlik va Bosh ilmiy-metodik markaz bilan kelishilgan holda xodimlarning soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
• Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori bilan kelishgan holda bo‘lim boshliqlari lavozimlariga nomzodlarni tayinlaydi hamda lavozimidan ozod qiladi;
• Xodimlar bilan mehnat shartnomalarini (kontraktlari) tuzadi va bekor qiladi;
• Qonun xujjatlariga muvofiq xodimlarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘radi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
• Mehnat, ijro intizomi, mehnatni muhofaza qilish shart-sharoitini ta’minlaydi;
• Markaz faoliyati bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markazga muntazam ravishda hisobot berib boradi.
25. Markazning tashkiliy tuzilmasi quyidagi ikkita, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limlardan iborat. Tarkibi bo‘lim boshliqlari, o‘quv-ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha metodist, muhandis-dasturchi va bosh hisobchidan iborat.
25.1. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayonini tashkil etish va sifatini o‘rganish bo‘limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
• Me’yoriy hujjatlar asosida tinglovchilar uchun ta’lim jarayonini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rnatgan tartibda o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda o‘quv jarayonini tashkil qiladi;
• Tinglovchilarning parametridan kelib chiqib professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlaydi, o‘quv yili uchun shtatlar jadvallarini tuzadi hamda o‘quv jarayoni tashkil etish va sifati bo‘yicha xisobotlarni tayyorlaydi;
• Shtat, o‘rindosh va soatbay asosida ishlayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini belgilaydi;
• O‘quv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash bo‘yicha yuqori tashkilotlardan kelgan qarorlarning bajarilishini ta’minlaydi;
• Tinglovchilarga malakani himoya qilish ishlari va kursni tugatish ishlarini bajarish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tarkibidan ilmiy rahbarlar tayinlaydi;
• Metodist ish faoliyatini doimiy ravishda tashkil qiladi;
• Professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan olib boriladigan ta’lim jarayonini sifatini o‘rganadi;
• Tinglovchilar bilimini holis va adolatli baholashni tashkillashtiradi;
• Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari dars jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqqa kiritadi;
• Tinglovchilarning tayyorgarlik darajasini kirish va chiqish testlari orqali aniqlaydi va monitoringini olib boradi;
• Kirish va chiqish testlar bankini yaratadi va uning mazmunini doimiy ravishda takomillashtirib boradi hamda uni maxfiyligini ta’minlaydi;
• Nazorat natijalari, ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlaydi;
• Tinglovchilar uchun malakani himoya qilish ishlarini o‘z ichiga olgan yakuniy nazoratni o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi va uning nazoratini olib boradi;
• Malakani himoya qilish ishlari va kursni tugatish ishlari mavzulari bankini yaratadi hamda ularni doimiy ravishda yangilanib borishini nazorat qiladi;
• Qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun kursni tugatish ishlarini o‘z ichiga olgan yakuniy nazorat o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi va nazoratini olib boradi.
25.2. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari va ilg‘or tajribani joriy etish bo‘limi:
• Qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida ta’lim dasturlarini tuzish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ularni talim jarayoniga joriy qilish uchun tavsiyalar beradi;
• Muntazam ravishda ilg‘or tajribalarga tayangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
• Muhandis-dasturchi va metodist ish faoliyatini doimiy ravishda tashkil qiladi;
• Tinglovchilar bilimini holis va adolatli baholashni tashkillashtiradi;
• Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari dars jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqqa kiritadi;
• Tinglovchilarning tayyorgarlik darajasini kirish va chiqish testlari orqali aniqlaydi va monitoringini olib boradi;
• Kirish va chiqish testlar bankini yaratadi va uning mazmunini doimiy ravishda takomillashtirib boradi hamda uni maxfiyligini ta’minlaydi;
• Nazorat natijalari, ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlaydi;
• Tinglovchilar uchun malakani himoya qilish ishlarini o‘z ichiga olgan yakuniy nazoratni o‘tkazish tartibini ishlab chiqadi va uning nazoratini olib boradi;
• Ta’lim jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha elektron resurslar shakllantirish;
• Zamonaviy axborot texnologiyalari va masofaviy o‘qitish sohasida markaz professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar o‘tkazish;
• Professor-o‘qituvchilar, tinglovchilari uchun INTERNET va milliy axborot tarmog‘idan foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish;
• Markaz haqidagi informatsion byulletenlar tarqatishni tashkillashtirish;
• Markazda axborot texnologiyalari va masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha chet el va mahalliy tashkilotlarning grant va investitsiyalarini jalb qilinishini tashkil etish;
• Bosh ilmiy-metodik, mintaqa va boshqa tarmoq markazlari bilan o‘zaro tajriba va axborot almashishni yo‘lga qo‘yish;
• Respublika ilmiy-amaliy anjumanlarni tashkil etadi va tinglovchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi;
• Tinglovchilarning bo‘sh vaqtlarini faol o‘tkazishini tashkil etish uchun axborot resurs markazlarida mustaqil ishlashlari uchun shart-sharoit yaratish;
• Shonli sanalarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazadi.
25.3. O‘quv-ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha metodist:
• Professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik yuklamalarini bajarilishi, nazariy, amaliy, ko‘chma mashg‘ulotlar, tajriba almashish va mustaqil ta’lim, malakani himoya qilish ishi hamda boshqa o‘quv metodik ishlarni reja asosida tashkil etadi;
• Markazda shtat, o‘rindoshlik va soatbay asosida ishlayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasini rejalashtirish va uning bajarilishini ta’minlaydi;
• Tinglovchilarni malakani himoya qilish ishi mavzularini tanlash, ularni ilmiy rahbarlarga biriktirish haqidagi buyruqlarni tayyorlaydi;
• Bo‘limda mavjud bo‘lgan barcha hujjatlarni saqlanishini tartibga soladi;
• Bo‘limdan chiqadigan va keladigan hujjatlarni malumotlar daftariga qayd etadi;
• Telefonogrammalar, markazga kelgan xatlarni ijrosini ta’minlaydi va yozma javoblar tayyorlaydi;
• Universitet xodimlar bo‘limi va devonxona bilan doimiy aloqada bo‘ladi;
• O‘rindoshlik asosida va soatbay ishlovchi professor-o‘qituvchilarni yuklamasini bajarish va soatbay haq to‘lash hisobotini olib boradi;
• Dars qoldirgan tinglovchilar bo‘yicha tegishli bo‘lim boshlig‘iga yozma axborot beradi;
25.4. Muhandis-dasturchi:
• Xizmat majburiyatlari: kompyuter vositasi bilan qo‘yilgan topshiriqni bajarish imkoniyatini ta’minlovchi, iqtisodiy yechimlar algoritmi va boshqa masalalar dasturini matematik modellar asosida ishlab chiqadi, ularni moslashtiradi va sinovdan o‘tkazadi;
• Ma’lumotni ishlashni barcha bosqichlari bo‘yicha masalalarni yechish texnologiyasini ishlab chiqadi;
• Kompyuter vositasi bilan ishlashga taaluqli ma’lumot, uning hajmi, tuzilishi, loyihasi va kiritish tizimlari, ishlov berish, saqlash va uzatish, nazorat uslublarini belgilaydi;
• Dasturlarni ish maqsadiga muvofiqligini to‘liq tekshirishni ta’minlovchi berilgan nazorat misollari hajmi va mazmunini belgilaydi;
• Qo‘yilgan masalalar sharti bilan belgilangan boshlang‘ich ma’lumotlarni kiritish va yo‘lga qo‘yilgan dasturni ishga tushirishni amalga oshiradi;
• Dasturlar bilan ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqadi, zaruriy texnik xujjatlarni rasmiylashtiradi;
• Tayyor dasturlardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlaydi;
• Namunaviy va standartli dasturiy vositalarni, dasturlarning to‘g‘riligini avtomatik tekshirish tizimini ishlab chiqadi va joriy etadi, ma’lumotni ishlash texnologiyasini tuzadi;
• Standart dasturlar kartotekasi va katologini yaratishda, xujjat shakllarini tahlil qilishda, hisoblash texnikasini qo‘llash sohasini kengaytirishga imkon beruvchi dasturlarni loyihalashtirishda ishtirok etadi.
25.5. Bosh hisobchi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 22-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan 2169-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi 2011 yil 1-yanvardan kuchga kirgan buyrug‘iga amal qilgan holda faoliyat olib boradi.

