Chet tillar

Til millatlararo ko`prikdir!

Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulteti va uning tarkibida faoliyat ko‘rsatayotgan kafedralar: Mamadaliev A. - fakultet dekani; Kinjaeva G.S. – yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini; Baymanova Nodira - o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini; Nazarov S. - Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v.b.; Yusupov O.N. - Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi mudiri; Matenova Yu.U. – Rus adabiyoti va uni o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri; Latipov O.J. -  Rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri. Bundan tashqari Korzun A.V. - Fakultet kasaba uyushmasi raisi; Murodov O’.N. - Fakultet ustoz-murabbiylar kengashi raisi; Saidazimova D. - Fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.


 







Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Chet tillar fakulteti mamlakatimiz uzluksiz ta’lim tizimi uchun chet til o‘qituvchilarini yetishtirib beruvchi yetakchi muassasalardan sanaladi. “Til millatlararo ko‘prikdir” iborasi fakultetning shiori qilib olingan. Fakultet jamoasi bugun ta’lim va tarbiya jarayonlarini zamon talablari darajasida amalga oshirish uchun tinimsiz mehnat va izlanishda. 2017 yil 8-fevraldan boshlab fakultet dekani vazifasini A.M.Mamadaliev bajarib kelmoqda. Chet tillarni mukammal egallagan A. Mamadaliev fakultetda ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshilash, malakali kadrlar sifatini oshirishga katta e’tibor qaratgan holda munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shu bilan birga, ularning kasb mahoratlarini oshirish ustida doimiy qayg‘uradi. Chet tillar fakultetida faoliyat ko‘rsatayotgan 4 ta kafedralar Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Qozog’iston hamda Xitoyning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Jumladan, Germaniya Federativ Respublikasi Frayburg va Haydelberg pedagogika universitetlari o‘rtasida o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida har yili bir nafar talaba bir semestr, professor-o‘qituvchilarimiz esa bir oy davomida malaka oshirib qaytmoqdalar. 


Chet tillar fakultetida xorijlik yetuk mutaxassislar, fan arboblari bilan birga ilmiy-nazariy konferensiyalar tashkil etilib ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelinmoqda. 


Fakultetda o‘quv-metodik ishlarga asosiy e’tibor qaratilgan. Ta’limni tashkil etish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar ustida ishlash, ular asosida o‘quv-tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yish, talabalarni zarur o‘quv va metodik adabiyotlar bilan ta’minlash hamma vaqt fakultet jamoasining diqqat markazida. Fakultet jamoasi tomonidan ta’lim tizimining turli bo‘g‘inlari uchun o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda fakultetda to‘rtta kafedra: Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi, Ingliz tili amaliy kursi, Rus adabiyoti va uni o’qitish metodikasi, Rus tili va uni o‘qitish metodikasi kafedralari mavjud bo‘lib, fakultetda 47 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 2 nafari fan doktori-professor, 1 nafari PhD doktori, 11 nafar fan nomzodi-dotsentlar, 2 nafar dotsent vazifasini bajaruvchilar, 14 nafar katta o‘qituvchi va 17 nafar o‘qituvchi va 3 nafar stajyor o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqdalar. Fakultetda 900 ga yaqin talaba tahsil oladi. Fakultetda chet tillarni o‘qitish uchun maxsus lingofon auditoriyalari mavjud, jumladan darslar zamonaviy multimedia texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga turli ilmiy, ijodiy va kasbiy to‘garaklar tashkil qilinib, talabalarga darsdan tashqari paytlarda chet tildan qo‘shimcha bilimlar berib kelinmoqda. Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi professori J.J.Jalolov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-1875 Qarori ijrosini ta’minlash uchun har oyning oxirgi chorshanba kuni Ilmiy-seminar tashkil qilinib, seminarda fakultetning barcha professor-o‘qituvchilari turli ilmiy mavzularda ma’ruzalar olib borishmoqda. Fakultetda yuqori malakali va ayni vaqtda yuksak ma’naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal biladigan va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladigan, erkin fikrlaydigan, ijodkor mutaxassislar tayyorlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga katta e’tibor qaratiladi. 


