Monitoring va ichki nazorat bo‘limi

Istiqlolning dastlabki yillaridanoq ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash sifatini zamon talablari darajasida takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor masalasiga aylandi.

О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va Oliy ta’lim meyoriy-huquqiy hujjatlarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan amaliy tashkiliy va ilmiy-pedagogik faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi buyrug‘i asosida barcha OTM va turdosh muassasalarda Ichki nazorat va monitoring bо‘limi tashkil etildi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug‘risida”gi 153-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Toshkent davlat pedagogika universitetining tashkiliy tuzilmasiga muvofiq Monitoring va ichki nazorat bо‘limiga о‘zgartirildi.

Bо‘lim faoliyati tashkil etilgan davrdan boshlab bо‘lim bir qancha mas’ullar tomonidan xizmat vazifalarga tо‘liq rioya qilgan holda boshqarib kelinmoqda:
-2001- 2006 yillar M.Rо‘ziqulov, M.Aliyev;
-2006-2010 yillar B.Xoldorov;
-2010-2014 yiillar J.Gulyamov;
-2014 yil avgust oyidan boshlab О‘.Tolipov

Hozirgi kunda bo`limda E.Sobirov va Z.Hojievalar faoliyat ko`rsatib kelishmoqda.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni universitet rektorati, fakultetlari, kafedralari, bo‘limlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan quyidagi yo‘nalishda amalga oshiradi:

1. Universitetda Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
2. TDPUda ijro va mehnat intizomi holati haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab borish.
3. TDPUda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish.
4. Universitetda mehnat va ijro intizomi holatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
5. Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik ilmiy-pedagogik yuklamalarining bajarilishi holatini o‘rganish va ular faoliyatini reyting asosida baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
6. Universitet moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish hamda istiqbol taraqqiyotiga amaliy takliflar berish.
7. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga yozma takliflarni taqdim etish.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI




“T A S D I Q L A Y M A N”
Rektor ____________SH.S.SHaripov
“____”, “______________” 2018 yil.




Monitoring va ichki nazorat bo‘limi to‘g‘risida
N I Z O M












TOSHKENT - 2018
Monitoring va ichki nazorat bo‘limi to‘g‘risida
NIZOMI

1. Umumiy qoidalar

1.1. Nizomiy nomidagi TDPUning Monitoring va ichki nazorat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Oliy ta’lim me’yoriy-huquqiy hujjatlarining bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan amaliy-tashkiliy hamda ilmiy-pedagogik faoliyatni nazorat qilishni, shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olib, kadrlar tayyorlash hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2001 yil 29 avgustdagi 207-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etilgan.
1.2. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi universitetning mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi va bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.
1.3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi universitetda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni, mamlakatimiz Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarini va Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlarini hayotga tatbiq etilishi, shuningdek, universitet fakultetlari, kafedralari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, moliyaviy hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohalarida vazirlik Hay’ati qarorlari, vazirlik hamda universitet bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim-tarbiya tizimidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qiladi hamda monitoringini olib boradi.
1.4. Mazkur Nizom tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.
1.5. Mazkur Nizom yagona, tashkiliy-uslubiy asosda universitet monitoring va ichki nazorat bo‘limining faoliyatini yoritib beruvchi asosiy me’yoriy-xuquqiy tamoyillarni belgilaydi.

2. Bo‘limning asosiy maqsadi va vazifalari

Nizomiy nomidagi TDPUning monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy maqsadi - “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi, ta’lim-tarbiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qaror va farmoyishlari, olib borilayotgan islohotlar, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalash, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, ishni izchil tashkil eta oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlarini, me’yoriy-huquqiy hujjat va uslubiy ko‘rsatmalarining o‘z vaqtida va talab darajasida ijro etilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borishdan iborat.
TDPU monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
 universitetda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid Qonunlari, yuqori tashkilotlarning farmon, qaror va farmoyishlarini, vazirlik Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish;
 universitet tasarrufidagi tegishli bo‘linmalar tomonidan kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish, universitet moddiy-texnika bazasini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
 professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish.

3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘ziga yuklatilgan vazifalarni universitet rektorati, fakultetlari, kafedralari, bo‘limlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan quyidagi yo‘nalishda amalga oshiradi:

3.1. Universitetda Davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.
3.2. TDPUda ijro va mehnat intizomi holati haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va muntazam ravishda yangilab borish.
3.3. TDPUda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish.
3.4. Universitetda mehnat va ijro intizomi holatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
3.5. Professor-o‘qituvchilar tomonidan yillik ilmiy-pedagogik yuklamalarining bajarilishi holatini o‘rganish va ular faoliyatini reyting asosida baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
3.6. Universitet moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish hamda istiqbol taraqqiyotiga amaliy takliflar berish.
3.7. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha universitet rahbariyatiga yozma takliflarni taqdim etish.

4. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi tahliliy va nazorat
tadbirlarining natijalari bo‘yicha:

4.1. Universitetda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemnoma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Nazorat va monitoring boshqarmasiga o‘z muddatida sifatli taqdim etilishini ta’minlaydi.
4.2. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi va universitet rektoriga taqdim etadi.

