Harbiy ta’lim fakulteti

«Harbiy ta’lim» fakulteti Respublikamizda tayanch yo‘nalish hisoblanadi. Harbiy kafedra – bu Oliy ta’lim muassasalari rezervidagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv, tarbiyaviy, ilmiy-metodik ishlarni ta’minlaydigan asosiy o‘quv bo‘linmadir.

Nizomiy nomidagi TDPI rektorining 1991-yilning 31-martidagi 210-sonli buyrug‘iga ko‘ra TDPI (TDPU) tizimida Boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2008-yil     


 5-avgustdagi12/230-sonli qo‘shma qaroriga hamda universitet rektorning 2008-yil 21-oktyabrdagi 328-U sonli buyrug‘iga binoan harbiy kafedra negizida Jismoniy madaniyat va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti tashkil etilib, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Jismoniy madaniyat va bolalar sporti yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.


 


Fakultetda yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston uzluksiz ta’limi davlat standartlari tizimi va o‘quv rejalari tasdiqlanib, amalda tadbiq etilgan. Fakultetning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi respublikada tayanch yo‘nalish hisoblanib, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim hamda Jismoniy madaniyat va bolalar sporti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublikamizdagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablariga -Jismoniy tarbiya va sport hamda Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelgan. 2012-2013-o‘quv yilidan boshlab harbiy kafedra Harbiy ta’lim fakuteti maqomi bilan faoliyat yurita boshladi. Hozirgi vaqtda Harbiy kafedrada 19 ta fan o‘qitilib kelinmoqda hamda harbiy tayyorgarlik fanlari bo‘yicha Mudofaa vazirligining harbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan kerakli adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda. Fakultetda faoliyat yuritayotgan 10 nafar podpolkovnik, 5 nafar mayor va 4 nafar zahiradagi ofitser-o‘qituvchilar talaba-yoshlarga harbiy soha sir-asrorlarini o‘rgatib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Talabalar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va olib borish uchun o‘quv-metodik baza va moddiy ta’minot harbiy kafedra boshlig‘ining buyurtmasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ta’minlanmoqda.

71 217-12-83
davirov.l@tdpu.uz

Tursunov Shaxzod Ramozonovich

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Jizza qishlog'ida 1986 yil 18 aprelda tug'lganman.

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini

fan nomzodligim yoq

+998712171283
tursunov@tdpu.uz

Шухрат Дурменов

Чақириққача ҳарбий таълими факултети

Декан моуни

Декан моуни


Nizomiy nomidagi TDPI rektorining 1991-yilning 31-martidagi 210-sonli buyrug‘iga ko‘ra TDPI (TDPU) tizimida Boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha o‘quv jarayoni yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Mudofaa vazirligining 2008-yil
5-avgustdagi12/230-sonli qo‘shma qaroriga hamda universitet rektorning 2008-yil 21-oktyabrdagi 328-U sonli buyrug‘iga binoan harbiy kafedra negizida Jismoniy madaniyat va chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti tashkil etilib, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim, Jismoniy madaniyat va bolalar sporti yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlangan.

Fakultetda yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston uzluksiz ta’limi davlat standartlari tizimi va o‘quv rejalari tasdiqlanib, amalda tadbiq etilgan. Fakultetning Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi Respublikada tayanch yo‘nalish hisoblanib, Chaqiriqqacha harbiy ta’lim hamda Jismoniy madaniyat va bolalar sporti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha respublikamizdagi akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va umumiy o‘rta ta’lim maktablariga -Jismoniy tarbiya va sport hamda Yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlab kelgan. 2012-2013-o‘quv yilidan boshlab harbiy kafedra Harbiy ta’lim fakuteti maqomi bilan faoliyat yurita boshladi. Hozirgi vaqtda Harbiy kafedrada 19 ta fan o‘qitilib kelinmoqda hamda harbiy tayyorgarlik fanlari bo‘yicha Mudofaa vazirligining harbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan kerakli adabiyotlar bilan ta’minlanmoqda. Fakultetda faoliyat yuritayotgan 10 nafar podpolkovnik, 5 nafar mayor va 4 nafar zahiradagi ofitser-o‘qituvchilar talaba-yoshlarga harbiy soha sir-asrorlarini o‘rgatib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Talabalar bilan o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish va olib borish uchun o‘quv-metodik baza va moddiy ta’minot harbiy kafedra boshlig‘ining buyurtmasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ta’minlanmoqda.

