Tabiiy fanlar

"Tabiat - inson va butun mavjudotlar yashash sharoitining birdan bir asosidir"

Fakultetning asosiy shtatida 66 nafar professor-o‘qituvchi jami 109 fandan saboq bermoqda. Jumladan, 6 nafar fan doktori, professorlar, 25 nafar fan nomzodi, universitet professorlari, 12 nafar katta o‘qituvchi, 15 nafar o‘qituvchi, besh nafar kabinet mudiri faoliyat yuritadi. 1991-2017 yillar davomida kafedralarda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan 71 ta darslik, 145 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi, shuningdek 42 ta elektron darslik va qo`llanmalar, 450 dan ortiq o‘quv metodik qo‘llanma tayyorlandi.


Fakultetda 2017-2018 o'quv yilida fakultet dekani tashabbusi bilan universitet rektori buyrug'i asosida ilmiy-tadqiqot ishlar bo'yicha Fakultet ilmiy kengashi faoliyati yo'lga qo'yildi. Unga biologiya fanlari doktori O.Mavlonov rahbarlik qildi. 2017-2018 o'quv yili davomida Fakultet ilmiy kengashi tomonidan G.Tursunboyeva, O'.Xo'janazarov, G.Ergashovalarning doktorlik dissertatsiyalari muhokamasi, I.Azimov, Sh.Yakubjanova, R.Berdiqulovlarning fan sohalari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borgan tadqiqot natijalari muhokamasi o'tkazildi. Fakultet ilmiy kengashi tavsiya etgan 2018 yilda himoya qilingan PhD va DcS dissertatsiyalari:


 I.Azimov – 03.00.05- Botanika ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ohangaron daryosi havzasining o’simliklar qoplami” mavzusida dissertatsiyasini himoya qildi.


G.S.Ergasheva – 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha fan doktori (DcS) darajasini olish uchun “Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.




Tabiiy fanlar fakulteti 1935 yilda Tabiyot-geografiya fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki yillar fakultet qoshida uchta: Botanika, Kimyo va Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1937 yil sentyabridan Zoologiya kafedrasi tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fakultet vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi va 1944-1945 o‘quv yilida Fizika-matematika fakulteti qoshida “Tabiyot-geografiya” bo‘limi ochildi. Bo‘lim qoshida Zoologiya, Kimyo, Botanika, Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatdi. 1953 yilda Tabiyot-geografiya bo‘limi fizika-matematika fakulteti tarkibidan chiqarilib, yangidan mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. 1959 yilga kelib esa fakultet qoshida Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limi va qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi ochildi. Fakultet Tabiyot-geografiya va agropedagogika fakulteti nomi bilan atala boshlandi. 1961 yilda V.G.Belinskiy nomidagi kechki Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan birlashtirildi va fakultet qoshida Odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiya, Iqtisodiy geografiya, Biologiya o‘qitish metodikasi kafedralari ham tashkil etildi. 1963 yilga kelib fakultet qayta Tabiyot-geografiya fakulteti nomini oldi va bu davrda kunduzgi bo‘limda uchta: Kimyo-biologiya, Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, Geografiya-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi. Fakultetda o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Yu.T.Toshpo‘latov; professorlar: R.K.Qodirov, I.A.Qalandarov, R.L.Yugay, R.A.Axmedov, X.Vaxobov, A.Zikriyaev, O.A.Mo‘minov, dotsentlar: I.A.Norbekov, M.K.Xabirova, A.L.Umarova, J.Fayozov, G.R.Asanov, S.M.Xudoyqulov, R.Xudoyberganov, M.K.Xabirova, M.Mirboboev, Q.S.Samadov, M.Uzoqova, M.Usmonov, T.Is’hoqov (20 yildan ortiq dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan), S.X.Fayziev, U.X.Xoldorov, I.Inog‘omov, T.B.Abdullaev, O.N.Nosirov, M.Mahkamov, T.N.Azimov, M.Alimov, R.Solixov, S.K.Xabirova, M.Salixova, T.T.Oyxo‘jaev, B.Mirtursunov, G‘.S.Usmonov, N.K.Qodirova, katta o‘qituvchilar: S.Bakirxonova, X.Gavsutdinov, M.Abduvahobova, B.Qorabolaev, O.Otaxo‘jaeva, M.Yunusova, Z.Shomuratova, M.Mirvaxidova, A.M.Qo‘chqorov. A.Qo‘chqorov, Z.Egamberdiev, T.Akromxo‘jaev va boshqalar sermahsul faoliyat olib borgan. Bugun respublikamizning turli hududlarida mehnat qilayotgan, balki keksalik gashtini surayotgan hamkasblarimizni minglab shogirdlar minnatdorchilik so‘zlari bilan yodga oladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi qo‘lga kiritishi bilan butun mamlakatimiz hayotida bo‘lgani kabi universitet, fakultet jamoasi hayotida tub burilishlar ro‘y berdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida zamon talablariga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, har tomonlama barkamol, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida hamda Kimyo, biologiya, geografiya va qishloq xo‘jaligi asoslari ta’lim yo‘nalishlari ochilishi munosabati bilan fakultetdagi kafedralar optimallashtirildi - Biologiya va uni o‘qitish metodikasi, Kimyo va uni o‘qitish metodikasi, Botanika, zoologiya va tabiatni muhofaza qilish, Anatomiya, fiziologiya va gigiena, Geografiya o‘qitish metodikasi kafedralari tashkil topdi. 1996 yilda Tabiiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralari birlashtirilib, Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi, Zoologiya va Anatomiya,i Fiziologiya kafedralari birlashtirilib, Zoologiya va anatomiya, Fiziologiya kafedrasi tashkil etildi. 1997 yilda biologiya yo‘nalishidagi uchta: Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi; Botanika, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda Biologiya va uni o‘qitish metodikasi -kafedralari birlashtirilib, yangi tashkil topgan kafedraga Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi nomi berildi. 1998 yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet Tabiyot fanlari fakulteti deb nomlangan. 2010 yildan boshlab "Tabiiy fanlar" fakulteti deb yuritilmoqda.