5. Bo‘limning huquqlari

5.1. TDPUda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar yuzasidan ta’lim masalalari bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnoma xatlari, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek universitet buyruqlarining fakultetlarda, kafedralarda, bo‘limlarda ijrosini nazorat va tahlil qilish.
5.2. Universitetning fakultet va kafedralarida, unga biriktirilgan Akademik litsey va kasb hunar kollejlarining Davlat ta’lim standartlariga hamda ta’lim-tarbiyaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish.
5.3. Universitet va unga tegishli barcha ta’lim muassasalarida bo‘ladigan turli tadbir va kengashlarda ishtirok etish.
5.4. Universitetda mehnat va ijro intizomi holatini o‘rganish maqsadida fakultet, kafedra va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan kerakli hujjatlarni talab qilish.
5.5. Monitoring va ichki nazorat bo‘limining huquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun, belgilangan tartibda universitetning tajribali professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, ishchi guruhlar tuzish.
5.6. Kurs ishlari (loyihasi), bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilinishini hamda davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni belgilangan talablar asosida bajarilishini nazorat qilish.
5.7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublika OTMlariga talabalarni qabul qilish bo‘yicha Qarori chiqishi munosabati bilan, qarorning ijrosida bevosita ishtirok etgan holda monitoring ishlarini olib borish.

6. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi o‘z faoliyatini vazirlikning tegishli bo‘limi bilan kelishilgan holda hamda universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejasiga muvofiq amalga oshiradi.

7. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi faoliyati har o‘quv yilining oxirida universitet kengashida muhokama qilinadi va bu haqdagi hisobot vazirlikka taqdim etiladi.

8. Ichki nazorat va monitoring bo‘limining tarkibiy tuzilmasi

8.1. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi mansab jadvali – bo‘lim boshlig‘i, uslubchi, va inspektordan iborat.
8.2. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi mansablar tarkibi moliya vazirligining talabalar soniga binoan oliy ta’lim muassasasiga ajratilayotgan mablag‘ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi.
8.3. Monitoring va ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i vazirlik bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.

9. Bo‘lim shtat birligidagi xodimlarning egallagan lavozimi bo‘yicha funksional vazifalari:

9.1. Bo‘lim boshlig‘i:

 bevosita universitet rektoriga buysunadi;
 bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida har o‘quv yili uchun bo‘lim faoliyatini rajalashtiradi va uning samarali bajarilishiga rahbarlik qiladi;
 bo‘lim xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, bo‘limda mo‘‘tadil ijodiy muhit va mehnat intizomini ta’minlaydi;
 universitet veb saytida bo‘linmalarda mehnat va ijro intizomiga oid ma’lumotlarni aniqlaydi;
 yuqori tashkilotlarga taqdim etiladigan ma’lumot va hisobotlarning belgilangan talab, mazmun, shakl va muddatlarda taqdim etilishiga javob beradi;
 bo‘lim shtat birligi, lavozim vazifalari asosida bo‘lim xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi, ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora ko‘rish xususida universitet rektoriga yozma taklif beradi;

9.2. Uslubchi:
 bevosita bo‘lim boshlig‘iga bo‘ysunadi;
 har o‘quv yili uchun bo‘lim faoliyatini rejalashtirishda, uni samarali bajarilishida bo‘lim boshlig‘iga tayanch bo‘ladi;
 yuqori tashkilotlarga yuboriladigan ma’lumot va hisobotlarni belgilangan talab, mazmun, shakl va muddatlarda tayyorlanishini ta’minlaydi;
 bo‘lim xodimlarini uslubiy qo‘llash, bo‘limda namunaviy mehnat, ijro intizomini shakllantirish va boshqa amaliy-tashkiliy tadbirlarda faol ishtirok etadi;
 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari hamda buyruqlarining universitetda ijro holatini nazorat qilish va monitoringini olib boradi;
 universitetda ta’lim va tarbiya jarayonida integratsion va innovatsion texnologiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amaliyotga tatbiq etilishini nazorat qilish va boshqalar.
9.3. Inspektor:

 ushbu lavozimga o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis tayinlanadi va u ichki nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘iga bo‘ysunadi;
 o‘z faoliyatini bo‘lim boshlig‘i va uslubchi ko‘rsatmalariga muvofiq amalga oshiradi;
 bo‘limga kiruvchi va bo‘limdan chiquvchi hujjatlarni qayd qiladi, universitet bo‘linmalariga eslatma va ma’lumotnomalarni o‘z vaqtida etkazishni ta’minlaydi;
 me’yoriy-xuquqiy hujjatlar, hisobotlar va tahliliy ma’lumotnomalarning loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;
 tezkor ma’lumotnomalarni elektron pochta orqali vazirlikka etkazilishini ta’minlaydi;
 universitet veb.saytiga tegishli ma’lumotlarni kiritilishining texnik ta’minotini bajaradi;
 yuqori tashkilotlarning farmon, qaror, farmoyish va buyruqlarining universitetdagi ijrosi yuzasidan ma’lumotlarni jamlaydi, belgilangan tartib, talab va muddatlarda vazirlikka taqdim etilishining texnik jihatlari uchun javob beradi.

Mazkur Nizom universitet kengashining 2018 yil
“______________”, “_____”sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Мonitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
 universitetda O‘zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga oid Qonunlari, yuqori tashkilotlarning farmon, qaror va farmoyishlarini, vazirlik Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemnoma va telefonogrammalarini, shuningdek, universitet buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish hamda monitoringini olib borish;
 universitet tasarrufidagi tegishli bo‘linmalar tomonidan kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish, universitet moddiy-texnika bazasini takomillashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib borish;
 professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish.