Maktabgacha ta’lim tizimida plastik materiallar bilan ishlash texnologiyalari

“Maktabgacha ta’lim tizimida plastik materiallar bilan ishlash texnologiyalari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi

2019-yil 27-noyabr kuni Nizomiy nomidagi TDPU SMART- auditoriyasida  Maktabgacha ta’lim fakulteti  Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan va Nizomiy nomidagi TDPU “Termiz” hamda  “Shahrisabz” filiallari professor-o‘qituvchilari hamkorligida “Sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” o‘quv fanidan dars mashg‘ulotlarini  samarali tashkil etish maqsadida  XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsent v.b. Oybarchin Axatovna Maxmudovaning “Maktabgacha ta’lim tizimida plastik  materiallar bilan ishlash texnologiyalari” mavzusida onlayn tarzda vebinar seminari o‘tkazildi.  Ushbu seminarda  maktabgacha yoshdagi  bolalarning plastik materiallar bilan ishlash faoliyatining turli ko‘rinishdagi ta’lim berish texnologiyalari va usullari yoritib berildi.


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.