Rahbariyat









Tabiiy fanlar fakulteti dekani Saparov Qalandar Bog`lanish uchun telefon: 276-79-68 Email: saparov.q@tdpu.uz, ka_biologiya@mail.ru

Saparov Kalandar Abdullayevich

Biologiya fanlari doktori, professor

Fakultet dekani biologiya fanlari doktori, professor K.Saparov tomonidan 2017-2018 o'quv yilida yakka va hammualliflikda bir nechta darslik, o'quv qo'llanma, xalqaro va respublika miqiyosidagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirildi. Jumladan: O.Mavlonov va N.Toshmanovlar bilan hammualliflikda "Zoologiya" (umurtqasiz hayvonlar) darsligi, S.Dadayev bilan hammualliflikda "Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari" o'quv qo'llanmasi kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

+998712767968
ka_biologiya@mail.ru

Мадатов Равшан Мамасолиевич

Табиий фанлар факультети

маънавий-маърифий ишлар бўйича декан ўринбосари

маънавий-маърифий ишлар бўйича декан ўринбосари

mavjud emas
madatov@tdpu.uz

Бердикулов Равшан Шавкатович

Tabiiy fanlar

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini

O'quv ishlari bo'yicha dekan muovini


Tabiiy fanlar fakulteti 1935 yilda Tabiyot-geografiya fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. Dastlabki yillar fakultet qoshida uchta: Botanika, Kimyo va Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1937 yil sentyabridan esa Zoologiya kafedrasi tashkil etildi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fakultet vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi va 1944-1945 o‘quv yilida Fizika-matematika fakulteti qoshida “Tabiyot-geografiya” bo‘limi ochildi. Bo‘lim qoshida Zoologiya, Kimyo, Botanika, Geografiya kafedralari faoliyat ko‘rsatdi. 1953 yilda Tabiyot-geografiya bo‘limi fizika-matematika fakulteti tarkibidan chiqarilib, yangidan mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. 1959 yilga kelib esa fakultet qoshida Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari bo‘limi va qishloq xo‘jalik asoslari kafedrasi ochildi. Fakultet Tabiyot-geografiya va ¬agropedagogika fakulteti nomi bilan atala boshlandi. 1961 yilda V.G.Belinskiy nomidagi kechki Toshkent davlat pedagogika instituti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan birlashtirildi va fakultet qoshida Odam va hayvonlar anatomiyasi va fiziologiya, Iqtisodiy geografiya, Biologiya o‘qitish metodikasi kafedralari ham tashkil etildi. 1963 yilga kelib fakultet qayta Tabiyot-geografiya fakulteti nomini oldi va bu davrda kunduzgi bo‘limda uchta: Kimyo-biologiya, Biologiya va qishloq xo‘jaligi asoslari, Geografiya-biologiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlana boshlandi. Fakultetda o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi akademik Yu.T.Toshpo‘latov; professorlar: R.K.Qodirov, I.A.Qalandarov, R.L.Yugay, R.A.Axmedov, X.Vaxobov, A.Zikriyaev, O.A.Mo‘minov, dotsentlar: I.A.Norbekov, M.K.Xabirova, A.L.Umarova, J.Fayozov, G.R.Asanov, S.M.Xudoyqulov, R.Xudoyberganov, M.K.Xabirova, M.Mirboboev, Q.S.Samadov, M.Uzoqova, M.Usmonov, T.Is’hoqov (20 yildan ortiq dekan o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan), S.X.Fayziev, U.X.Xoldorov, I.Inog‘omov, T.B.Abdullaev, O.N.Nosirov, M.Mahkamov, T.N.Azimov, M.Alimov, R.Solixov, S.K.Xabirova, M.Salixova, T.T.Oyxo‘jaev, B.Mirtursunov, G‘.S.Usmonov, N.K.Qodirova, katta o‘qituvchilar: S.Bakirxonova, X.Gavsutdinov, M.Abduvahobova, B.Qorabolaev, O.Otaxo‘jaeva, M.Yunusova, Z.Shomuratova, M.Mirvaxidova, A.M.Qo‘chqorov. A.Qo‘chqorov, Z.Egamberdiev, T.Akromxo‘jaev va boshqalar sermahsul faoliyat olib borgan. Bugun respublikamizning turli hududlarida mehnat qilayotgan, balki keksalik gashtini surayotgan hamkasblarimizni minglab shogirdlar minnatdorchilik so‘zlari bilan yodga oladi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi qo‘lga kiritishi bilan butun mamlakatimiz hayotida bo‘lgani kabi universitet, fakultet jamoasi hayotida tub burilishlar ro‘y berdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida zamon talablariga javob bera oladigan, erkin fikrlaydigan, har tomonlama barkamol, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida hamda Kimyo, biologiya, geografiya va qishloq xo‘jaligi asoslari ta’lim yo‘nalishlari ochilishi munosabati bilan fakultetdagi kafedralar optimallashtirildi - Biologiya va uni o‘qitish metodikasi, Kimyo va uni o‘qitish metodikasi, Botanika, zoologiya va tabiatni muhofaza qilish, Anatomiya, fiziologiya va gigiena, Geografiya o‘qitish metodikasi kafedralari tashkil topdi. 1996 yilda Tabiiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralari birlashtirilib, Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi, Zoologiya va Anatomiya,i Fiziologiya kafedralari birlashtirilib, Zoologiya va anatomiya, Fiziologiya kafedrasi tashkil etildi. 1997 yilda biologiya yo‘nalishidagi uchta: Zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi; Botanika, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish hamda Biologiya va uni o‘qitish metodikasi -kafedralari birlashtirilib, yangi tashkil topgan kafedraga Biologiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi nomi berildi. 1998 yil 24 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga universitet maqomi berilishi munosabati bilan fakultet Tabiyot fanlari fakulteti deb nomlangan. 2010 yildan boshlab "Tabiiy fanlar" fakulteti deb yuritilmoqda.

Fakultetda 3 ta bakalavr ta’lim yo'nalishlari hamda magistratura ixtisosliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: BAKALAVRIAT: 1. 5110300-Kimyo o‘qitish metodikasi 2. 5110400-Biologiya o‘qitish metodikasi 3. 5110500-Geografiya o‘qitish metodikasi MAGISTRATURA: 1. 5A110301-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi(kimyo) 2. 5A110401-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi(biologiya) 3. 5A110501-Aniq va tabiiy fanlarni o`qitish metodikasi(geografiya) Bugungi kunda fakultet dekani lavozimida b.f.d., professor K.A.Saparov ishlamoqda. Tabiiy fanlar fakultetida quyidagi beshta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda: 1. Kimyo o‘qitish metodikasi 2. Botanika 3. Biologiya o‘qitish metodikasi 4. Zoologiya va anatomiya 5. Geografiya o‘qitish metodikasi Fakultetda asosiy shtatda ishlayotgan 66 nafar professor-o‘qituvchi jami 109 fandan saboq bermoqda. Fakultetda 6 nafar fan doktori, professorlar, 25 nafar fan nomzodi, universitet professorlari, 12 nafar katta o‘qituvchi, 15 nafar o‘qituvchi, besh nafar kabinet mudiri faoliyat yuritmoqda. 1991-2017 yillar davomida kafedralarda ishlayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan 71 ta darslik, 145 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi, shuningdek 42 ta elektron darslik va qo`llanmalar, 450 dan ortiq o‘quv metodik qo‘llanma tayyorlandi.

