Qabul komissiyasi dam olish kunlari ham faoliyatini davom ettiradi

2019-2020 о‘quv yili bitiruvchilariga umumiy о‘rta ta’lim muassasalari (11-sinf) hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tamomlaganlik tо‘g‘risidagi hujjatlar (attestat, diplom) kech taqdim etilganligini inobatga olib, shuningdek, abituriyentlarga hujjatlarini topshirishda qulaylik yaratishni kо‘zda tutgan holda 2019 yilning 7 iyul hamda 14 iyul kunlari barcha oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyalari faoliyat yuritadi.

Ushbu kunlarda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika universiteti qabul komissiyasi tomonidan abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish, ya’ni hujjatlarni Davlat test markazining “Abituriyent” dasturida rо‘yxatdan о‘tkazish odatdagi tartibda tashkil etiladi.

Shuningdek, hujjatlar topshirishning sо‘nggi haftasida abituriyentlar sonining ortganliigi sababli, hujjatlarni qabul qilish jarayonida tartib-intizomni saqlash, abituriyentlarning navbat kutib qolishlari oldini olish, topshirilayotgan hujjatlarni о‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash maqsadida qabul jarayoniga mas’ul bо‘lgan texnik xodimlar va maslahatchilar soni hamda kompyuter texnikalari soni oshiriladi.

Qabul komisissiyasi ish vaqti 8-00 dan 20-00 ga qadar etib belgilanadi. Kirish imtihonlarida Sizga muvaffaqiyat tilaymiz.


Share:

Горячая линия:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Адрес:

город Ташкент, Чиланзарский район улица Бунёдкор, дом 27