Ilmiy innovatsiyalarni tijoratlashtirish bo`limi

Toshkent davlat pedagogika universitetining "Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish" bo'limi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 5 iyuldagi 594-son "Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo'yicha bo'linma to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrug'i asosida Nizomi tasdiqlangan va faoliyati yo'lga qo'yilgan.

Tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga talabni o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishning o‘z-o‘zini qoplash muddatlari, rentabelligi va bu bilan bog‘liq tavakkallarni baholash;
yuqori tijorat potensialiga ega bo‘lgan va realizatsiyalashga tayyor, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni saralab olish;
innovatsion loyihalarni realizatsiyalashga investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalari(sanoat korxonalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy vaa o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 5 iyuldagi 594-son “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linma to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasasining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining maqsadi, vazifalari, vazifalari va faoliyati, huquq va majburiyatlari, shuningdek, javobgarligini belgilaydi.
2. Oliy ta’lim muassasasining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi (bundan keyin – tijoratlashtirish bo‘limi) oliy ta’lim muassasasining tuzilmaviy bo‘linmasi hisoblanadi
(ilova).
3. Tijoratlashtirish bo‘limining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy vaa o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, davlat hokimiyatining boshqa organlarining buyruqlari va normativ hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulkni himoya qilish sohasidagi xalqaro bitimlari, oliy ta’lim muassasasi Ustavi, rektorining buyruq va farmoyishlari, oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, ushbu Nizom va oliy ta’lim muassasasining boshqa normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Tijoratlashtirish bo‘limini oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxs rahbarlik qiladi, u oliy ta’lim muassasasining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorining tavsiyasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan tayinlanadi va vazifasidan ozod qilanadi.