V. Xalqaro hamkorlik

26. Markazning xalqaro hamkorligi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
27. Markaz tegishli soha bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, pedagog kadrlarini “ISTE’DOD” jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalarning grantlari va loyihalari doirasida chet elda tajriba almashishini o‘rnatilgan tartibda amalga oshirishi mumkin.
VI. Markaz faoliyatini moliyalashtirish va uning moddiy-texnik ta’minoti
28. Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar:
- oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun davlat byudjetidan yillik parametrlari doirasida ajratilgan mablag‘lar;
- shartnoma asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar;
- yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z xohishiga ko‘ra qilgan hadyalari va maqsadli badallari;
- qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa manbalar;
- markaz zarur hollarda institutning shuningdek, boshqa soha korxona va tashkilotlarining moddiy-texnik bazasidan foydalanishi mumkin.
VII. Tarmoq markazining tinglovchilariga hujjat berish
29. Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar beriladi:
- malaka oshirganligi to‘g‘risidagi sertifikat;
- qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom.
30. Diplom va sertifikatlarni o‘rnatilgan tartibda qabul qilish, saqlash va tarqatishga mas’ul shaxs tarmoq markazi direktorining universitet rektori bilan kelishilgan holdagi buyrug‘i asosida universitet diplom bo‘limini boshlig‘i hisoblanadi.
VIII. Yakuniy qoidalar
31. Tarmoq markazi faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi.
32. Mazkur Nizom Xalq ta’limi, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Mazkur Nizom TDPU ilmiy kengashining 2012 yil 22 noyabrdagi “3” – majlisida qabul qilingan.

Markazning maqsadi – pedagogika ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek umumta’lim fanlari, pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent viloyati va Toshkent shahri o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
Markazning asosiy vazifalari:
Tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassislari bo‘yicha o‘quv rejalarini qayta qurib chiqish, o‘quv dasturlariga kompyuter va multimediyali zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni kiritish;
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida ko‘chma mashg‘ulotlar, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan korxonalarga tashriflar joriy etilishini ta’minlash;
ishlab chiqarish, tadqiqot, loyihalash-qidiruv tuzilmalarining moddiy-texnikaviy bazasidan foydalangan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning, innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va ularni amaliyotga joriy etish