Diqqat! Innovatsion hamda amaliy loyihalar tanlovining 20-turi e’lon qilindi

Taqdim etilgan loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Elektron ro‘yxatdan o‘tmagan, tanlov mavzusidan tashqari mavzularda tayyorlangan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida innovatsion hamda amaliy loyihalar tanlovining 20-turini quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha e’lon qiladi:

 

  • Arxitektura, qurilish, dizayn va shaharsozlik fanlari.
  • Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari.
  • Biologiya fanlari.
  • Filologiya, psixologiya va pedagogika fanlari.
  • Iqtisodiyot va huquq fanlari.
  • Kimyoviy texnologiyalar va nanotexnologiyalar fanlari.
  • Matematika, fizika va mexanika fanlari.
  • Qishloq xo‘jaligi va atrof-muhit muhofazasi fanlari.
  • Texnika fanlari.
  • Yer to‘g‘risidagi fanlar.

Tanlov shartlari:

 

Amaliy va innovatsion ilmiy-texnik loyihalar bo‘yicha tanlovlar muntazam e’lon qilib boriladi.

 

Innovatsion va amaliy loyihalar tanlovi topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, Prezidentning respublika hududlariga tashriflari, ma’ruza va nutqlarida belgilangan vazifalar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va yig‘ilish bayonnomalari topshiriqlari hamda davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari taklif va tavsiyalaridan kelib chiqib, respublika iqtisodiyoti tarmoq va sohalarini innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari va vazifalari asosida shakllantirilgan.

 

Taqdim etilgan loyihalar www.fan-portal.uz veb-sahifasi orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Elektron ro‘yxatdan o‘tmagan, tanlov mavzusidan tashqari mavzularda tayyorlangan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi.

 

Qog‘oz shaklda taqdim etilgan loyihalar ilmiy-tadqiqot institutlarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari tomonidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari   imzolagan yo‘llanma xati asosida qabul qilinadi.

 

Loyiha matni A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining ikki tomonida joylashishi va qoida tariqasida 1,15 qator oralig‘ida yozilishi lozim. Har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega; xatboshi 1,27 sm ga teng va bir xilda bo‘lishi lozim.

 

Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda «Times New Roman» 12 o‘lchamli shriftda «Misrosoft Word» matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.

 

Betlar titul varag‘idan boshlab oxirgi varaqqacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Titul varag‘iga 1 raqami qo‘yilmaydi.

 

Loyiha har bir talab qilingan hujjati va boshqa tarkibiy qismlari yangi betdan rasmiylashtiriladi.

 

Loyiha rahbari va ishtirokchilarining mezonlarda talab qilingan ilmiy ishlar ro‘yxati (oxirgi 3 yil davomidagi nashrlar quyidagi xronologik tartibda keltirilib, izchil ketma-ketlikda raqamlanadi: monografiya; patent; ilmiy maqola; ilmiy to‘plamlar va boshqa nashr ishlari) 3.4-shaklga qat’iy rioya qilingan holda rasmiylashtiriladi va muallif, ilmiy kotib tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi.

 

Elektron ro‘yxatdan o‘tkazilgan loyihalar 2020 yilning 1 iyuniga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha vazirlik binosida qabul qilinadi.

 

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 iyuldagi

PQ-3855-son qaroriga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari ular yakunlanganidan so‘ng to‘liq tijoratlashtirilishi shart.

 

Taqdim etiladigan loyihalarga tegishli vazirliklardan loyiha mavzusi, uning bajarilishi va undan kutilayotgan natijalar O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarmoq va sohalarini rivojlantirish uchun zarurligi ta’kidlangan hamda tashkilot Ilmiy (ilmiy-texnik) kengashlari tomonidan tavsiya etilganligi haqidagi qaroridan ko‘chirma ilova qilinishi lozim.

 

Tanlov o‘tkazilishining ob’ektivligi, adolatliligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida loyihalarni qabul qilish, ekspertizasini amalga oshirish, maxsus belgilangan xonalarda videokuzatuv vositalari (kameralar) orqali yozib olinadi.

 

Taqdim etilgan loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan ilmiy-texnik loyihalarning natijadorligi, tijoratlashtirish darajasi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ilmiy loyiha rahbarlari, ilmiy loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari va tegishli yuqori turuvchi tashkilotlarning mas’ul xodimlari javobgar hisoblanadilar.

 

Belgilangan muddatda fan yo‘nalishlari bo‘yicha elektron va qog‘oz shakllarda taqdim etilmagan loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi. Tanlovga bitta loyiha kelib tushgan taqdirda qayta e’longa beriladi va natijasi bo‘yicha agar loyiha kelib tushmasa, dastlabki kelib tushgan loyiha bilan muzokara o‘tkazilib, salohiyatiga ko‘ra ITKga chiqariladi.

 

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi.

 

Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot www.mininnovation.uz veb-saytida “Tanlovlar” ruknining “Tanlov natijalari” interaktiv” xizmati orqali ochiq ma’lumotlar taqdim etib boriladi.

 

www.fan-portal.uz veb-portali orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish vazirligining qo‘llab-quvvatlash xizmati: (71) 203-32-23 (620, 621) – Axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘limi.

Файлы:
1. Filologiya_pedagogika_va_psixologiya_fanlari_uz.pdf    

2020 yil bitiruvchilari diqqatiga!!!

5 мая 2020 года

4

Горячая линия:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Адрес:

город Ташкент, Чиланзарский район улица Бунёдкор, дом 27