Toshkent davlat pedagogika universitetining barcha talabalari diqqatiga!!!

By

52

2019 yilning 1-30 aprel kunlari universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari o‘rtasida “STARTAPLAR” tanlovi o‘tkaziladi.

Ushbu tanlovda fakultetlar talabalarining faol  ishtirok etishlarini ta’minlashingiz so‘raladi.

Tanlovlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha talabnomalar qabul kilinadi:

-        qishloq xujaligi;

-        axborot texnologiyalari;

-        sanoat;

-        sog‘liqni saqlash;

-        fan va ta’lim;

-        energiya tejamkorlik;

-        ijtimoiy-iqtisodiy.

Tanlovda ishtirok etishga talabgorlar 2019 yilning 20 apreliga qadar Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi (A.Rasulov)ga belgilangan shaklidagi TALABNOMA hamda BIZNES-REJAsi ni to‘ldirgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Talabgorning istagiga binoan, talabnomaga loyihaning mohiyatini tushuntiruvchi yoki namoyish qilinadigan (video tasvirlari, ishlab chiqilgan dasturning demo versiyasi, loyiha byudjeti, loyihaning hozirgi bosqichi bo‘yicha tavsifi, natijasi va h.k.) har qanday hujjat va materiallarni ilova qilishi mumkin;

Tanlovning universitet bosqichi g‘oliblari universitetning innovatsion jamg‘arma fondi hisobidan quyidagicha mukofotlanadi:

birinchi o‘rin - eng kam oylik ish xaqining uch barobari miqdoridagi pul mukofoti;

ikkinchi o‘rin - eng kam oylik ish xaqining ikki barobar miqdoridagi pul mukofoti;

uchinchi o‘rin uchun - eng kam oylik ish xaqining bir barobar miqdorida pul mukofoti beriladi;

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada imtiyozli o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Barcha talabalarning ushbu tanlovda faol ishtirok etishini so‘raymiz.

 

 

 

Tel: 93 527 56 11

 

Fayllar:
1. 334692_000. Талабнома.docx     2. Стартаплар НИЗОМИ.PDF     3. Startaplar NIZOMI.PDF     4. Talabnoma.docx    

Share:

Diqqat, e’lon!

17 iyun 2019 yil

108

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.