Kasaba uyushmasi

Universitet kasaba uyushmasi tashkiloti ta’lim muassasasi tashkil topgan kundan buyon, saflarida eng ko‘p a’zolarni birlashtirgan jamoat tashkilotlaridan biri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘tgan 80 yillik davr mobaynida mazkur dargohda samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashda ularni ijtimoiy ximoya qilish, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, salomatliklarini mustahkamlash, sport va turizmni rivojlantirish borasida o‘ziga yarasha tajribani to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.