Fakultetning asosiy vazifasi o'sib kelayotgan yosh avlodni chaqiriqqachа harbiy tayyorlash hamda ularga bilim va tarbiya berishdan iborat.

Harbiy ta`lim fakultetida "5111500-Chaqiriqqacha harbiy ta`lim" yo`nalishi faoliyat olib bormoqda. Ushbu yo`nalish bo`yicha talabalarga 22 nafar professor o`qituvchilar ta`lim berib kelishmoqda.
Bulardan:

Fakultet boshlig`i- Davirov Latif Xudoybergenovich

Fakultet boshlig`i o`rinbosari - Mamarizayev Erkin Yusupovich

O`quv bo`lim boshlig`i - Durmenov Shuxrat Nurmamatovich

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha o`rinbosar - Tursunov Shaxzod Ramazonovich

Harbiy ta`lim fakulteti "5111500-Chaqiriqqacha harbiy ta`lim" yo`nalishida olib borilayotgan fanlar

1.Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti;
2.Otishda tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti;
3.Fuqaro muhofazasi;
4.Chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik bo‘limlarini o‘qitish uslubiyoti;
5.Qo'l jangini tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti;
6. Harbiy tarix;
7.Harbiy qonunchilik asoslari;
8.Ommaviy qirg‘in qurolidan himoyalanish;
9.Ofitser harbiy rahbar etikasi;
10.Zamonaviy armiya rivojlanish nazariyasi;
11.Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi asoslari;
12.Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti;
13.Harbiy pedagogika va psixologiya asoslari.
14.Taktik tayyorgarlik
15.Texnik tayyorgarlik
16. Saf tayyorgarligi
17. O‘R QK umumharbiy nizomlari
18. Harbiy topografiya


Sotvoldiyev Abduxoshim Yo'ldoshovich tomonidan ushbu ilmiy kitoblar chop etilgan.

2010-yilda "Fan va texnologiya" nashriyoti
"Chaqiriqqacha harbiy ta`limni tashkil etish va uni metodikasi

2012-yilda "TDPU rizografiyasi"
"Chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlikni kasbiy sohalarga yo`naltirib o`qitish.

Ilmiy maqolalar soni - 6 ta.
Ushbu maqolalar OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda chop etilgan.

Ilmiy ommapob maqolalar soni - 20 dan ortiq.

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining markaziy matbuot organi "Vatanparvar" gazetasi va boshqa ommabop jurnallarda chop etilgan.

Harbiy ta’lim fakultetida ma'naviy-ma'rifiy ishlar yillik ish reja asosida faoliyat olib boriladi. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar, Tashkiliy ishlar, Fakultet jamoasida umumiy va pedagogik madaniyatni amalga oshirishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy ishlari, Jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, Mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik ishlari, milliy qadriyatlar va an'analar, ajdodlarimizning boy madaniy me'rosini targ'ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalarni nishonlash, ommaviy axborot vositalarida targ'ibot-tashviqot ishlari, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talalabalar turar joylarida hamda xususiy xonadonlarda yashovchi talabalar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, ijtimoiy himoya tadbirlari kabi turli sohalar bo'yicha faoliyat olib boriladi. Bundan tashqari iqtidorli yoshlarni aniqlash va ular bilan olib boriladigan ishlar hamda ularni Respublika miqiyosidagi nufuzli ko'rik-tanlov va nomli stipendiyalarga tayyorlash borasidagi ishlardan iborat.