MENU_Qabul komissiyasi

Ko`p so`raladigan savollar

1. Ro‘yxatdan o‘tish uchun qanday hujjatlar so`raladi?

1.     Pasportning asli (agar bo`lmasa 09-forma yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma);

2.     Diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan) asli;

3.     Agar imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

2. Topshirgan OTM va yo`nalishimni on line holatida o`zgartira olamanmi?

         DTM dasturida hozircha unday imkoniyat mavjud emas. Tanlangan 1-OTM mas’ul operatoriga murojaat qilinadi.

3. Abituriyent o’zi tanlagan OTM yo`nalishlariga hujjatlar tushumini on line holda ko`ra oladimi?

         DTM saytida bunday imkoniyat mavjud.

4. Tanlangan yo`nalish fanlari bir xil ketma-ketlikda bo`lishi shartmi?

         Tanlangan yo`nalish fanlari aynan bir xil ketma-ketlikda bo`lishi kerak (PQ-4319).

5. Kimlar hujjat topshirishda to`lovdan ozod qilingan?

·        2019 yil bitiruvchilari;

·        I va II guruh nogironlari;

·        Davlat ta’minotidagi chin yetimlar;

·        Chet el fuqarolari;

·        Barcha fanlardan kasbiy-ijodiy imtihon topshiruvchilar;

·        Imtiyoz asosida imtihonsiz talabalikka  qabul qilinuvchilar;

6. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga bir o`quv yilida hujjat topshira olamanmi?

         Faqatgina bitta ta’lim shakliga hujjat topshirish mumkin (PQ-4319).

7. Abituriyent test sinovlariga qatnashish kuni va vaqtini qanday bilib oladi?

DTM ruxsatnomasidan yoki http://testday.dtm.uz/ sahifasidan.

8. Nogironlarga qanday imtiyozlar bor?

I va II guruh nogironlariga qabul kvotasiga qoʻshimcha 2 foizli grant asosida kunduzgi, sirtqi yoki kechki taʼlim shakllaridan birida taʼlim olish huquqi berilgan.

9. Harbiy qism tavsiyanomasiga ega abituriyentlar uchun 2019/2020 o`quv yili qabulida qanday imtiyozlar mavjud?

2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatga alohida besh foizli qabul kvotasi ajratilgan.

10. Tanlagan 3 ta OTM larim 3 ta viloyatda joylashgan. Shu viloyatlarni ixtiyoriy birortasida test sinovlarini topshirsam bo`ladimi?

Qabul komissiyasiga hujjatlaringizni qayd qilish jarayonida topshiriladigan viloyatni ham tanlashingiz mumkin.

Ish vaqti

Qabul Komissiyasining Ish tartibi: 8.30-17.30

Tushlik: 13.00-14.00

Dam olish kuni: yakshanba

Ishonch telefoni:

+99871-276-84-12

Fuqarolar qabuli

Qabul komissiya mas’ul

Xodimlarini fuqarolarni qabul qilish manzillari va ishonch telefonlari

O`tish ballari

KUNDUZGI BO’LIM BAKALAVRIATIGA
2019/ 2020 O’QUV YILI QABULIDA O’TISH BALLARI

Yo’nalish shifri

Yo’nalish nomi

Ta`lim
 tili

O’tish ballari

Grant

To’lov-
kontrakt

1

5110100

Matematika o’qitish metodikasi

o’zbek

150,5

131,6

rus

102,4

80

2

5110200

Fizika va astronomiya  o’qitish metodikasi

o’zbek

128,4

97,2

rus

74,4

58,9

3

5110300

Kimyo  o’qitish metodikasi

o’zbek

87,2

64,3

rus

70,2

56,9

4

5110400

Biologiya  o’qitish metodikasi

o’zbek

142,3

128

rus

117,0

102,5

5

5110500

Geografiya  o’qitish metodikasi

o’zbek

122,2

110,4

rus

85,2

65,9

6

5110600

Tarix  o’qitish metodikasi

o’zbek

175,3

165,6

rus

125,2

112,4

7

5110700

Informatika  o’qitish metodikasi

o’zbek

125,2

112,6

rus

93,3

67,2

8

5110800

Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi

o’zbek

162

137

rus

173

145

9

5110900

Pedagogika va psixologiya

o’zbek

151,4

126,5

rus

108,5

90,1

10

5111100

Musiqa ta`limi

o’zbek

170

135

rus

tanlov.g’ol.

