Universitet shiori hamda logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. G‘olibni zamonaviy planshet kutmoqda!

Diqqat, tanlov! Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi o‘quv muassasamizning yangi shiori (slogan) va logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Diqqat, tanlov! Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi o‘quv muassasamizning yangi shiori (slogan) va logotipini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Sizda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining boy tarixi, ayni kundagi salohiyati hamda yorqin kelajagini ifodalovchi original g‘oyalar bormi? Ushbu g‘oyangizni shior yoki logotip tarzida qog‘ozga muhrlang hamda bizga taqdim eting.  Tanlovda universitetning barcha professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda xodimlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovga loyihalar elektron yoki nashr ko‘rinishida fakultet dekanatlarida hamda universitetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limida joriy yilning 5 dekabriga qadar qabul qilinadi. Tanlov g‘olibi tantanali taqdirlanadi hamda Universitet tarixiga shior muallifi sifatida kiritiladi.


Share:

Ustoz xotirasi abadiy

12 dekabr 2018 yil

21

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.