Ustoz xotirasi abadiy

Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashayotganimizning o‘zi bir baxt. O‘zining zahmatli mehnatlari, ilmiy salohiyati, sermahsul ishlari bilan millat qalbida abadiy yashaydigan, hayot yo‘li esa yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladigan insonlardan biri marhum ustoz Qobil Sodiqov edi.

Inson qadri ulug‘langan, xotirasi sarbaland yurtda yashayotganimizning o‘zi bir baxt. O‘zining zahmatli mehnatlari, ilmiy salohiyati, sermahsul ishlari bilan millat qalbida abadiy yashaydigan, hayot yo‘li esa yoshlar uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladigan insonlardan biri marhum ustoz Qobil Sodiqov edi.

Q.Sodiqov 1959 yilda TDPIning Ximiya-biologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1957-1959 yillar mobaynida dotsent N.Qodirova, so‘ng “Zoologiya” kafedrasining mudiri professor Abror Sodiqov rahbarligida fiziologiya sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. 1965 yilda biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 1970 yilda esa  dotsent ilmiy unvonini olgan. 1971-2001 yillarda “Yosh fiziologiyasi va gigienasi kafedrasida dotsent, shu bilan birga 1973-1978, 1987-1992 va 2001-2004  yillarda kafedra mudiri vazifalarida faoliyat yuritgan. Q.Sodiqov ilmiy-ijodiy ishlari uchun 1990 yilda professor ilmiy unvonini olishga muvaffaq bo‘lgan. Uning 1972-1975 yillarda fakultet kasaba uyushmasi raisi sifatida olib borgan  keng qamrovli ishlari jamoa a’zolari o‘rtasida hanuz yuksak ehtirom bilan tilga olinadi.

Professor Q.S.Sodiqov “Odam anatomiyasi”, ”Odam fiziologiyasi”, “Bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasi”, “Yosh fiziologiyasi va gigiena”, “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish”, “Gigienik va jinsiy tarbiya”, chekish, spirtli ichimliklarning zararli ta’siri, giyohvandlik haqida yozilgan 36 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifidir.

Q.S.Sodiqovning “Meni esla”, “Mehmoningman, qo‘hna dunyo” she’riy to‘plamlari, “Ma’rifiy komillikka etuvchi bilim”,  “Buni umr derlar”, “Hayot haqida bitiklar”, “Sog‘liqni saqlash va mustahkamlashda tabobatdan foydalanish”, “Keksalik xususida” kabi ma’rifiy kitoblari keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan va ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Ustozning yuzlab shogirdlari jamiyatning turli sohalarida faoliyat olib bormoqda. Ustoz tomonidan tayyorlangan turli darslik, monografiyalar va o‘quv qo‘llanmalar yurtimizning barcha oliygohlari, ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘qitilmoqda va yosh tadqiqotchilar hamda talaba yoshlarning bilim ko‘nikmalari, ma’naviy kamolotini oshirishda qo‘llanib kelinmoqda. Ustoz xotirasi universitet jamoasi orasida abadiy saqlanib qoladi.

TDPU rektorati


Share:

Ibragimova Dildora

Universitet matbuot kotibi

Ilm - atomdan kuchli! Lekin uning kuchini o'tin yorishga sarflash kerak emas.

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.