Avstriya Hukumatining 2020-2022-yillarga mo'ljallangan stipendiya va grantlar tanlovi e'lon qilindi

Объявлен конкурс для получения стипендий и грантов в рамках программы Правительства Австрии «OeAD-Osterrichiche Austaush Dienst» по предоставлению образовательных и исследовательских грантов на 2020-2022гг.

  

Avstriya hukumatining OeAD-Osterrichiche Austaush Dienst dasturi bo'yicha 2020-2022 yillarda ta'lim va tadqiqot grantlarini taqdim etish uchun stipendiya va grantlar tanlovi e'lon qilindi.

Ushbu dasturda ishtirok etish uchun talabgorlar taqdim etilgan hujjatlari bo’yicha saralanadi, suhbatdan o'tkaziladi, shuningdek, qo’shimcha talablarga javob berishlari kerak.

Dasturda qatnashish shartlari va arizalarni topshirish tartibi to'g'risida batafsil ma'lumot Avstriyaning stipendiya va ilmiy grantlar uchun ma'lumotlar bazasida joylashgan: http://grants.at/en/.

Tanlov natijalariga ko'ra ijobiy natija olgan talabalar TDPU bilan o'qishni tugatgandan so'ng ma'lum muddat universitetda ishlab berish to'g'risida shartnoma tuzishi lozim.

Tanlov haqida to’liq ma’lumot olish uchun universitetning Xalqaro hamkorlik bo'limiga 210-xonaga murojaat qilishingiz mumkin.

Tel.: 71 2768225

                                          


Ibragimova Dildora

Universitet matbuot kotibi

Ilm - atomdan kuchli! Lekin uning kuchini o'tin yorishga sarflash kerak emas.

Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.