Tо‘lov shartnomalarini tarqatish jarayoni tо‘g‘risida rasmiy ma’lumot

By

114

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarning vaqtini tejash hamda tо‘lov shartnomalarini tarqatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan navbatlarning oldini olish maqsadida qilingan ishlar tо‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi.

Avvalo shuni qayd etish lozimki, universitetda yangi fakultetlar, yо‘nalishlar hamda ta’lim turlari ochilishi munosabati bilan 2019-2020 о‘quv yilida talabalikka qabul qilinganlar 20 foizga kо‘paydi. Ayni paytda universitet marketing bо‘limi tomonidan asosan ushbu 1-kurs talabalariga tо‘lov shartnomalari tarqatilmoqda. О‘tgan yillar davomida yangi qabul qilingan talabalarga shartnoma varag‘ini tarqatish 17-18 avgust kunlari boshlanib, sentabr oyiga qadar yakuniga yetar edi. Bu yil tо‘lov shartnomalari 8 sentabrdan boshlab tarqatila boshlandi. Bu paytga kelib о‘qish jarayoni boshlangani tufayli, asosan, tanaffuslar vaqtida marketing binosida tо‘lov shartnomalarini olish uchun talabalar soni kо‘paymoqda. Tо‘lov shartnomalarini tarqatish jarayonida qulaylik yaratish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan bir qator choralar kо‘rilgan. Xususan, asosiy binodan uzoq masofada joylashgan fakultetlarda marketing bо‘limi filiallari tashkil etilib, shartnoma qog‘ozlari joylarda tarqatilmoqda. Mavjud holatdan kelib chiqib, bо‘limda shartnoma tarqatish uchun jalb etilgan xodimlar soni kо‘paytirildi. Fursatdan foydalanib, navbatlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida talabalarimizni ham birdamlika chorlaymiz. О‘zaro hurmatni saqlash, boshqalarning vaqtini olmaslik uchun navbatda turish madaniyatiga amal qilaylik.

Universitet matbuot xizmati


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.