Sport – salomatlik garovi

2019-yil 26-dekabr kuni universitet sport zalida professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 26-dekabr kuni universitet sport zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligiga bag‘ishlab professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitetning barcha fakultetlari jamoalari faol ishtirok etishdi. Birinchi o‘rinni rektorat jamoasi, ikkinchi o‘rinni Chet tillari fakulteti jamoasi va uchinchi o‘rinni Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi egalladi. Musobaqa g‘oliblari universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jamoa a’zolarining farzandlari qishri ta’tilni maroqli o‘tkazishlari uchun “Yangi yil” tomoshalariga chiptalar tarqatildi.


Share:

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.