“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul
“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul TAQSIMOTI tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2019-yil 4-iyuldagi 1-son bayoni bilan 2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi TAQSIMOTI tasdiqlandi.
Unga ko‘ra respublikadagi 89 ta OTMda jami 1035 ta kvota ajratilgan:
👉 kunduzgi – 815 ta;
👉 sirtqi – 200 ta;
👉 kechki – 20 ta.
Fayllar: 1. Қабул-2019 (бир фоизли).pdf ![]() |
Magistratura bo`limi arizalar tushumi
17 July 2019
24
Maxsus sirtqi bo'limda o'qish uchun qabul qanday kechadi?
19 August 2017
4392
Hotline:
(+998) 71 2024421
Email:
info@tdpu.uz
Location:
Tashkent city, Chilanzar district, Bunyodkor street 27