Xodimlar bo`limi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti 1935 yilda tashkil etilgan bо‘lib, 1998 yilda Toshkent davlat pedagogika universiteti maqomi berilgan. Universitet tashkil topganidan buyon xodimlar bо‘limi faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti 1935 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Xalq maorifi komissarligining 1364-sonli qarori asosida O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakulteti negizida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 77-sonli qarori asosida “universitet” maqomi berilgan. Universitet tashkil topganidan buyon xodimlar bo‘limi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Xodimlar bo‘limi universitetning mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ga, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, universitet ustavi, mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, rektor buyruqlari va ko‘rsatmalari hamda o‘z Nizomiga amal qilgan holda faoliyat yuritadi.
Bo‘lim negizida “Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xo‘jalik va o‘quv yordamchi xodimlar bilan ishlash”, “Talabalar bilan ishlash”, “Diplom va sertifikatlar rasmiylashtirish” sektorlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Bo‘lim bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi va unga rektor tomonidan tayinlanadigan bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi. Hozirgi kunda xodimlar bo‘limiga Mirsamikova Rano Ismailjanovna rahbarlik qilmoqda.

Professor-o’qituvchilar hamda ma’muriy-xodimlar bilan universitet rektori o’rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari, mehnat munosabatlariga oid buyruq loyihalarini, mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish;
Universitet professor-o’qituvchilari, ma’muriy-xo’jalik va o’quv yordamchi xodimlari tarkibini shakllantirish, ularni ishga qabul qilish, boshqa lavozimga o’tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish va boshqalar yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar taqdim etish;
Professor-o’qituvchilar va xodimlar qo’nimsizligining oldini olish, xodimlar tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, zamonaviy talablarga mos kadrlarni shakllantirish hamda ular xizmatidan oqilona foydalanish borasida universitet rahbariyatiga takliflar tayyorlash:
Universitet rahbar xodimlari, professor-o’qituvchilari va xodimlarining Davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko’maklashish;
Vazirlik va universitet nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zahirasini shakllantiris’h va undan foydalanish borasida takliflar beris’h;
Davlat mukofotlariga tavsiya etilgan universitet professor-o’qituvchilari va xodimlarining hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va vazirlikka topshirish;
Universitet professor-o’qituvchilari va xodimlarining vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkil etish;
Pensiya yoshiga yetgan professor-o’qituvchilar va xodimlarning pensiyaga oid hujjatlarini rasmiylas’htiris’h;
Universitet kafedralaridagi bo’sh (vakant) o’rinlarga professor-o’qituvchilarni ishga qabul qilish uchun matbuot orqali tanlov e’lon qilish;
Bakalavriat va magistratura bosqichlari o’quv rejasida ko’rsatilgan barcha fanlarni o’zlashtirgan, Davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalarga davlat namunasidagi diplomlar va ularning ilovalarini rasmiylashtirib berish va tarqatish;
Universitet qoshidagi kasbiy va pedagogik qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslarini tamomlagan shaxslarga diplom va sertifikatlar rasmiylashtirib berish va tarqatish;
Bakalavriat va magistratura talabalari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar safiga qabul qilingan shaxslarning hujjatlarini belgilangan tartibda qabul komissiyasidan qabul qilib oladi va universitet arxiviga topshirilguniga qadar 10 yil davomida saqlaydi;
Boshqa oliy o’quv yurtiga o’qis’hi ko’chirilgan yoki universitetdan chetlashtirilgan talabalarning hujjatlarini rasmiylas’htiris’h (akademik ma’lumotnomalar va h.k.) va ularga taqdim etish hamda ularning hisobotini yuritish;
Professor-o’qituvchilar va xodimlarga oid hamda bitiruvchi talabalarga berilgan diplomlar va sertifikatlarning haqiqiyligini tasdiqlash hamda bitiruvchilarga oid boshqa ma’lumotlarga aniqlik kiritish yuzasidan turli davlat organlari, korxona, muassasa va tashkilotlardan kelgan so’rovnomalarga javob xatlari tayyorlash va jo’natish;
Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar va sertifikatlar rasmiylas’htirib berilganligi yuzasidan axborot-tahliliy ma’lumotlar bankini yaratish;
Bitiruvchilar tomonidan yo’qotib qo’yilgan yoki yaroqsiz holga keltirilgan diplom (ularning ilovalari) va sertifikatlarning dublikatlarini rasmiylashtirib berish;
Bitiruvchi talabalarga rasmiylashtirib berilgan diplomlar (ularning ilovalari) blanklari to’g‘risida bo’limda saqlanayotgan qoldiq blanklar hisobotini yuritish;
Universitet veb-saytining “Interaktiv xizmatlar” ruknidagi “Vakant lavozimlar” va “Diplom olganlik to’g‘risida ma’lumot” qismlariga muntazam ravishda yangi ma’lumotlar kiritib borish;
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent shahar bos’hqarmasiga qarashli Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilis’h markaziga bo’s’h (vakant) ish o’rinlari to’g‘risida hisobot berib borish.

Xodimlar bo‘limi (bundan keyingi o‘rinlarda – bo‘lim deb yuritiladi) Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanib, bevosita universitet rektoriga bo‘ysunadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom, universitet Ustavi hamda mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarga, universitet rektori buyruqlari va ko‘rsatmalariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Bo‘lim negizida “Professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xodimlar bilan ishlash”, “Talabalar bilan ishlash”, “Diplom va sertifikatlar rasmiylashtirish” sektor"lari faoliyat ko‘rsatadi.

Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish.