Talabalar turar joyi boʻyicha umumiy maʼlumot

      Chet ellik talabalarning Toshkent davlat pedagogika universitetida qulay shart-sharoitlarda oʻqishlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, universitetda xorijiy talabalar va chet ellik oʻqituvchilarning yashashlari, pedagogik faoliyat olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yili yotoqxonalarda katta taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Yangi oʻquv yili boshlanguniga qadar yotoqxona zamonaviy mebellar, zarur anjomlar bilan jihozlandi.

Bugungi kunda yotoqxona yangi zamonaviy xavfsizlik tizimlari - ishonchli yongʻin va xavfsizlik tizimlari, shuningdek, video kuzatuv tizimlari bilan jihozlangan.

Yangi yotoqxonada TDPUgaalmashinuv dasturlari doirasida kelgan talabalar, shuningdek, xorijiy universitetlardan taklif etilgan maʼruzachilar istiqomat qilishilari mumkin.

Yuqorida koʻrsatilganidek, TDPUning yotoqxonasi eng zamonaviy talablar asosida qurilgan boʻlib, undagi shart-sharoitlar bilan barcha hoxlovchilar tanishishlari mumkin.

Yotoqxonaning har bir qavatida video va televideniye jihozlari bilan jihozlangan keng zal mavjud boʻlib, har bir xonada oshxona, dush ishlab turibdi.

Bu yerlar eski uslubdagi yotoqxonalardan sifati bilan tubdan farq qiladi.

 Mazkur yotoqxonaning ifori xuddi mehmonxonalardagi yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar kabi jizabadordir.