Chaqiriqqacha harbiy ta`lim fakulteti

Fakultet «Chaqiriqqacha harbiy ta`lim» ta`lim yo’nalishi bo’yicha respublikamizdagi akadem litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o’rta ta`lim maktablariga «Chaqiriqqa qadar boshlang`ich tayyorgarlik» fanidan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

 

Harbiy ta’lim fakulteti O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2017 yil 9 oktyabrdagi 809-sonli qo’shma qarori va universitet rektorning 2008 yil 21 oktyabrdagi 328-U sonli buyrug’iga binoan harbiy kafedra negizida «Harbiy ta`lim» fakulteti tashkil etilib, «Chaqiriqqacha harbiy ta`lim», ta`lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanadi.

Bundan tashqari 2010 yildan boshlab fakultetda «Chaqiriqqacha harbiy ta`lim» mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

Fakultet «Chaqiriqqacha harbiy ta`lim» ta`lim yo’nalishi bo’yicha respublikamizdagi akadem litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o’rta ta`lim maktablariga «Chaqiriqqa qadar boshlang`ich tayyorgarlik» fanidan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

Rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlaydigan harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari o‘z maqomiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tenglashtiriladi.

Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tasarrufida OTM bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

OTM talabalarining harbiy tayyorgarligi — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash maqsadida tashkil etiladigan va harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv yig‘ini, yakuniy davlat attestatsiyasi va Vatanga qasamyod qabul qilish jarayonida amalga oshiriladigan kompleks chora-tadbirlardan iborat.

OTMning kunduzgi bo‘limda o‘qiyotgan erkak talabalar, harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar.

Harbiy tayyorgarlikka 27 yoshgacha (OTM rektorining talabalarni harbiy tayyorgarlikka jalb qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqarilgan kunda) bo‘lgan, salomatligi bo‘yicha harbiy xizmatga yaroqli va saralash tanlovidan o‘tgan talabalar jalb etiladi.

Harbiy-hisob ixtisosliklari bo‘yicha rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash dasturi talabalar harbiy tayyorgarligining asosiy hujjati hisoblanadi.

Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida OTM talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash quyidagicha tashkil etiladi:

“Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha harbiy tayyorgarlikni
2-kursda (rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash), mutaxassislik bo‘yicha 1 va 3 kurslarda tayyorlanadi;

 

 

 

SARALASH TANLOVI

 

Talabalar harbiy tayyorgarlikdan o‘tish uchun tanlov asosida saralab olinadi:

“Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta’lim fakultetlarida — abiturientlarning OTMga o‘qishga kirishida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning birinchi va ikkinchi bosqichlari CHQBT dasturining quyidagi o‘quv bo‘limlari bo‘yicha nazorat me’yorlari (harakat va usullar)ni amalda bajarishdan iborat.

1-bosqich. Umumjismoniy tayyorgarlik:

-         turnikda tortilish mashqi;

-          100 metrga yugurish mashqi;

-         3000 metrga yugurish mashqi.

 

2-bosqich. O‘q otish tayyorgarligi:

-  pnevmatik miltiqdan nishonga aniq otish mashqini bajarish shartlarini bajarish.

 

 

 

 

3-bosqich.. Kasbiy (ijodiy) imtihonning uchinchi bosqichi test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. Test sinovlariga oid materiallar “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘quv dasturining o‘quv bo‘limlari mavzulari mazmunidan kelib chiqib chiqilgan va o‘z ichiga quyidagi o‘quv bo‘limlarining o‘quv materiallarini oladi:

 Kirish mavzusi;

“Harbiy ish asoslari;

Otish tayyorgarligi”;

“Amaliy jismoniy tayyorgarlik”;

Harbiy xizmat asoslari”;

“Fuqaro muhofazasi”;

“Tibbiy bilia asoslari”.

 

O‘QUV JARAYONI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni biri Toshkent davlat pedagogika universiteti shu jumladan harbiy ta’lim fakulteti 2020-2021 o‘quv yildan boshlab o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazilishi va o‘qish muddati 3 yil qilib belgilandi.

     Bugungi kunda fakultetda “Umumqo’shin tayyorgarligi”, “Uslubiy tayyorgarlik”, “Maxsus tayyorgarlik” sikllari mavjud bo’lib, ularda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibida xizmat qiluvchi ofitserlar va rezervdagi ofitserlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2008 yil 24 iyundagi 191-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan 5111500-“Chaqiriqqacha harbiy ta`lim” ta`lim yo’nalishi o’quv rejasi asosida “Harbiy psixologiya va pedagogika asoslari”. Harbiy tayyorgarlik (Taktik tayyorgarlik, Harbiy topografiya, O’t ochish tayyorgarligi, Texnik tayyorgarlik, Umumharbiy nizomlar, Saf tayyorgarligi, Harbiy qismda tarbiyaviy ishlar metodikasi), “Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikni tashkil qilish va uni o`qitish metodikasi”, “Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi”, “Harbiy qonunchilik asoslari”, “Harbiy tarix”, “Fuqaro muxofazasi”, “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”, “Sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya gigienasi”, “Amaliy sport turlari”, “Ofitser-harbiy rahbar etikasi”, “Qo’l jangi va uni o’rgatish metodikasi”, “Chaqiriqqacha harbiy ta`lim o’qitishning innavatsion pedagogik texnologiyalari” kabi umumkasbiy fanlaridan o’quv mashg’ulotlari olib boriladi.

 

O‘QUV YIG‘IN

Harbiy tayyorgarlik fanlarini to‘liq o‘zlashtirgan nazoratning barcha turlarini muvaffaqiyatli topshirgan 2-kurs talabalari o‘quv yig‘inlariga jalb etiladi o‘quv yig‘in yakunida harbiy tayyorgarlik bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladi va imtixonlardan muvaffaqiyatli yakunlagan talabalarga yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari natijalari asosida rezervdagi va zaxiradagi "leytenant" harbiy unvoni beriladi

 

 

 

 

YAKUNIY JARAYON

Yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tgan va bakalavriatning to‘liq kursini tugatgan talabalar haqiqiy harbiy xizmatga chaqiriladi yoki rezerv yoxud zaxiraga o‘tkaziladi.

 

 

 

 

 


Call markaz:

(+998) 71 2024421

Email:

info@tdpu.uz

Manzil:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi 27 uy.