Fakultetda 2017-2018 o'quv yilida fakultet dekani tashabbusi bilan universitet rektori buyrug'i asosida ilmiy-tadqiqot ishlar bo'yicha"Fakultet ilmiy kengashi" faoliyati yo'lga qo'yildi. Unga biologiya fanlari doktori O.Mavlonov rahbarlik qildi. 2017-2018 o'quv yili davomida Fakultet ilmiy kengashi tomonidan G.Tursunboyeva, O'.Xo'janazarov, G.Ergashovalarning doktorlik dissertatsiyalarining muhokamasi, I.Azimov, Sh.Yakubjanova, R.Berdiqulovlarning fan sohalari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib borgan tadqiqot natijalarining muhokamasi o'tkazildi. Tavsiya etilganlardan 2018 yilda himoya qilingan PhD va DcS dissertatsiyalari:


I.Azimov – 03.00.05- Botanika ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Ohangaron daryosi havzasining o’simliklar qoplami” mavzusida dissertatsiyasini himoya qildi.

G.S.Ergasheva – 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha fan doktori (DcS) “Biologiya ta’limida interaktiv dasturiy vositalardan samarali foydalanishni takomillashtirish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
Bulardan tashqari yosh olimlar hamda ilmiy tadqiqotchi izlanuvchilarning ilmiy ishini samarali yo'lga qo'yish maqsadida malakali professor va dotsentlardan iborat jamoa yoshlarga kerakli ko'rsatma va maslahatlarni berib borishadi hamda ularning bu sihadagi ishlari Fakultet kengashida muhokama qilib boriladi.

Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yillik ish reja asosida faoliyat olib boriladi. ma'naviy-ma'rifiy ishlar ТАШКИЛИЙ ИШЛАР,
ФАКУЛЬТЕТ ЖАМОАСИДА УМУМИЙ ВА ПЕДАГОГИК МАДАНИЯТНИ ОШИРИШГА ҚАРАТИЛГАН МАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ИШЛАР,
ЖАМИЯТ ТАРАҚҚИЁТИГА МУНОСИБ ҲИССА ҚЎШИШГА ҚОДИР ШАХСНИ ШАКЛЛАНТИРИШ БОРАСИДА ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ, ОТА-ОНАЛАР, МАҲАЛЛАЛАР, ДАВЛАТ ВА ЖАМОАТ ТАШКИЛОТЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИК ИШЛАРИ,
МИЛЛИЙ ҚАДРИЯТЛАР ВА АНЪАНАЛАР, АЖДОДЛАРИМИЗНИНГ БОЙ МАДАНИЙ МЕРОСИНИ ТАРҒИБ ЭТИШ, МИЛЛИЙ БАЙРАМЛАР, ТАРИХИЙ САНАЛАРНИ НИШОНЛАШ,
ОММАВИЙ АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИДА ТАРҒИБОТ-ТАШВИҚОТ ИШЛАРИ,
ЁШЛАРНИНГ БЎШ ВАҚТИНИ МАЗМУНЛИ ТАШКИЛ ЭТИШ, ТАЛАБАЛАР ТУРАР ЖОЙЛАРИДА ҲАМДА ХУСУСИЙ ХОНАДОНЛАРДА ЯШОВЧИ ТАЛАБАЛАР БИЛАН ОЛИБ БОРИЛАДИГАН МАЪНАВИЙ-МАЪРИФИЙ ИШЛАР,
ИЖТИМОИЙ ҲИМОЯ ТАДБИРЛАРИ kabi turli sohalar bo'yicha faoliyat olib boriladi. Bundan tashqari iqtidorli yoshlarni