2-bob. Maqsad va faoliyatning asosiy yo‘nalishlari
5. Tijoratlashtirish bo‘limi ular uchun huquqlar oliy ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lgan ilmiy-innovatsion ishlanmalar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyati (bundan keyin – ITF) natijalarini tijoratlashtirish maqsadida tashkil qilinadi.
6. Tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Bozorni tizimli tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga talabni o‘rganish, innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishning o‘z-o‘zini qoplash muddatlari, rentabelligi va bu bilan bog‘liq tavakkallarni baholash;
yuqori tijorat potensialiga ega bo‘lgan va realizatsiyalashga tayyor, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni saralab olish;
innovatsion loyihalarni realizatsiyalashga investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulot ishlab chiqarish maqsadida uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalari(sanoat korxonalari) bilan o‘zaro hamkorlik qilish.
3-bob. Vazifalar
7. Tijoratlashtirish bo‘limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ishlab chiqarish xodimlari, doktorantlari, talabalari, shuningdek, boshqa tashkilot mutaxassislarini o‘rnatilgan tartibda byudjet va byudjetdan tashqari manbalardan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari, oliy ta’lim muassasasi tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlarga jalb qilish;
oliy ta’lim muassasasining intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy himoyalash, jumladan, intellektual mulk ob’ektlarini O‘zbekistion Respublikasi va xorijda patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazishga buyurtmalar berish;
intellektual mulk ob’ektlari mualliflari bilan amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan shartnomalarni tuzishni tayyorlash va ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazorat;
boshqa bo‘linmalar bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni o‘tkazish (berish) imkoniyatlarini o‘rganish; intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni o‘tkazishni rasmiylashtirish bo‘yicha ishlar;
TDPU ishlanmalari va ITF natijalari haqida axborotni to‘plash, saqlash va ma’lumotlar bazasini yuritish, intellektual faoliyat natijalarini ommalashtirishg va foydalanish samaradorligini monitoring qilish;
ITF natijalari va innovatsion loyihalarni baholash, tahlil qilish, ilmiy-texnik, ilmiy-metodik va innovatsion potensialini eksperitiza qilish, tobora muhim va raqobatbardosh ishlanmalarni aniqlashni takil qilish;
intellektual mulkni boshqarish, jumladan, innovatsion turkum (sikl) ning barcha bosqichlarida ITF natijalariga huquqlarni qayd qilish, taqsimlash va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
oliy ta’lim muassasasi ilmiy jamoalarini raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotni yaratish va ommalashtirishda, jumladan, intellektual faoliyat natijalarini amalda qo‘llash maqsadida xo‘jalik ob’ektlarini ta’sis qilish yo‘li bilan ham, qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
texnologiyalar transferi, innovatsion loyihalar biznes-rejalarini tayyorlash, raqobatdagi ustunliklar va tavakkallarni baholash, ITF natijalarini huquqiy himoyalash, potensial investorlarni izlashda maslahat xizmatlari ko‘rsatish;
oliy ta’lim muassasasi tomonidan tuziladigan ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish, pudrat, hamkorlikdagi faoliyat, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik haqida va intellektual miulk masalalariga taalluqli boshqa shartnomalar bo‘limlarini tayyorlaydi va nazorat qiladi;
TDPU intellektual mulk ob’ektlaridan noto‘g‘ri (maqsadsiz) foydalanish hollarini aniqlash va rahbariyatga mazkur tartib buzishlarning oldini olish va yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan choralarni ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish, bu kabi turtib buzishlarning oldini olish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
oliy ta’lim muassasasining intellektual mulk ob’ektlariga mulkiy huquqlarini, shuningdek, ularning mualliflari mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoyalashga ko‘maklashadi,
oliy ta’lim muassasasi xodimlari - intellektual mulk ob’ektlari mualliflariga ularga tegishli bo‘lgan, amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni realizatsiyalashda maslahat-huquqiy va axborot ko‘magini ko‘rsatish;
oliy ta’lim muassasasi xodimlarini intellektual mulk sohasida o‘qitishni tashkil qilish;
oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazining o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha normativ, metodik va patent axborotlari bo‘yicha ishini muvofiqlashtiradi;
tadqiqotchilik va patent-litsenziyalash faoliyati, innovatsion tadbirkorlik va texnologiyalar transferini qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari bo‘yicha TDPU byudjeti loyihasiga takliflar tayyorlash;
oliy ta’lim muassasasining intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, qo‘riqlash va foydalanish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi hujjatlarini ishlab chiqish.
8. Tijoratlashtirish bo‘limi 7-bandda ko‘zda tutilgan vazifalarni realizatsiyalashning majburiy ustuvorligini inobatga olgan holda o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tashqi tashkilotlar va jismoniy shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha ishlarni bajarishi va xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.

4-bob. Tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini tashkil etish
9. Tijoratlashtirish bщlimi xodimlarining lavozim maoshi TDPU da qabul qilingan tizim va shakllarga muvofiы belgilanadi. Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash oliy ta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash va moddik rag‘batlantirish hamda Innovatsion fondi to‘g‘risidagi Nizomlar ga muvofiq belgilanadigan qo‘shimcha to‘lov, ustama va rag‘batlantiruvchi xarakterdagi boshqa to‘lovlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
10. Tijoratlashtirish bo‘limiga oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis rahbarlik qiladi, u ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorning taqdimotiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
11. Tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari tanlov asosida saralab olinadi. Tanlov haqidagi nizom oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.
12. Xodimlar lavozimlari Klassifikatorda, innovatsion faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha, belgilangan lavozim va kasblar ro‘yxatidan belgilanadi.
13. Tijoratlashtirish bo‘limi faoliyati oliy ta’lim muassasasi Innovatsion fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

