Pedagogika va psixologiya fakultetida “Teatr va san’at - tarbiya asosi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

2019-yil 17-dekabr kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida “Teatr va san’at - tarbiya ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan beshta muhim tashabbus doirasida birinchi tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 17-dekabr kuni Pedagogika va psixologiya fakultetida “Teatr va san’at - tarbiya ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kino va dublyaj san’atiga benazir hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zbek kino milliy agentligi qoshidagi "O‘zbekiston kino arboblari ijodiy ushmasi" a’zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibasi, kino va dublyaj aktrisasi Barno Qodirova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rixsivoy Aliev, aktrisa va xonanda Gulnora Tolipova, Nizomiy nomidagi TDPU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.A.Qo‘ysinov, universitet ma’naviy - ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Musaeva, Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani X.Sh.Qodirov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari D.Abdullaeva, fakultet xotin qizlar qo‘mitasi raisi M.Axmedova,  fakultet professor-o‘qituvchilari va 300 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

         Tadbirni TDPU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.A.Qo‘ysinov ochib, yosh avlodning ma’nan yetuk bo‘lib kamol topishida san’atning, ayniqsa teatr san’atining o‘rni beqiyos ekanligi, bu borada universitetda o‘zbek milliy san’atini yoshlar ongiga singdirish maqsadida san’atimizni targ‘ib qilishda taniqli aktyor va san’atkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy tadbirlar  va davra suhbatlari  o‘tkazib kelinayotganligi, bu esa yoshlarni  san’at  sohasiga qiziqish uyg‘otishda  o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatayotganligini ta’kidlab bu borada tashabbus ko‘rsatib kelayotgan Pedagogika va psixologiya fakultetiga va tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirdi.

         O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rixsivoy Aliev, kino va dublyaj aktrisasi Barno Qodirova, aktrisa Gulnora Tolipovalar teatr ma’naviy, ma’rifiy, axloqiy va g‘oyaviy tarbiya maktabi, insonni ruhan poklovchi muqaddas dargoh ekanligi, teatr san’atini har tomonlama rivojlantirish borasidagi islohotlar, milliy va umumbashariy  qadriyatlarni tarannum etuvchi sahna asarlarini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligi  borasida so‘z yuritib,  o‘zlari o‘ynagan spektakl, film va seriallardan rollar ijro etib berishdi. Talabalar san’atkorning kino va teatr, adabiyot, musiqa san’atidagi ijodiy faoliyati borasida, dublyajdagi faoliyati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga javob olishdi.

Aktrisa va xonanda Gulnora Tolipova tomonidan jonli ijroda  yangragan qo‘shiqlar talaba-yoshlarga zavq bag‘ishladi. Tadbirda talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiq va raqslar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh berdi.

          

         Tadbir so‘ngida fakultet dekani X.Sh.Qodirov tashrif buyurgan mehmonlarga hamda tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligi bildirdi, mehmonlarga estalik sovg‘alar taqdim etildi.

 


Sport – salomatlik garovi

27 dekabr 2019 yil

40

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.