TDPU va Voronej Davlat Universiteti xamkorlik aloqalari

Solodovnikova Olga Grigorevna oliy o‘quv yurtlari orasidagi xamkorlik shartnomasi asosida o‘qituvchilik faoliyatini olib borish uchun tashrif buyurdi

22 oktyabr 2019 y. dan 26 noyabr 2019 y. gacha Nizomiy nomidagi TDPU ning «Zoologiya va anatomiya» kafedrasiga Voronej Davlat Universitetining «Zoologiya va parazitologiya» kafedrasi dotsenti Solodovnikova Olga Grigorevna oliy o‘quv yurtlari orasidagi xamkorlik shartnomasi asosida o‘qituvchilik faoliyatini olib borish uchun tashrif buyurdi.

Nizomiy nomidagi TDPUga tashrifi mobaynida Solodovnikova O.G. Tabiiy fanlar fakulteti «Biologiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishidagi» 104 va 204 guruhlarda 50 soat dars o‘tdi: 204 guruh talabalari uchun «Umurtqalilar zoologiyasidan” 10 soat ma’ruza va 18 soat laboratoriya mashg‘ulotlarini, 104 gurux talabalari uchun “Umurtqasizlar  zoologiyasidan” 22 soat ma’ruza mashg‘ulotlarini o'tkazdi.


Share:

Sonata va sonatinolar

27 noyabr 2019 yil

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.