Fuqaro va mehnat muhofazasi

Bо‘lim faoliyati tashkil etilgan davrdan boshlab bо‘lim bir qancha mas’ullar tomonidan xizmat vazifalarga tо‘liq rioya qilgan holda boshqarib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 21 fevralda №2859 raqam bilan ro'yxatdan o'tkazilgan

“Aholi orasida is gazidan zaharlanish hamda tabiiy gazdan chaqnash holatlarining
oldini olish borasida profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, ularning
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari” mavzusidagi amaliy seminarning foto lavhalari.


Yuklab olish uchun fayllar

• Universitetda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha amaliy faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan uslubiy va tashviqot ishlarini o'tkazish maqsadida Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi tuzilgan.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi universitet miqiyosida sog'lom va xavfsiz o'quv jarayonlarini va ish sharoitlarini yaratish bo'yicha rahbariyatga takliflar beradi. O'quv mashg'ulotlarni o'tkazish bo'yicha rahbarlik qiladi hamda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha qoida va me'yorlarning bajarilishini nazorat qiladi va boshqaradi.
• Universitetda mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha tashkiliy, boshqaruv, rejalashtirish va muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
• Universitetda ilmiy-texnika siyosatini o'tkazish, mehnatning sog'lom va xavfsiz sharoitlarini yaratish, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini o'quv-uslubiy bo'lim bilan birgalikda o'tkazishni nazorat qiladi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi amaldagi mehnatni muhofaza qilish qonuni asosida, mehnatni to'g'ri tashkil qilish bo'yicha qoida va me'yoriy hujjatlarni universitet miqyosida to'g'ri qo'llanishi va qat'iy rioya etilishini ta'minlaydi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi universitet miqyosida Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining qarorlari, buyruqlari va ko'rsatmalari asosida Universitetda mehnatni muhofaza qilishga oid me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va Universitet kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga taqdim etadi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi amaldagi qonunlarni bajara borib, ular asosida mehnatni muhofaza qilish masalalari bo'yicha buyruq va yo'riqnomalar ishlab chiqadi, fakul`tet va bo'limlar uchun bajarilishi shart bo'lgan ishlarga amaliy yordam ko'rsatib, ularning ijrosini nazorat qiladi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi ma'muriyat va kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda, talaba yoshlari hamda professor-o'qituvchilarni ijtimoiy iqtisodiy jihatdan muhofaza etish borasida universitet miqyosida rivojlanish masalalarini aniq hisobga olib, har yili asosiy yo'nalishlar bitimi va jamoa shartnomalarini tuzishda qatnashadi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi mehnatni muhofaza qilish bo'yicha jamoa shartnomalari va bitimlariga kiritilgan talablarni bevosita universitet miqyosida bajarilishini nazorat qiladi. Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ajratilgan mablag'larni ishlatish tartibini belgilaydi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi universitetda hayot faoliyati xavfsizligi davlat
• standartlari bo'yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, uni joriy etish bo'yicha choralar belgilaydi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo'nalishlarini va yillik ish hajmini bajarilishini tashkil etish davomida xavfsizlik sharoitlarini, ularda o'quv-ishlab chiqarish maydonchalari borligini hisobga olgan holda texnika xavfsizligi nazoratini amalga oshiradi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi namunaviy tizim me'yorlariga asosan, ishchi va xizmatchilarga bepul maxsus ust-bosh, oyoq kiyim va boshqa shaxsiy muhofaza vositasi berilishi tartibini ishlab chiqadi, bu me'yorlarga Toshkent shahar Mehnat va aholini muhofaza qilish boshqarmasi hamda universitet kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda o'zgartirish va qo'shimchalar kiritadi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi universitet Kasaba uyushma qo'mitasi va Davlat nazorat idoralari bilan kelishilgan holda, o'quv jarayoni va ishchi-xodimlar mehnatini muhofaza qilish maqsadida, mehnatni muhofaza qilishni ta'minlovchi ta'lim Dasturiga yuqori talablar qo'ygan holda ish turlari va mutaxassisliklar ro'yxatini tuzishda qatnashadi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi professor-o'qituvchi va xodimlarni mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi bilim saviyasini tekshirish va tekshiruv natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi. Markaziy malakaviy komissiya tarkibini rektor tasdiqlaydi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi mehnatni muhofaza qilish sohasida rahbar, ilmiy-pedagogik va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirishning tashkiliy va uslubiy tizimiga rahbarlikni amalga oshiradi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi universitet miqyosida baxtsiz hodisalarning to'g'ri va o'z vaqtida tekshirilishi hamda hisobi nazoratini amalga oshiradi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi universitet Kasaba uyushmasi qo'mitasi bilan hamkorlikda mehnatni muhofaza qilish bo'yicha jamoa ko'riklarini tashkil qilishda qatnashadi. Ularni o'tkazish hamda taqdirlash shakl va shartlari, ko'rik-tanlovlarga yakuniy xulosa chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Mehnatni muhofaza qilish sohasida mehnat jamoalarining ilg'or tajribalarini umumlashtiradi va ommalashtiradi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ish yuritishni olib boradi. Ishni tashkillashtirish jarayonida fakul`tet dekanlari va bo'lim liqlarining belgilangan qoidalar asosida mehnat muhofazasi bo'yicha o'z vazifalarini bajarishga jalb qiladi.
• Fuqaro va mehnat muhofazasi bo'limi mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish, sog'lom va xavfsiz sharoitlarni yaratish hamda ta'minlashda faol qatnashgan professor-o'qituvchi va ishchi-xodimlarni rag'batlantiradi. Shu bilan birga, mehnat kodeksi, mehnatni muhofaza qilish qoida va me'yorlarini buzgan yoki bajarmagan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida Universitet rahbariyatiga bildishnomalar beradi.