“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyasi

2019 yil 18 dekabr kuni Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Shayxontohur tumani 168–sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi pedagoglar pedagogik jarayonda “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish texnologiyasiga qaratilgan mahorat darsini o‘tkazishdi.

Kafedra katta o‘qituvchisi M.A.Rasulxo‘jaeva “Ilk qadam” davlat dasturi asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish bugungi kunning innovatsion yondashuvi ekanligini ta’kidlab, bolaning fikirlash doirasini rivojlantirish faoliyat markazlarida mashg‘ulotlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etishini aytdi.Tadbir jarayonida u,markazlarda tashkil etiladigan mashg‘ulotlar bola diqqatini jalb etishi uchun tarbiyachi-pedagog avvalo ifodali nutqa ega bo‘lishi o‘ta muhim o‘rin tutishini aytib o‘tdi. Tarbiyachi xodimlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Jumladan; kafedra dotsenti Sh.A.Sodiqova bugungi kunda tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berishning innovatsion usullaridan biri faoliyat markazlarida ularni rivojlantirishdan iborat.Ta’lim-tarbiyaga bunday yondoshuv tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan hamkorlikni o‘rnatishda eng maqbul yo‘l ekanligini,ya’ni bolalarni kelgusi ta’lim bosqichiga tayyorlashda bolaning bilim ko‘nikma va malakalarini shakllantirishning to‘g‘ri metod ekanligini aytib o‘tdi.


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.