“Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish boshlandi

​​2019/2020 o‘quv yili qabuli uchun ro’yxatdan o’tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish boshlandi.

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi: Abituriyentlar Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz veb-sayti orqali pasport (yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma) seriyasi va raqamini kiritgan holda “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA”ni chop etib olishlari mumkin.

Abituriyentlar ruxsatnoma.dtm.uz veb-saytidan ruxsatnoma chiqarib olish imkoniyatiga ega bo’lmasa yoki foydalanishni bilmasa, kunduzgi ta’lim shakli uchun 23-26 iyul kunlari, sirtqi va kechki ta’lim shakllari uchun 27-29 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etgan holda ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

  • Davlat xizmatlari markazlari;
  • Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari;
  • Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

 

Ushbu tashkilot xodimlari Davlat test markazining ruxsatnoma.dtm.uz veb-saytidan “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi. Davlat test markazining rasmiy telegram kanali:

👉 @rasmiydtm 👈

 

 


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.