Kitob- ilm va hikmat manbai

By

7

Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi.

Kitob – bu oftob, u bilimlar sarchashmasidir. Kitobni inson tafakkurining qanotlariga o‘xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatning chinakam boyligidir. Aksincha, hayotda ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o‘qimaslikning achchiq mevasi. Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik mo‘rt qiladi. Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi. Har qanday yangilik ham bir kun eskiradi, biroq insoniyatning ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar also eskirmaydi. Joriy yilning 19 sentyabr kuni 8-sonli TTJda Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida Maxsus pedagogika fakulteti va mas’ul tarbiyachi pedagog tomonidan “Kitob – ilm va hikmat manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitet Axborot resurs markazi xodimi O.Rajapova, Talabalar turar joyi ARM filiali masuli F.Madaminova ishtirok etdi. Suhbat so‘ngida talabalarga “Men sevgan asar” mavzusida tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qilindi. Tadbir qiziqarli va bahs-munozaraga boy tarzda tashkil etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.