DITD doirasidagi (amaliy, innovatsion) tanlovning 13-turi e’lon qilinadi

By

7

Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilishi ikki yilga mо‘ljallangan innovatsion hamda uch yilga mо‘ljallangan amaliy loyihalar tanlovining quyidagi fan yо‘nalishlari bо‘yicha 13-turini e’lon qiladi:

1.    Iqtisodiyot va huquq fanlari.

2.    Qishloq xо‘jaligi va atrof muhit muhofazasi fanlari.

3.    Texnika fanlari.

4.    Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari.

Tanlov shartlari.

Amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalar bо‘yicha tanlovlar muntazam e’lon qilib boriladi.

Ilmiy-texnik tadqiqotlar tanlovi topshiriqlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig‘ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xо‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilgan.

Taqdim etilgan loyihalar  www.fan-portal.uz veb-sahifa orqali elektron rо‘yxatdan о‘tkazilishi shart. Elektron rо‘yxatdan о‘tmagan, tanlov mavzusidan tashqari mavzularda tayyorlangan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Qog‘oz shaklda taqdim etilgan loyihalar ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha direktor о‘rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari   imzolagan yо‘llanma xati asosida qabul qilinadi.

Loyiha matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida 1,15 qator oralig‘ida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; о‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bо‘lishi lozim.

Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 о‘lchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

Betlar titul varag‘idan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki о‘ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag‘iga 1 raqami qо‘yilmaydi.

Loyiha har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.

Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar rо‘yxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy tо‘plamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qat’iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

Elektron rо‘yxatdan о‘tkazilgan loyihalar 2019 yilning 15 oktabriga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha vazirlik binosida qabul qilinadi.

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, kо‘chirmachilikka (plagiat) yо‘l qо‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bо‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan о‘tkaziladi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi PQ-3855-son qaroriga muvofiq Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan sо‘ng tо‘liq tijoratlashtirilishi shart.

Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirliklardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi ta’kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan kо‘chirma ilova qilinishi lozim.

Tanlov о‘tkazilishining obyektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.

Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni tо‘la va о‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori tashkilotlar mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

Belgilangan muddatda fan yо‘nalishlari bо‘yicha elektron va qog‘oz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi. Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda tanlov о‘tkazilmaydi.

Dastlabki texnik ekspertizadan о‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning natijalari tо‘g‘risidagi ma’lumot www.mininnovation.uz  veb-saytida e’lon qilinadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlovga taqdim etilgan loyihalar va ularning natijalari tо‘g‘risida individual ma’lumot berishga majbur emas.

Ma’lumot uchun tel.: Axborot texnologiyalarini joriy etish bо‘limi (Texnik qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha): (71) 203-32-23 (Ichki: 620, 621).

Qо‘shimcha ma’lumot uchun tel.: (71) 203-32-32.

 

Fayllar:
1. Филология,_психология_ва_педагогика.pdf    

Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.