O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Ikromjonov To‘raevich ustaxonasiga tashrif

Toshkent davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalaridan iborat jamoa rassom ustaxonasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi doirasida 2019 yil oktyabr oyida amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi”ga binoan rejalashtirilgan “Rassom ustaxonasiga tashrif” loyihasi doirasida Toshkent davlat pedagogika universiteti iqtidorli talabalaridan iborat jamoa rassom ustaxonasiga tashrif buyurdi.

Universitetning Texnologik ta’lim fakulteti Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri R.Sh.Xalilov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar 2019 yil 7 noyabr kuni O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zBA xaqiqiy a’zosi, Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI professori Akmal Ikromjonov To‘raevich ustaxonasiga tashrif buyurdi.  Ustaxonaga tashrif doirasida rassomning ijodiy ishlari va ijodiy muhit talabalarda iliq taassurot qoldirdi. Suhbat davomida talabalar rassom ijodiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bunday ijodiy uchrashuvlarning bo‘lib turishi talabalar uchun foydali ma’lumotlar, ma’naviy ozuqa va ijodiy kayfiyat beradi.

 


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.