Pedagogika va psixologiya fakultetida Konstitutsiya kuni nishonlandi

9-dekabr kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

9-dekabr kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida Psixologiya kafedrasi o'qituvchilari tomonidan "Amaliy psixologiya" va "Pedagogika va psixologiya" yo'nalishlari birinchi kurs talabalari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Breyn-ring tarzida tashkil etilgan tadbirni fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari Abdullaeva D.U., o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini Vaxobov A.A., psixologiya kafedrasi dotsenti Alimova G.K.dan iborat hakamlar hay'ati boshqarib bordi. Tadbirni 203-guruh talabasi K.Mirzamuxamedova olib bordi

Tadbir breyn-ring – savol-javobga asoslangan viktorina shaklida bo'lib o'tdi, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli barcha savollar, shuningdek, boshqa davlatlar konstitutsiyalari bilan bog'liq qiziqarli faktlar ko’rildi.

Jamoalar juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishdi, konstitutsiya sohasidagi bilimlarini namoyish etishdi, tadbirga ishtiyoq va qiziqish bilan qatnashishdi. Talabalar tomonidan mavzuga doir devoriy gazeta, emblemalar va shiorlar tayyorlandi.

Umuman olganda, tadbir yuqori saviyada o'tdi va fakultet talabalari hayotida qiziqarli voqeaga aylandi, bu esa o'z navbatida konstitutsiya, qonunlarni bilish, sohadagi bilimlarini kengaytirish va amaliy ko'nikmalarni qo'llashga imkon berdi.


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.