Axborot texnologiyalari markazi

Axborot texnologiyalari Markazi 23.05.2001 yilda tashkil etilgan. Markaz 26 ta zamonaviy kompyuter va texnikalar bilan jihozlangan sinflar va filiallarga ega. Markaz faoliyatining asosiy yo`nalishi - Universitetning kompyuter va axborot infratuzilmasini yaratish va uning dasturiy ta`minotini amalga oshirishdir

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Axborot texnologiyalari Markazi 2001 yilning 23 mayida tashkil etilgan.
1992 yillarda “Praves”, “Yamaxa”, “Korvet” kompyuterlaridan iborat 5 ta kompyuter o‘quv xonalari mavjud edi. 1998 yillarga kelib IBM-286, IBM-386, IBM-486 kompyuter xonalari tashkil etildi.
2000 yillarda esa Pentium –I, II kompyuter xonalari, 2004 yillarda Pentium –III, keyinchalik Pentium –IV kompyuter o‘quv xonalaridan universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar va talabalarga foydalanib kelishdi.
2002-2003 yillarda universitetning 7 ta o‘quv binosida axborot texnologiyalari Markazlari tashkil qilindi. Universitetning yagona lokal kompyuter tarmog‘i hosil qilindi. Universitetda videokonferens zal jihozlandi va videokonferensiyalar tashkil qilindi. «INTERNET YANGILIKLARI» nomli axborotnomalarni nashrdan chiqarib ta’lim muassasalariga tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Universitetning INTERNETdagi dastlabki sayti www.ntgpu.uzsci.net yaratildi: 2005-2006 yillarda TDPUning rasmiy web-sayti www.tdpu.uz yaratildi.

Axborot texnologiyalar markazi faoliyati
Markaz tomonidan axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish tizimini ta`lim jarayoniga kiritish, o`quv jarayonini boshqarishni kompyuterlashtirish, axborot tizimlari va elektron kutubxonalarni yaratish va takomillashtirish ustida ishlar olib borilmoqda.
Elektron o`quv metodik majmualar yaratilib, universitetning lokal tarmog`i hamda www.tdpu.uz va www.pedagog.uz saytlariga joylashtirilgan.
Markazda hozirgi kungacha universitetda o’qitiladigan birqancha fanlardan elektron darsliklar yaratilgan va yaratilmoqda

Universitetimizda videokonferenszal zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan va TerDU, GulDU, BuxOOESTI, AndMI, QarshiDU bilan anjumanlar videokonferensiya vositalari yordamida o`tkazilmoqda.

Markazda zamonaviy Pentium komp'yuterlaridan iborat 26 ta o`quv sinflari mavjud bo`lib, universitet o`quv ishlarida keng foydalanilmoqda. Hozirda professor-o`qituvchilarimiz, talabalarimiz Markaz xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Ularga INTERNET tizimidan o`zlarining fanlariga oid yangiliklarni olishlariga barcha sharoitlar yaratilgan.
Universitet yangi binolarida xar bir auditoriya va xonalar lokal tarmoqqa ulangan.

Kompyuterlarni tuzatish jarayonida ehtiyot qismlarini almashtirish bilan birga Prosessor, Blok Pitaniya, Vinchester, Operativ xotira kabi qismlari ko’zdan kechiriladi.
Printerlarni tuzatish jarayonida ehtiyot qismlarini almashtirish bilan birga Baraban Magnit vali, Rezina vali Termoplyonki kabi qismlari ko’zdan kechiriladi.

Nizom Nizom Nizom

- Axborot - kommunikatsiya tarmog`inining o`quv-metodik ta`minotini va masofaviy o`qitish tizimini yaratish borasida universitet fakultetlari va kafedralarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
- Axborot-kommunikatsion texnologiyalar, masofaviy ta`limni qo`llash, rivojlantirish muammolariga bag`ishlangan ko`rgazmalar, anjumanlar, amaliy seminarlarni tashkil etish;
- Respublikaning boshqa o`quv muassasalari, chet el davlatlari ta`lim muassasalari bilan o`zaro tajriba almashish, axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish bo`yicha hamkorlikdagi o`quv kurslarini yaratish maqsadida ijodiy aloqalarni o`rnatish va rivojlantirish;
- Axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitish bo`yicha o`quv-metodik adabiyotlarning, dasturiy ta`minotning avtomatlashgan axborot tizimining sifatini dastlabki ekspertizadan o`tkazish;
- Markaz haqidagi informatsion byulletenlar tarqatishni tashkillashtirish;
- Universitetning INTERNETdagi saytini yaratish va uning masofaviy o`qitish kurslari, masofaviy o`qitish Markazi, universitet yangiliklari haqidagi axborotlar bilan doimiy yangilanishini ta`minlash;
- Universitetda axborot texnologiyalari va masofaviy o`qitishni rivojlantirish bo`yicha chet el vа mahalliy tashkilotlarning grant va investitsiyalarini jalb qilinishini tashkil etish.

Xujjatlar

1. Buyruq-291--11.08.2015-Baxtiyev0003.PDF

"Ziyo NET" тармоғини ахборот-таълим ресурслари билан бойитиб бориш тўғрисида