“Universiada – 2019”: Dzyu do bo‘yicha universitetimiz jamoasi poytaxtda tengsiz deb topildi

“Universiada-2019” sport musobaqalarining saralash bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab “Universiada-2019” sport musobaqalarining saralash bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Dzyu do sport turi bo‘yicha “Universiada – 2019” sport musobaqalari shahar bosqichi joriy yilning 6 noyabr kuni poytaxtimizdagi “Sog‘bon” sport zalida bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqada jami 14 ta OTMdan terma jamoalar vaznlar bo‘yicha 2 ta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar. Aytish lozimki, mazkur musobaqa universitetimizning sportchi talabalari uchun omadli kechdi. Erkaklar o‘rtasida turli vazn toifalarida 4ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsak, talaba qizlarimiz turli vazn toifalarida 4ta oltin medalni jamoamizga taqdim etishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, dzyu-do bo‘yicha umumjamoa hisobida Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi faxrli birinchi o‘ringa munosib deb topildi. Quyida g‘olib talabalarimizning ism-sharifi bilan tanishishingiz mumkin.

 

Erkaklar jamoasi

F.I.Sh.

Fakulteti va yo‘nalishi

Vazni

Egallagan o‘rni

1.

Abishev Timur Baurjan o‘g‘li

“Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti

BT va STI yo‘nalishi103 guruh

60 kg

1 o‘rin

2.

Norqaraev Rustam Alisherovich

ChHT fakulteti-302-guruh

60 kg

3 o‘rin

3.

Karimov Jasur Azimjonovich

ChHT fakulteti 104-guruh

66 kg

3 o‘rin

4.

Allaev Jamoliddin Kamol o‘g‘li

ChHT fakulteti 302-guruh

73 kg

1 o‘rin

5.

Turaev Yaxyo Abdivakil o‘g‘li

ChHT fakulteti 302-guruh

81 kg

1 o‘rin

6.

Xudakov Rifat Baxtiyor o‘g‘li

“Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi

101 guruh

100 kg

1 o‘rin

7.

Mirzaev Islom Baxtiyor o‘g‘li

“Boshlang‘ich ta’lim” fakulteti jismoniy madaniyat yo‘nalishi

401 guruh

+100 kg

2 o‘rin

 

Ayollar jamoasi

F.I.Sh.

Fakulteti va yo‘nalishi

Vazni

Egallagan o‘rni

1.

Nurmurodova O‘g‘iloy Nurxon qizi

Chet tili, Ingliz tili yo‘nalishi

203-A guruh

48 kg

1 o‘rin

2.

Pirnazarova Mohinur Shakirjon qizi

“Boshlang‘ich talim” fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi

202 guruh

63 kg

1 o‘rin

3.

Jumanova Iroda Shokirjon qizi

“Boshlang‘ich talim” fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi

401 guruh

70 kg

1 o‘rin

4.

Fayzulloeva Gavharbegim Nasullo qizi

Tabiiy fanlar fakulteti, Kimyo o‘qitish metodikasi yo‘nalishi

104 guruh

78 kg

1 o‘rin

 

Sportchi talabalarimizga g‘alaba muborak deymiz va kelgusi o‘yinlarda ham omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

 

 

 


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.