Fakultetning 2017-2018 o‘quv yiliga mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar, jamoada umumiy va pedagogik madaniyatni oshirishga qaratilgagn ma’naviy-ma’rifiy ishlar, O‘zbekiston Respublikasi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta’lim muassasalari, ota-onalar, mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning metodik ta’minoti, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o‘quv-uslubiy asosini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar malakasini oshirish va ularning faoliyatini takomillashtirish, milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy merosini targ‘ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar va ijtimoiy himoya tadbirlari o‘z aksini topgan. 

Fakultet jamoasi doimo ilmiy izlanishda. 2017-2018 yilda fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 6ta monografiya , 4ta o‘quv qo‘llanma, OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 12ta ilmiy maqolalar va xalqaro jurnallarda esa 18 ta ilmiy maqolalar chop etildi. Fakultet jamoasi tinimsiz izlanishdalar. Fakultet jamoasi tomonidan ta’lim tizimining turli bo‘g‘inlari uchun o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilmoqda. Fakultetda yuqori malakali va ayni vaqtda yuksak ma’naviyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mukammal biladigan va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘la oladigan, erkin fikrlaydigan, ijodkor mutaxassislar tayyorlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga katta e’tibor qaratiladi. 


 

Mamadaliev Abdumajit Mamasolievich

Pedagogika fanlari nomzodi (PhD)

Jahon tillari universiteti (sobiq Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti)ning ingliz tili fakultetini 1984 yilda tamomlagan. Sobiq Sovet armiyasida harbiy xizmatdan so'ng, Moskva davlat chet tillar pedagogika institutida mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat olib borgan. 1994 yili nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 1994-2016 yillarida halqaro jurnalistika sohasida BBC World Service Monitoring (Buyuk Britaniya) turli lavozimlarda ishlagan. 2018 yil Fevral oyidan buyon Chet tillar fakulteti dekani.

+998712767883
ezozkam2@gmail.com

Кенжаева Гулбахор

Чет тиллари

маънавият замдекан

маънавият замдекан


Tarixga nazar tashlasak, Rus filologiyasi fakulteti (1940-1950 yillarda) alohida fakultet bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu fakultetda Rus tilshunosligi (1940 y.), Rus va chet el adabiyoti (1940 y.), Rus tili va uni o‘qitish metodikasi (1947 y.), Koreys tili va adabiyoti (1956 y.) va bir necha yil tatar tili kafedralari faoliyat ko‘rsatishgan. 1985 yildan Rus va tatar filologiyasi fakulteti tashkil qilinib (fakultet dekani J.L. Azizov), keyinchalik rus va koreys filologiyasi (fakultet dekani I.G.Yugay) fakulteti deb 1992 yildan nomlandi.
Chet tillar fakulteti 2000 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bunda Ingliz va nemis tillari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ingliz tili”, “Nemis tili” kafedralari faoliyat ko‘rsatishgan. Keyinchalik 2002 yilda “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi tashkil topgan .
2005-2006 o‘quv yilida xorijiy tillar sifatida bu fakultetlar birlashtirilib yagona Chet tillar fakulteti deb yuritila boshladi.
Hozirgi kunda fakultetda 6 ta ta’lim yo‘nalish bo‘yicha talabalar tahsil olishadi. Bular “Ingliz tili va adabiyoti”, “Nemis tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti”, “Koreys tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda)” va Qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlaridir.
Hozirgi kunda fakultetda 900 ga yaqin talaba “Ingliz tili va adabiyoti ”, “Nemis tili va adabiyoti ”, “Rus tili va adabiyoti”, “Koreys tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda)” va Qozoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olishadi.
Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda:
Ingliz tili nazariyasi va o‘qitish metodikasi kafedrasi:
Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi:

Rus tili o‘qitish metodika kafedrasi:

Rus adabiyoti o‘qitish metodika kafedrasi:

Fakultet dekani:
v.b. Abdumajit Mamasolievich Mamadaliev

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini:
Gulbaxor Kinjaeva

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini:
Mo‘ydinov Qodirjon Abdurasulovich

Fakultet murabbiylar kengashi raisi:
O‘tkir Nurillaevich Murodov

Hotin-qizlar qo‘mitasi raisi:
Dildora Qosimovna

Fakultet kasaba qo‘mitasi raisi:
Korzun Aleksandr

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligining 2017 yil «20» iyulda 01.21.39-08-sonli qarori bilan ro‘yxatiga olingan Nizomiy nomidagi TDPU Nizomiga asosan




«TASDIQLAYMAN»
Nizomiy nomidagi TDPU
rektori________Sh.S.Sharipov
«_________» «_________» 2017.







Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulьteti


N I Z O M I
























Toshkent-2017
Nizomiy nomidagi TDPU Chet tillar fakulьteti

NIZOMI

I.Umumiy qoidalar
1.1. Rus filologiyasi fakulьteti (1940-1950 yillarda) alohida fakulьtet bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. Ushbu fakulьtetda Rus tilshunosligi (1940 y.), Rus va chet el adabiyoti (1940 y.), Rus tili va uni o‘qitish metodikasi (1947 y.), Koreys tili va adabiyoti (1956 y.)va bir necha yil tatar tili kafedralari faoliyat ko‘rsatishgan. 1985 yildan Rus va tatar filologiyasi fakulьteti tashkil qilinib( fakulьtet dekani J.L. Azizov), keyinchalik rus va koreys filologiyasi (fakulьtet dekani I.G.Yugay) fakulьteti deb 1992 yildan nomlandi.
Chet tillar fakulьteti 2000 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bunda Ingliz va nemis tillari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha “Ingliz tili”, “Nemis tili” kafedralari faoliyat ko‘rsatishgan. Keyinchalik 2002 yilda “Ingliz tili amaliy kursi” kafedrasi tashkil topgan .
2005-2006 o‘quv yilida xorijiy tillar sifatida bu fakulьtetlar birlashtirilib yagona Chet tillar fakulьteti deb yuritila boshladi.
Hozirgi kunda fakulьtetda 6 ta ta’lim yo‘nalish bo‘yicha talabalar tahsil olishadi. Bular “Ingliz tili va adabiyoti ”, “Nemis tili va adabiyoti ”, “Rus tili va adabiyoti”, “Koreys tili va adabiyoti”, “Rus tili va adabiyoti (o‘zga tili guruhlarda)” “Qozoq tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishlaridir.
1.2. Fakulьtet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalari, shuningdek Universitetning ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
1.3. Fakulьtet o‘ziga xos mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi.
1.4. Fakulьtet joylashgan yuridik manzili: 100185, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy.

II. Fakulьtetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
- respublikada uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash;
- tegishli pedagogik ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, xamkorlik asosida rivojlangan xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogika texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy etishga taklif kiritish;
- idoraviy buysunishidan qat’iy nazar respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan ilmiy-pedagogik har tomonlama yetuk, raqobatdoshli mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga mo‘ljallangan kompleks ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirishda ishtirok etish;
- qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda takliflar berish.

III. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari
Talabalar:
3.1. Universitet rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs mazkur universitetning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.
3.2. Fakulьtetning talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
- universitet axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan adabiyotlar, davriy nashrlar, elektron ta’lim resurslaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
- bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
- auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid o‘quv texnik vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish hamda ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
- universitet va fakulьtet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish;
- ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda o‘rnatilgan tartibda faol qatnashish;
- universitetda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish;
- o‘qishdan tashqari vaqtlarda fakulьtet ma’naviy-ma’rifiy, ta’mirlash, qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, qishloq xo‘jalik va boshqa jamoat hamda qonunchilikka zid bo‘lmagan ishlarda ishtirok etish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Talaba o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3.3. Davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
3.4. Fakulьtet talabalar turar joyiga muhtoj talabalarni, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya-gigiena me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlashda ko‘maklashadi.
3.5. Fakulьtetning talabalari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘rnatilgan tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
3.6. Fakulьtet talabalari safidan chiqarilgan talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talablar asosida o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi hamda qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Universitetning talabalari qonunda belgilangan tartib va qoidalar asosida o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
3.7. Universitet talabalari oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda universitetning Ustaviga, Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, talabalar turar joylarida yashash qoidalariga rioya etishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
3.8. Universitetning Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari hamda talabalar turar joylarida yashash qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan rektorning buyrug‘i asosida quyidagi intizomiy jazo choralari ko‘riladi:
a) hayfsan
b) talabalar safidan chetlatish.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib- qoidalarini buzganligi uchun;
ye) bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganligi sababli;
j) o‘qish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldirilishi mumkin:
a) fanlarni o‘zlashtira olmaganligi (akademik qarzdorligi) uchun.

Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga vazirlik tomonidan tasdiqlangan tartib qoida asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Universitet ma’muriyatining tashabbusi bilan (“d”, “e”, “j”-bandlar) talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba (“d”,“e”,“j”-bandlarga ko‘ra) o‘qishdan chetlashtirilayotgan holda, universitetning "Yoshlar" ittifoqi tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining noqonuniyligi va adolatsizligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda universitet rektori, vazirlik yoki sudga murojaat etishi mumkin.
Talaba universitetdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.
Intizomiy jazo choralari talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda hatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarida talabalarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash man etiladi.
Talaba kasalligi tufayli o‘quv jarayoniga qatnashmayotganligi haqida o‘zi yoki ota-onasi tomonidan bir hafta muddatda dekanatga yozma ravishda ma’lum qilinadi.

3.9. Fakulьtetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
a) belgilangan tartibda universitet va fakulьtet Kengashlariga saylash va saylanish;
b) oliy ta’lim muassasasining faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
v) oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
g) o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
d) oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
ye) qonunchilikda belgilangan tartibda vakant professor-o‘qituvchi lavozimlariga e’lon qilingan tanlovlarda qatnashish;
j) o‘zlari ishlayotgan kafedra, fakulьtetdan tashqari boshqa fakulьtet, kafedra, tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
z) xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
i) o‘z fani bo‘yicha sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;
y) nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy-tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
k) talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
l) grantlar, ilmiy loyihalar, xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
m) O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
3.10. Fakulьtetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat intizomi, universitetning Ustavi, Ichki tartib va odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, o‘zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
- ish jarayonida muloqat qiladigan universitet xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo‘lish;
- ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejaning o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlari, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
- tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy- ma’rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
- kafedraning tasdiqlangan ilmiy-amaliy, ilmiy-pedagogik anjumanlarida ishtirok etish;
- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar yaratishda ishtirok etish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochiq va muammoli mashg‘ulotlar hamda “master klass”lar o‘tkazish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga doimiy ravishda ko‘maklashish;
- mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish canitariya va gigienasi qoidalariga rioya qilish;
- universitet va fakulьtetning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
- ish beruvchiga bevosita yetkazilgan moddiy zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash;
- universitetning jamoatchilik ishlarida qatnashish;
- pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
- ta’lim oluvchilarning tanlagan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarligini va mehnatga bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
- chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bilim darajasini muntazam oshirib borish;
- ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatini shakllantirish;
- universitetda “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan pedagogik, ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
- o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;
- kiyinish madaniyatiga rioya etish;
- respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ilmiy- iqtisodiy islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;
- universitet, fakulьtet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tish;
- fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
- har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi mashg‘ulot olib boradigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendarь rejasini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;
- reyting nazoratlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
- talabalar bilimini xolisona baholash;
- yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
- o‘zining ilmiy salohiyati va pedagogik mahoratini oshirish;
- talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
- oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
3.11. Fakulьtet xodimlarining chet el xizmat safarlari vazirlik tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to‘g‘risida”gi muvaqqat Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
3.12. Fakulьtet xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Nizomi, Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.

IV.O‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik kadrlar tayyorlash

4.1. Fakulьtetda ta’lim jarayoni tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlari asosida universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o‘quv jarayoni hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Ta’lim va tarbiyaning birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlaria sosida ta’minlanadi.
4.2. Fakulьtetda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus va qozoq tillari hisoblanadi.
4.3. Fakulьtetda kadrlarni tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
4.4. Fakulьtetda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakulьtet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.
4.5. Universitetda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

V. Yakuniy qoidalar

5.1 Fakulьtet universitet qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
- uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarilishiga;
- ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarilishiga;
- ta’lim jarayoni vaqtida fakuьltetda ta’lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog‘lig‘iga;
-ta’lim oluvchilar va fakuьltet xodimlarining huquq va erkinliklarining buzilganligida;
- O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hatti-harakatlarga.
5.2.Fakulьtetning Nizomiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish universitet rektor buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
5.3. Ushbu Nizom fakulьtetning 2017 yil ___-____dagi __-sonli Kengashi yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan.