8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan TABRIK

 

Sen mo‘tabar ona, mehri yagona.

Sen opa, singilsan, go‘zal durdona.

Sen gulday noziksan ma’suma hayol,

                                                                                                                      Dunyoning beshigi bu sensan Ayol!

                      8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan

TABRIK

 

Sen mo‘tabar ona, mehri yagona.

Sen opa, singilsan, go‘zal durdona.

Sen gulday noziksan ma’suma hayol,

 Dunyoning beshigi bu sensan Ayol!

 

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, qadrli  talabalar, muhtarama opa-singillar!

Avvalo yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami bilan barchangizni muborakbod etaman.

Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang.

Shu qutlug‘ ayyom – “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan universitet ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman.

Bgungi kunda mamlakatimizda ayollarning farovon hayot kechirishi hamda jamiyatda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev “Ayollarni rozi qilish—davlatimizning eng katta siyosatidir” degan so‘zlari bilan jamiyatimizda xotin-qizlarga bo‘lgan ehtiromning eng oliy namunasini ko‘rsatib berdilar.

Prezidentimiz rahbarligida xotin-qizlarning o‘ziga munosib ish bilan band bo‘lishi, ayollarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi dolzarb ahamiyat kasb etdi. Ayollar uchun eng munosib kasblardan biri esa, shubhasiz, muallimalikdir.

Kelajagimiz bunyodkorlari bo‘lgan farzandlarimizni dunyoga keltirib, parvarishlab, voyaga yetkazadigan onalarimiz kelajakda ularning ta’lim va tarbiya topishi masalasini o‘zlari kabi mehribon hamda g‘amxo‘r muallimalarga ishonib topshirishadi. Ana shunday mehribon, g‘amxo‘r hamda bilimli pedagoglar bizning oliy ta’lim muassasamizda yetishtirilishi esa bizga alohida faxr, iftihor bag‘ishlaydi.

E’tiboringizni quyidagi raqamlarga qaratmoqchiman. Ayni kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xodimlarining 80 foizga yaqinini ayollar tashkil etadi. Bizlar ta’lim berayotgan bo‘lajak pedagoglarning 70 foizdan ortig‘i esa talaba qizlardir. Demak, ayollarimizning o‘zlari uchun munosib kasb egasi bo‘lishlari, jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlarida universitetimizning ham o‘z o‘rni, o‘z hissasi bor.

Universitetimizda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, g‘amxo‘rlik namunasi sifatida bir qator yutuqlarimizni e’tirof etmaslikni imkoni yo‘q. Joriy o‘quv yilida universitetimizning 4 nafar talaba qizlari Davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritdi. Universitetimizning Tarix fakulteti talabasi Shohsanam Xolboyeva “Eng yosh kitobxon” Respublika ko‘rik tanlovida g‘olib bo‘ldi. Kuni kecha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida 2 ta talaba qizimiz hamda 2 ta professor-o‘qituvchimiz g‘alabani qo‘lga kiritgani haqida xabar topdik. Bularning barchasi universitetimiz ayollarining faolligi, izlanuvchan hamda iqtidorli ekanliklarini ko‘rsatadi.

Yana bir bor bahor va go‘zallik bayrami – Xalqaro xotin-qizlar kuni  munosabati bilan qadrli ayollarimizga eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Oilamizga quvonch, hayotimizga go‘zallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz, baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘ling. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni yil bo‘yi tark etmasin.

 

Universitet rektori           Sh.S.Sharipov


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.