146

11

5111200

O’zbek tili va adabiyoti

o’zbek

161,4

151,4

12

5111300

Ona tili va adabiyoti:

5111301

Rus tili va adabiyoti

rus

117,9

102,6

5111303

Koreys tili va adabiyoti

rus

143,3

136

5111305

Qozoq tili va adabiyoti

qozoq

110,6

80,4

5111306

O’zga tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti

rus

118

98,7

13

5111400

Horijiy til va adabiyoti:

5111400

Ingliz tili

o’zbek

162,3

154,5

rus

150,2

143

14

5111500

Chaqiriqqacha harbiy ta`lim

o’zbek

96,9

75,5

rus

71,6

56,8

15

5111600

Milliy g’oya; ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi

o’zbek

164

158,9

16

5111700

Boshlang’ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish

o’zbek

163,4

133,2

rus

tanlov.g’ol.

102,5

5111705

qozoq

89,8

76,5

17

5111800

Maktabgacha ta`lim

o’zbek

131,6

112,8

rus

87,9

78,5

18

5111900

Defektologiya (faoliyat turi bo’yicha)

5111901

logopediya

o’zbek

154,2

131,2

rus

148,4

99,7

5111902

surdopedagogika

o’zbek

148,2

122,3

rus

114,2

88

5111903

oligofrenopedagogika

o’zbek

149,2

120,9

rus

113,6

86,9

19

5112000

Jismoniy madaniyat

o’zbek

168,7

143,7

rus

tanlov.g’ol.

144,6

5112001

shu jumladan, xotin-qizlar sporti yo’nalishi bo’yicha

o’zbek

139,7

114,7

20

5112100

Texnologik ta`lim

o’zbek

93,8

74,4

rus

68,5

56,8

21

5112600

Iqtisodiy bilim asoslarini o’qitish metodikasi

o’zbek

134,6

120,4

22

5112700

Maktabgacha ta`lim psixologiyasi va pedagogikasi

o’zbek

131,6

111,7

23

5210203

Psixologiya: amaliy psixologiya

o’zbek

161,5

150,7

rus

105,5

99,2

24

521020313

Psixologiya: amaliy psixologiya (Toshkent v.)

o’zbek

134,4

-

25

521020314

Psixologiya: amaliy psixologiya (Toshkent sh.)

o’zbek

139,6

-

26

5611700

Maktab menejmenti

o’zbek

129,3

108,9

KEKCHI TA`LIM SHAKLI BO’YICHA

O’tish bali

65

SIRTQI TA`LIM SHAKLI BO’YICHA

O’tish
bali

1

5110400

Biologiya  o’qitish metodikasi

o’zbek

94

2

5110600

Tarix  o’qitish metodikasi

o’zbek

122,2

3

5110700

Informatika  o’qitish metodikasi

o’zbek

77,5

129

5

5110900

Pedagogika va psixologiya

o’zbek

95,5

6

5111100

Musiqa ta`limi

o’zbek

138

103,1

rus

84,8

8

5111800

Maktabgacha ta`lim

o’zbek

80,5

rus

76,5

9

5112000

Jismoniy madaniyat

o’zbek

146,9

10

5112100

Texnologik ta`lim

o’zbek

68

11

5210203

Psixologiya: amaliy psixologiya

o’zbek

106,5

Bog`lanish uchun

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.

Mo`ljal: Chilonzor metro bekati, Avtobuslar: 99, 131, 34, 116, 78, 18, 86, 128A

+998 71 202 44 21

info@tdpu.uz

Bakalavriat

Abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

1.    O`rta yoki o`rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asli;

2.    Fuqarolik pasportining asli.

__________________________________________________________

*Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g`oliblariga o`qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli.

Fanlar majmuasi

NIZOMIY NOMIDAGI TDPUNING 2020-2021 O‘QUV YILI UCHUN BAKALAVRIAT TA`LIM YO‘NALISHLARIGA MOS TEST SINOVI TOPSHIRILADIGAN FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI HAMDA BAHOLASH MEZONLARI *

Fanlar nomi

Test

topshiriqlari

soni

Baholash

mezonlari

Maksimal

ball

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan bo`yicha

Ona tili

(o`zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)

15

2,1

31,5

Matematika

15

2,1

31,5

O`zbekiston tarixi

15

2,1

31,5

JAMI:

45

94,5

Bakalavriat ta’lim yo`nalishiga mos ikkita fan bo`yicha

1-fan

30

3,1

93

2-fan

30

3,1

93

JAMI:

60

186

5 ta fan bo`yicha

JAMI:

105

280,5

Bakalavriat ta’lim yo`nalishlari ro`yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi

T.R.

Yo‘nalish shifri

Yonalish nomi

Fanlar

majmuasi

1

5110100

Matematika o‘qitish metodikasi

Matematika (informatika bilan)

Fizika

2

5110200

Fizika va astronomiya  o‘qitish metodikasi

Fizika

Matematika (informatika bilan)

3

5110300

Kimyo  o‘qitish metodikasi

Kimyo

Matematika (informatika bilan)

4

5110400

Biologiya  o‘qitish metodikasi

Biologiya

Kimyo

5

5110500

Geografiya  o‘qitish metodikasi

Geografiya

Matematika (informatika bilan)

6

5110600

Tarix  o‘qitish metodikasi

Tarix

Geografiya

7

5110700

Informatika  o‘qitish metodikasi

Matematika (informatika bilan)

Fizika

8

5110800

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

Kasbiy (ijodiy)

imtihon

9

5110900

Pedagogika va psixologiya

Biologiya

Ona tili va adabiyoti

10

5210203

Psixologiya: amaliy psixologiya

Tarix

Ona tili va adabiyoti

11

5112600

Iqtisodiy bilim asoslarini o`qitish metodikasi

Matematika (informatika bilan)

Chet tili

12

5111200

O`zbek tili va adabiyoti

O`zbek tili va adabiyoti

Tarix

13

5111100

Musiqa ta`limi

Kasbiy (ijodiy)

imtihon

14

5111300

Ona tili va adabiyotii:

5111301

Rus tili va adabiyoti

Ona tili va adabiyotii

Tarix

5111303

Koreys tili va adabiyoti

Chet tili

Ona tili va adabiyoti

5111305

Qozoq tili va adabiyoti

Qozoq tili va adabiyoti (ijodiy imtihon)

Tarix (ijodiy imtihon)

5111306

Rus tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda)

Rus tili va adabiyoti

Ona tili va adabiyotii

15

5111400

Horijiy til va adabiyoti:

5111400

Ingliz tili

Ingliz tili

Ona tili va adabiyoti

16

5111500

Chaqiriqqacha harbiy talim

Matematika (informatika bilan)

Ijodiy imtihon

17

5111600

Milliy g‘oya; ma’naviyat asoslari va huquq ta`limi

Tarix

Ona tili va adabiyoti

18

5111700

Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish

Ona tili va adabiyotii

Matematika (informatika bilan)

5111700

Boshlang’ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish (ta’lim tili: qozoqcha)

Qozoq tili va adabiyotii (ijodiy imtihon)

Matematika (informatika bilan) (ijodiy imtihon)

19

5111800

Maktabgacha talim

Biologiya

Ona tili va adabiyoti

20

5111901

Defektologiya: logopediya

Biologiya

Ona tili va adabiyoti

5111902

Defektologiya: surdopedagogika

Biologiya

Ona tili va adabiyoti

5111903

Defektologiya: oligofrenopedagogika

Biologiya

Ona tili va adabiyoti

21

5112000

Jismoniy madaniyat

Kasbiy (ijodiy)

imtihon

shu jumladan, xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha

22

5112100

Texnologik ta’lim

Fizika

Matematika (informatika bilan)

