Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi

Ilmiy bo`lim oliy ta'lim muassasasi tashkil etilgan kundan boshlab uning tarkibiy qismi sifatida mavjud bo`lgan. 2006 yilga qadar qozirgi bo`limning o`rnida 3ta bo`lim – aspirantura bo`limi, doktorantura bo`limi, ilmiy bo`lim mavjud bo`lgan. 2006 yilda aspirantura va doktorantura bo`limi qo`shilgan. 2012 yildan boshlab barcha bo`limlar Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pеdagogik kadrlar bo`limi sifatida optimallashtirildi.
So`nggi 25 yil davomida univеrsitеtda 20dan ortiq ixtisoslik bo`yicha 600 nafardan ortiq fan nomzodi va 100 nafardan ortiq fan doktorlari tayyorlangan. Mustaqillik yillarida davlat ilmiy tеxnik dasturlar doirasida 70 dan ortiq innovatsion, fundamеntal va amaliy grantlar, 10 ga yaqin xalqaro grantlar, 10dan ortiq yosh olimlar grantlari bajarilgan.
Ilmiy bo`limda mustaqillik yillarida Zufarova Muallam, Musurmanov Ochil, Aminova Dilya, Balich Abdulla, Kadirova Ra'no, Jumaеv Mamanazar, Madrimov Mamasoli, Jumaniyazov Kudrat, Matchanov Safo, Ismatullaеv Raxmatulla kabi mutaxassislar raqbarlik lavozimida ishlaganlar.

Uzluksiz ta`lim tizimi uchun oily malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash

Iqtidorli yoshlarni izlash, aniqlash va ularni maqsadli tayyorlashning tashkiliy va ilmiy – uslubiy ta’minoti

Ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi doirasida ilmiy va o‘quv – uslubiy ta’minotini takomillashtirish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI
TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

















Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash
bo‘limining

NIZOMI


















1. Umumiy qoidalar

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni» hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, ya’ni doktorantura orqali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tartibi, doktorantlar, ilmiy maslahatchilar va oliy o‘quv yurtining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi hamda universitetda professor-o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-tadqiqot, ijodiy faoliyatga jalb qiluvchi va yo‘naltiradi kafedra va fakultetlarda bu borada olib borilayotgan ishlarni muvofiklashtiradi. Shuningdek jamoatchilik asosida tashkil etilgan Yosh olimlar kengashi faoliyatini boshqaradi.

2. Bo‘limning maqsad va vazifalari

Bo‘limning asosiy maqsadi universitetning ilmiy-tadqiqotlar faoliyatini tashkil etish, boshqarish, muvofiqlashtirish va monitoringini olib borishdan iborat.
Bo‘limning asosiy vaziflari:
- oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, ya’ni doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar institutlari orqali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- professor-o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-ijodiy faoliyatga jalb qilish;
- universitetda davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida bajariladigan amaliy, innovatsion, yosh olimlar va fundamental tadqiqotlarning faoliyatini, ularning chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarining tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida taqdim etilishini nazorat qilish;
-. universitetdagi ilmiy nashrlar faoliyatini muvofiklashtirish;
- Yosh olimlar kengashi faoliyatiga ko‘maklashish;
- universitetning xalqaro ilmiy hamkorlik faolichtini tashkil etish;
- universitetda xalkaro va respublika miqyosda o‘tkaziladigan barcha konferensiyalar, anjumanlarni tashkil etishga mutassadi shaxslar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar yarmarkasiga ishlanmalarni taqdim etish, yarmarkada namoyish etiladigan ishlanma(banner, maket, buklet, elektron darslik...)larning dizayni va mazmunini tahlil qilish;

3. Bo‘limdagi mavjud shtatlar:

№ Lavozim nomi Shtat birligi
1 Bo‘lim boshlig‘i 1
2 1-toifali muhandis 1
Jami 2


Bo‘lim boshlig‘ining asosiy vazifalari:

- Universitetda doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar institutlari orkali ilmiy kadrlar tayyorlashni muvofiklashtirish, doktorantura mutaxassisliklarini ochish va yopish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar tayyorlash:
- universitet professor-o‘qituvchilarini fundamental, amaliy, innovatsion tadqiqotlar olib borishga yo‘naltirish, loyihalar tayyorlash va mavjud loyihalarning faoliyatini nazorat kilib borish;
- universitet kengashida professor-o‘qituvchilarning dissertatsiya mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy maslahatchilarini tasdiqlab borishni ta’minlash;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi bilan kelishgan xolda malakaviy imtihonlarini yukori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash;
- universitet huzuridagi dissertatsiya himoyalari bo‘yicha ilmiy kengashlarning to‘lakonli faoliyati uchun lozim bulgan moddiy va me’yoriy asoslarni yaratib berish;
- professor - o‘qituvchilarni dolzarb mavzulardagi ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarga yo‘naltirish, ularni ijtimoiy himoya qilish buyicha takliflar tayyorlash;
- kafedra va fakultetlarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiklashtirish va boshqarish, professor-o‘qituvchilarning kunning ikkinchi yarmida bajariladigan ilmiy ishlarining mazmuni yuzasidan uslubiy tavsiyalar tayyorlash;
- ilmiy-tadqiqot xulosalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish orqali ta’lim mazmunini uzluksiz ravishda boyitib borishni tashkil etish;
- ilmiy - tadqiqot ishlarida yuqori natijalarga erishgan professor-o‘qituvchilar va iste’dodli talabalarni rag‘batlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
- kafedra va fakultetlarning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tarmoq institutlari, oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlari bilan ilmiy hamkorligini tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqarish;
- universitetning ilmiy jamoatchiligini keng jalb qilgan holda ilmiy - tadqiqot ishlarining yillik va istiqbol rejalarini tuzish, ilmiy kengash muhokamasiga takdim etish; Tasdiklangan rejalarning ijrosini tashkil etish va nazorat qilib borish;
- kafedra va fakultetlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotlarini tahlil etish va shu asosda universitetning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha yillik hisobotini shakllantirish va ilmiy kengash muhokamasiga olib chiqish;
- doktorantura va mustaqil izlanuvchilar institutlariga kabul jarayonini yuqori saviyada o‘tkazish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga universitetda o‘tkaziladigan xalkaro va respublika mikyosidagi ilmiy-anjumanlar to‘g‘risida takliflar tayyorlab berish:
- kafedrlarning ilmiy salohiyatini oshirishga karatilgan istikbolli ish rejasining bajarilish monitoringini yaratish va uni muntazam ravishda to‘ldirib borish.

Birinchi toifali muhandisning asosiy vazifalari:

- Doktorantlar bilan ishlashni yuqori saviyada uyushtirish, ularning ilmiy ish mavzularini tanlash va doktorlik dissertatsiyasini yozish uslublari bo‘yicha seminarlarni tashkil qilish;
- Doktorantlar bilan maxsus seminarlar o‘tkazish grafigini o‘rnatish, har bir doktorantlarning o‘z mavzusi bo‘yicha taqdimnomasini tashkil qilish;
- Doktorantlar attestatsiyasini (qishki, yozgi) kafedra, fakultet va universitet miqyosida o‘z vaqtida o‘tkazish;
- Doktorantlarning shaxsiy ish rejalarining bajarilishini qattiq nazoratini olib borish, yozma ravishdagi xulosalarning to‘liqligini ta’minlash;
- Doktorantlar ilmiy tadqiqotlarining konfrensiyalar, simpozium, turli ilmiy-uslubiy seminarlar, tashkilot va korxonalarda o‘tkazgan stajirovkalarda aprobatsiyasini o‘tkazishga ko‘mak berish;
- Barcha doktorantlar xususan, bitiruvchi kurs doktorantlarining muddatida himoyaga chiqmaslik sabablarini tahlil qilish, zaruriy yordam ko‘rsatish;
- doktorantlar bilan malakaviy imtihon sessiyalarini o‘tkazish, ularning ilmiy ishlari mavzularini OAK «Byulleten» jurnalida chop ettirishga amaliy yordam tashkil etish:
- Fan doktorlarini tayyorlash bo‘yicha tegishli kafedra va fakultetlar bilan ish olib borish.
- Doktorantlarning ilmiy maslahatchilar bilan ta’minlanganligini nazorat qilib borish;
- mustaqil izlanuvchilar bilan ish olib borish, ularning hujjatlarini qabul qilish, tadqiqotchilar safiga qabul qilish buyruqlarini rasmiylashtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshka tashkilotlardan kelgan hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularni ijrochilarga o‘z vaktida yetkazib berish;
- fukarolarning yozma va og‘zaki murojaatlarini kabul qilish, ularning bajarilish monitoringini olib borish;
- universitetdagi barcha professor-o‘qituvchilarga respublikadagi kutubxonalar, ilmiy-tadkiqot institutlariga, tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun yo‘llanma xatlarini tayyorlab berish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan e’lon kilgan yangiliklarni tadkikotchilarga muntazam ravishda tanishtirib borish;
- xalkaro va respublika mikyosida o‘tkazilayotgan barcha konferensiyalar, anjumanlar, davra suxbatlari to‘g‘risidagi xabarnomalarni kafedralarga tarkatish va mutassadi shaxslarni xabardor qilish;
- universitet xuzuridagi ilmiy kengashlar seminar bayonnomalarini rasmiylashtirish bilan bog‘lik barcha ishlarni (ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor tasdig‘iga olib kirish, muhrlarni qo‘yish...) tashkil etish;
- kafedralarning yillik ish rejalarini to‘plash, ularni statistik jihatdan umumlashtirish va universitetning umumiy yillik hisoboti uchun birlamchi ma’lumotlarni tayyorlash;
- universiet Ichki nazorat bo‘limiga bo‘limda bajarilgan ishlar yuzasidan xaftalik, oylik, chorak va yillik hisobotlarni o‘z muddatida (tasdiqlangan shakllarga muvofiq) topshirib borish;
- universitet devonxonasiga boshka tashkilotlardan kelgan xatlarning ijrosi yuzasidan xar kuni (o‘rnatilgan tartib asosida) ma’lumot berib borish:
- universitetdagi iktidorli talabalarni izlab topish mezonlarini ishlab chikish va uni amalga oshirish;
- «Ustoz-shogird» tizimini takomillashtirish, ilmiy maktab yaratgan olimlarga iktidorli yoshlarni biriktirishni tashkil etish;
- iktidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor Davlat stipendiyalari tanloviga tayyorlab borish, hujjatlarini to‘plash va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga topshirish;
- respublikada tashkil etilayotgan turli tanlovlarda iste’dodli yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash maksadida ularning hujjatlarini tayyorlash va o‘z vaktida takdim etish;
- O‘quv yilida bir marta (aprel-may oylarida) talabalarning an’anaviy konferensiyasini tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug‘i asosida universitetda o‘tkaziladigan talabalarning fan olimpiadalari yunalishlarini yukori saviyada tashkil etish uchun tashkiliy qo‘mita tuzish, uning rejasini ishlab chikish va mas’ullarni belgilash;
- respublikaning boshqa joylarida o‘tadigan fan olimpiadalarining 2-bochichga universitetdan talabalarni yuborish, ularning xizmat safarlarini to‘lab berish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- iqtidorli talabalar va magistrantlarga o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishlari va rivojlantirish uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash;
- professor - o‘qituvchilar va iste’dodli talabalarni respublika mikyosida e’lon kilingan va chet el ilmiy - tadqiqot dasturlari asosida olib borilayotgan faoliyatlarga qatnashuvini ta’minlash;
- professor - o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy - tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalari va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
- iqtidorli talabalar ilmiy jamiyati, kichik akademiya faoliyatini tashkil etish, muvofiklashtirish, yo‘naltirish va boshqarish;
- iste’dodli talabalar uchun horijiy tillarni, informatsion texnologiyalarni o‘rganish, mutaxassislik hamda boshqa fanlar bo‘yicha maxsus va chuqurlashtirilgan kurslarni tashkil etish.
- professor - o‘qituvchilar va iqtidorli talabalarning Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda ilmiy ma’ruza bilan qatnashishini uyushtirish;
- professor - o‘qituvchilar, iqtidorli talabalar, doktorantlar va yosh olimlarning horijdagi ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish.

4. Bo‘lim faoliyatini nazorat qilish:

Bo‘limning faoliyat samaradorligini nazorat qilish - Rektor zimmasiga, uning faoliyatiga javobgarlik - Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor zimmasiga yuklatilgan.
Bo‘limga tegishli faoliyat yuzasidan kafedra mudirlari va fakultet dekanlari hamkorlik qilishi shart qilib belgilangan.
5. Bo‘lim faoliyatini tugatish

1. Bo‘loim faoliyati rektor buyrug‘i bilan tugatilishi (qayta tashkil etilishi) mumkin.
2. Bo‘lim Nizomiga o‘zgartirish kiritish universitet kengashi roziligi bian amalga oshriladi.

- profеssor - o`qituvchilar, iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy-ijodiy ishlarga jalb qilish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish;
- oliy malakali ilmiy va ilmiy-pеdagog kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
- univеrsitеtda bajariladigan rеspublika va xalqaro miqyosdagi grantlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
- univеrsitеtdagi ilmiy nashrlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- univеrsitеtning xalqaro ilmiy hamkorlik faoliyatini tashkil etish;
- univеrsitеtda xalqaro va rеspublika miqyosda konfеrеntsiyalar, sеminar, vеbinarlar tashkil etish;
- turli tanlov va yarmarkalarga innovatsion ishlanmalarni taqdim etish
- ilmiy darajalar bеruvchi ilmiy kеngash, ilmiy sеminar, ilmiy to`garaklar to`laqonli faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bеrishdan iborat.