5-bob. Huquq va majburiyatlar
14. Tijoratlashtirish bo‘limi:
tijoratlashtirish bo‘limi ishi uchun zarur barcha hujjatlar va axborotni oliy ta’lim muassasasining boshqa bo‘linmalaridan o‘rnatilgan tartibda olish;
oliy ta’lim muassasasi rahbariyati va tuzilmaviy (strukturaviy) bo‘linmalar rahbarlariga intellektual mulk ob’ektlarini yaratish, qo‘riqlash va realizatsiyalash bilanbog‘liq faoliyatni takomillashtirish, xodimlarni rag‘batlantirish, xodimlarni intellektual mulk sohasidagi amaldagi qonunchilik va oliy ta’lim muassasasining normativ hujjatlarini buzganlik yoki tegishlicha bajarmaganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish;
bo‘linmalar rahbarlari va mansabdor shaxslardan intellektuapl mulkni qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha zarur xatti-harakatlarni talab qilish;
rahbariyatni O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlari yoki shartnoma majburiyatlari talablari buzilish holatlari mavjudligi holatida zarur choralar ko‘rish haqida xabardor qilish;
o‘z kompetensiyasi doirasida va oliy ta’lim muassasasi rahbariyati topshirig‘i bilan uning nomidan tashqi tashkilotlarda ish ko‘rishga haqli.
15. Tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari:
oliy ta’lim muassasasining o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish va ma’muriy bo‘linmalari xodimlariga tijoratlashtirish bo‘limi kompetensiyasi doirasida va bajariladigan vazifalariga muvofiq huquqiy-maslahat va axborot ko‘magi ko‘rsatishi lozim.

6-bob. Javobgarlik
16. Tijoratlashtirish bo‘limi tuzilmaviy bo‘linma tomonidan unga yuklatilgan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilmagani, amaldagi qonunchilik va TDPU ustaviga muvofiq berilgan huquqlardan foydalanmaganlik, oliy ta’lim muassasasi uchun tijorat qiymatiga ega ITF natijalariga nisbatan konfidensiallik (maxfiylik) ka rioya qilinmagani uchun javobgar bo‘ladi.
17. Tijoratlashtirish bo‘limi xodimlari, o‘z lavozim majburiyatiga muvofiq, o‘z ishining sifati va samaradorligi, o‘z xizmat vazifalarini bajarish oqibatida ularga ma’lum bo‘lgan konfidensial axborotni noto‘g‘ri oshkor qilgani uchun javobgar bo‘ladi.

7-bob. TDPU boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro munosabatlar
18. Tijoratlashtirish bo‘limi o‘z vazifalarini oliy ta’lim muassasasining o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish va ma’muriy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi:
TDPU o‘quv, ilmiy, ishlab chiqarish va ma’muriy bo‘linmalari tijoratlashtirish bo‘limini ilmiy-tadqiqot faoliyati natijasida olingan ilmiy-texnik mahsulot haqidagi ma’lumotlar va hujjatlar bilan ta’minlaydi;
ma’muriy bo‘linmalar tijoratlashtirish bo‘limini oliy ta’lim muassasasining intellektual mulk masalalarida boshqa korxonalar bilan munosabatlariga doir ma’lumotlar va tashkiliy hujjatlar bilan ta’minlaydi;
tijoratlashtirish bo‘limining oliy ta’lim muassasasining boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro munosabatlari rektor tomonidan imzolanadigan Faoliyatni tijoratlashtirish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi;
tijoratlashtirish bo‘limining tashqi tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlari TDPU imzolaydigan, tijoratlashtirish bo‘limi kompetensiyasiga kiradigan masalalarga taalluqli shartnoma shartlari va ichki normativ-tashkiliy hujjatlar bilan belgilanadi.

8-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Tijoratlashtirish bo‘limi o‘z faoliyatini oliy ta’lim muassasasining inchi normativ-tashkiliy hujjatlari va farmoyish hujjatlariga muvofiq tashkil qiladi.
19.1. Tijoratlashtirish bo‘limi oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan qayta tashkil qilinadi va tugatiladi.
19.2. Ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorning taqdimotiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan kiritiladi.

Toshkent davlat pedagogika universitetining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining
NAMUNAVIY TUZILMASI*

Oliy ta’lim muassasasi Innovatsion fond mablag‘lariga bog‘liq holda bo‘lim xodimlari soni va vazifalarini qisqartirishga yo‘l qo‘yiladi.

Tijoratlashtirish bo‘limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: