Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul e’lon qilinadi

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 2019 YIL UCHUN QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA TAYANCH DOKTORANTURA, DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL E’LON QILADI

 

Ixtisoslik shifri

Ixtisoslik nomi

Ajratilgan kvota

Tayanch doktorantura

Doktorantura

1

07.00.01

O‘zbekiston tarixi

1

-

2

13.00.01

Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi

7

-

3

13.00.02

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)

13

1

4

13.00.03

Maxsus pedagogika

1

2

5

13.00.05

Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi

1

-

6

13.00.07

Ta’lim menejmenti

1

-

7

13.00.08

Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi

1

-

8

19.00.01

Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi

1

-

 

 

JAMI

26

3

 

Tayanch doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

             Doktoranturada o‘qishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: ariza; qisqacha biografik ma’lumotnoma; mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun); oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi; tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi; nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

             Hujjatlar 2015 yil 15 sentyabr - 15 oktyabr kunlari qabul qilinadi.

             Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Toshkent davlat pedagogika universitetining Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi (276-75-26, 276-76-87) ga (manzil: 100185, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy) murojaat etish  mumkin.

 

Fayllar:
1. 1. Tayanch doktarantura.doc     2. 2. Doktarantura.docx     3. 3. Imtihon kunlari.doc     4. 4. Komissiya tarkibi.doc    

Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.