23

5112700

Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi

Biologiya

Ona tili va adabiyoti

24

5611700

Maktab menejmenti

Matematika (informatika bilan)

Chet tili

*O`zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish  bo`yicha  Davlat  komissiyasining 2019 yil 19 dekabrdagi 11-son bayonining 1-ilovasi

Talab etiladigan

ABITURIENT TA’LIM MUASSASASI QABUL KOMISSIYASIGA QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:

v magistratura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

v oliy ma’lumot to`g`risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma – O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo`yicha o`qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

v chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo`lgan holda);

v 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

v 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

v Passport nusxasi;

Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko`rsatadilar.

Qabul komissiyasining me`yoriy hujjatlari

Oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risida nizom

1-BOB. UMUMIY QOIDALAR

1. Ushbu Nizom "Ta`lim to’g’risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq oliy ta`lim muassasalarining magistraturasiga (keyingi o’rinlarda magistratura deb ataladi) talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom harbiy ta`lim muassasalariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga, Toshkent davlat yuridik universitetiga, O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga hamda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta`lim markaziga tatbiq etilmaydi.

2. Magistraturaga qabul oliy ta`lim muassasalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat grantlari va to’lov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Magistraturaga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi (keyingi o’rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan kirish sinovlari natijalariga ko’ra, to’plangan ballarning reyting tizimi bo’yicha amalga oshiriladi.

Magistraturaga qabul tegishli ta`lim yo’nalishi va Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan belgilangan turdosh (magistraturaga qabul bo’yicha) oliy ta`lim yo’nalishlari ro’yxati bo’yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo’lgan shaxslar o’rtasida tanlov asosida amalga oshiriladi.

Bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bo’lgan shaxslar turdosh ta`lim yo’nalishlari ro’yxatidagi ixtisosliklarning birida tanlovda qatnashish huquqiga egalar.

Magistraturaga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham to’lov-kontrakt bo’yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, kirish sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta`minlanadi. Qolgan abituriyentlar ballar reytingi asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Tanlov har bir oliy ta`lim muassasasi bo’yicha magistrlik mutaxassisligi, o’qitish tili va shakliga ko’ra alohida o’tkaziladi. Ayrim magistratura mutaxassisliklari bo’yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud (oliy ta`lim muassasasi) bo’yicha alohida o’tkaziladi.

4. Kirish sinovlari uch tilda - o’zbek, rus, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi oliy ta`lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida o’tkaziladi.

Magistraturada o’qitish tili O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul ko’rsatkichlari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

5. Abituriyentlar magistraturaga kirish sinovlarini oliy ta`lim muassasasida o’qiydigan tilda topshiradi.

6. Magistraturaga qabul qilish ishlari Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq joriy o’quv yili uchun tayinlangan oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi zimmasiga yuklanadi va magistraturaga qabul qilish ishlari bo’yicha qabul komissiyasi mas`ul kotibining o’rinbosari tayinlanadi.

7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari, shuningdek "Mard o’g’lon" davlat mukofoti sohiblari bo’lgan oliy o’quv yurtlari talabalari va bakalavr darajasiga ega yoshlar oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga bakalavriatning ta`lim yo’nalishiga mos mutaxassisliklarga tanlovdan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadilar.

2-BOB. XORIJIY FUQAROLARNI

O’QISHGA QABUL QILISH

8. Magistraturaga xorijiy fuqarolarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarni O’zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o’qishga qabul qilish va o’qitish tartibini takomillashtirish to’g’risida" 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

3-BOB. HUJJATLARNI QABUL QILISH TARTIBI

9. Magistraturaga kirish imtihonlari boshlanishidan bir oy avval, oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi magistraturaga qabul qilish muddatlari, mutaxassisliklar nomlari va ajratilgan o’rinlar haqidagi axborotni belgilangan tartibda e`lon qiladi.

10. Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo’lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

magistratura mutaxassisligi ko’rsatilgan holda, oliy ta`lim muassasasi rektori nomiga ariza;

oliy ma`lumot to’g’risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko’chirma - O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalarini davlat granti bo’yicha o’qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;

chop etilgan ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) nusxasi (mavjud bo’lgan holda);

3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

086-U-shakldagi tibbiy ma`lumotnoma;

11. Hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

12. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjatlarini shaxsan ko’rsatadilar.

13. Ko’rsatib o’tilgan hujjatlar mavjud bo’lganda oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

4-BOB. KIRISH SINOVLARI

14. Magistraturaga kirish sinovi umumiy ballari quyidagilardan tashkil topadi:

magistraturaga kirishda tanlagan mutaxassislik bo’yicha bilim darajasini belgilovchi maxsus fanlardan sinov o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 100 ballgachani tashkil etadi);

magistraturaga kiruvchilarning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlash maqsadida tanlangan mutaxassislikka mos savollar asosida suhbatdan o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);

"Informatika va axborot texnologiyalari" fani bo’yicha sinov o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta`lim yo’nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili) fani bo’yicha sinov o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi);

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo’yicha sinov o’tkaziladi (baholash mezoni 0 balldan 50 ballgachani tashkil etadi).

Oliy ta`lim muassasasi bitiruvchisining umumiy reytingi yoki o’zlashtirish ko’rsatkichi (o’zlashtirish tegishli ravishda 55 balldan 100 ballgacha bo’lgan diapazonda ifodalanadi) aniqlanadi.

Xalqaro tan olingan chet tilini bilish darajasi haqidagi sertifikat (TOEFL bo’yicha kamida 58 yoki IELTS bo’yicha kamida 5 ball, TestDaF (TDN3), CEFR bo’yicha kamida V2) yoki Davlat test markazi tomonidan beriladigan CHet tilini bilish darajasi haqidagi V2 yoki S1 darajasidagi sertifikat taqdim etganlarga chet tilidan 50 ball qo’yiladi va ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi.

Magistraturaga o’qishga kirishda eng ko’p (maksimal) to’planishi mumkin bo’lgan ball - 400 ni tashkil etadi.

15. Abituriyentlar quyidagi fanlardan yozma (yoki ijodiy) kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) topshiradilar:

magistratura mutaxassisligiga muvofiq keluvchi ta`lim yo’nalishining maxsus fanlari (2 tagacha);

Informatika va axborot texnologiyalari;

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;

chet tili (xorijiy filologiya, xorijiy til va adabiyoti ta`lim yo’nalishlari bazasidagi mutaxassisliklar uchun ikkinchi chet tili).

16. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o’tkazish shakli va fanlar bo’yicha sinov dasturlari hamda abituriyentlarning bilimlarini baholash mezonlari oliy ta`lim muassasasining rektori tomonidan tegishli vazirliklar, idoralar va Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi va kirish sinovlari boshlanishidan bir oy avval abituriyentlar e`tiboriga Yetkaziladi.

Tanlangan mutaxassislik bo’yicha maxsus fanlardan sinov uchun belgilangan ballning 30 - 50 foizi abituriyentning mutaxassislik bo’yicha ijodiy qobiliyatini, shuningdek ilmiy va ilmiy-texnik axborot bilan mustaqil ishlash, tizimli mustaqil tahlil qilish, xulosalar chiqarish bo’yicha bilimini aniqlashga ajratiladi.

Suhbatdan o’tkazish uchun tanlangan mutaxassislikka mos abituriyentning ilmiy va ilmiy-pedagogik ishlarga qobiliyati hamda qiziqishini aniqlashga qaratilgan savollar Yetakchi mutaxassislar tomonidan tuziladi va bir oy oldin abituriyentlar e`tibori uchun qabul komissiyasi axborot doskasida e`lon qilinadi. Mazkur savollar asosida imtihon biletlari tuziladi va suhbat vaqtida abituriyent imtihon biletiga javoblarini komissiyaga yozma ravishda taqdim etib, savollarga og’zaki javob beradi. Suhbat davomida abituriyentning ilmiy maqola yoki tezislari (yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlari) ko’rib chiqilib, suhbat natijalarini baholashda inobatga olinadi.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fani bo’yicha yagona dastur va baholash mezonlari Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va tegishli oliy ta`lim muassasalariga Yetkaziladi.

17. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) 3 - 15 avgust kunlari o’tkaziladi.

18. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari) o’tkazilishiga qadar, oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov fanlari bo’yicha maslahatlar tashkil etiladi. Maslahatlar jadvali oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va rektor tomonidan tasdiqlanadi.

19. Kirish sinovlarini o’tkazish uchun rektorning buyrug’i bilan har bir sinov fanlari bo’yicha komissiyalar tashkil etiladi. Fanlar bo’yicha komissiya raislari, oliy ta`lim muassasasining idoraviy bo’ysunishiga qarab, vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi.

20. Sinov fanlari bo’yicha komissiya tarkibi oliy ta`lim muassasasining Yetuk va tajribali professor-o’qituvchilari tarkibidan tashkil etiladi. Zarur hollarda uning tarkibiga boshqa oliy ta`lim muassasasining o’qituvchilari ham jalb etilishi mumkin.

21. Sinov fanlari bo’yicha komissiya raislari zimmasiga quyidagi mas`uliyat yuklanadi:

kirish sinovlari sifatli o’tkazilishini ta`minlash maqsadida komissiya tarkibiga malakali, talabchan va adolatli professor-o’qituvchilarni jalb etish;

komissiya a`zolarining vazifalarini belgilash (maslahatlar berishni tashkil etish, imtihon savollarini tuzish, javoblarni baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar);

sinov jarayoniga rahbarlik qilish va nazorat etish.

22. Fanlar bo’yicha sinovlarni o’tkazish tartibi (o’qituvchilarni auditoriyalarga taqsimlash, javoblarni shifrlash hamda tekshirish va hokazolar) oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

23. Kirish sinovlarining natijalari, baholash mezonlariga muvofiq ball bilan belgilanadi va qaydnomalarga kiritiladi. Qaydnomalar fan bo’yicha imtihon komissiyasining a`zolari, qabul komissiyasining mas`ul kotibi tomonidan imzolanadi va qabul komissiyasining raisiga taqdim etiladi.

24. Oliy ta`lim muassasasiga o’qishga qabul qilingan abituriyentlarning sinov ishlari ularning shaxsiy hujjatlar yig’majildlariga tikib qo’yiladi.

O’qishga qabul qilinmaganlarning sinov ishlari 6 oy davomida saqlanadi, so’ng belgilangan tartibda yo’q qilinadi.

25. Kirish sinovlari (maxsus test sinovlari)ni qayta topshirish man etiladi.

Magistraturaga mutaxassislik bo’yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to’plaganlar, shuningdek, belgilangan muddatlarda kirish sinovlariga kelmaganlar navbatdagi kirish sinoviga kiritilmaydi hamda magistraturaga qabul qilinmaydi.

26. Oliy ta`lim muassasasida belgilangan tartibda apellyatsiya (norozilik) komissiyasining ishi tashkil etiladi.

Abituriyent sinov natijasidan norozi bo’lgan taqdirda, sinov natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida sinov ishini apellyatsiya qilish haqidagi ariza bilan oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi raisi yoki apellyatsiya (norozilik) komissiyasi raisiga murojaat etishi mumkin. Apellyatsiya haqidagi arizani ko’rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi lozim.

27. Magistraturaga ko’zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish Oliy ta`lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to’g’risidagi nizomning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.

5-BOB. ABITURIYENTNI TO’LOV-KONTRAKT ASOSIDA

QABUL QILISH VA O’QISH UCHUN TO’LOV TARTIBI

28. Magistraturaga to’lov-kontrakt asosida qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida kirish sinovlarining ballar reytingi bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni to’lov-kontrakt asosida magistraturaga tavsiya etish to’g’risida Davlat komissiyasining qarori qabul qilingandan keyin oliy ta`lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaxslar o’rtasida belgilangan tartibda kontrakt rasmiylashtiriladi.

Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan sinov natijalari e`lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaxslar uchun rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada, jismoniy shaxslar uchun 2 nusxada rasmiylashtiriladi.

Davlat komissiyasi tomonidan to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to’lov har yili kontrakt shartlarida ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

6-BOB. O’QISHGA QABUL QILISH TARTIBI

29. Davlat komissiyasining oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to’g’risidagi qarori 20 avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta`lim muassasalarida 25 avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari bo’yicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi oliy ta`lim muassasalari rektorlarining buyruqlarini rasmiylashtirish uchun asos bo’ladi.

Davlat komissiyasining oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga qabul qilish to’g’risidagi qaroriga muvofiq to’lov-kontrakt asosida o’qishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan o’qish uchun belgilangan mablag’ miqdori 15 sentyabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda o’tkazilgandan so’ng, oliy ta`lim muassasasining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.

7-BOB. MAGISTRATURADA O’QISH MUDDATI

30. Magistraturada o’qish muddati kamida 2 yil.

8-BOB. YAKUNLOVCHI QOIDA

31. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

"O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami",

2017 yil 27 iyun, 25-son, 545-modda

"O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to’plami",

2017 yil, 6-son, 108-modda

Ko`p so`raladigan savollar

1. Ro‘yxatdan o‘tish uchun qanday hujjatlar so`raladi?

1.     Pasportning asli (agar bo`lmasa 09-forma yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma);

2.     Diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan) asli;

3.     Agar imtiyozi bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

2. Topshirgan OTM va yo`nalishimni on line holatida o`zgartira olamanmi?

         DTM dasturida hozircha unday imkoniyat mavjud emas. Tanlangan 1-OTM mas’ul operatoriga murojaat qilinadi.

3. Abituriyent o’zi tanlagan OTM yo`nalishlariga hujjatlar tushumini on line holda ko`ra oladimi?

         DTM saytida bunday imkoniyat mavjud.

4. Tanlangan yo`nalish fanlari bir xil ketma-ketlikda bo`lishi shartmi?

         Tanlangan yo`nalish fanlari aynan bir xil ketma-ketlikda bo`lishi kerak (PQ-4319).

5. Kimlar hujjat topshirishda to`lovdan ozod qilingan?

·        2019 yil bitiruvchilari;

·        I va II guruh nogironlari;

·        Davlat ta’minotidagi chin yetimlar;

·        Chet el fuqarolari;

·        Barcha fanlardan kasbiy-ijodiy imtihon topshiruvchilar;

·        Imtiyoz asosida imtihonsiz talabalikka  qabul qilinuvchilar;

6. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga bir o`quv yilida hujjat topshira olamanmi?

         Faqatgina bitta ta’lim shakliga hujjat topshirish mumkin (PQ-4319).

7. Abituriyent test sinovlariga qatnashish kuni va vaqtini qanday bilib oladi?

DTM ruxsatnomasidan yoki http://testday.dtm.uz/ sahifasidan.

8. Nogironlarga qanday imtiyozlar bor?

I va II guruh nogironlariga qabul kvotasiga qoʻshimcha 2 foizli grant asosida kunduzgi, sirtqi yoki kechki taʼlim shakllaridan birida taʼlim olish huquqi berilgan.

9. Harbiy qism tavsiyanomasiga ega abituriyentlar uchun 2019/2020 o`quv yili qabulida qanday imtiyozlar mavjud?

2019/2020-o‘quv yilida O‘zbekiston qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lganlar uchun bakalavriatga alohida besh foizli qabul kvotasi ajratilgan.

10. Tanlagan 3 ta OTM larim 3 ta viloyatda joylashgan. Shu viloyatlarni ixtiyoriy birortasida test sinovlarini topshirsam bo`ladimi?

Qabul komissiyasiga hujjatlaringizni qayd qilish jarayonida topshiriladigan viloyatni ham tanlashingiz mumkin.

25 September

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil: