Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyatini boshlagan. Fakultet tashkil topgandan buyon ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglarni yetishtirib berdi.

Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Ilk yillarda fakultetda 23 ta talaba о‘qigan bo'lib, professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan. Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 15000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlandi. Fakultet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968 yili Tarix fakulteti alohida fakultet bo‘lib ajralib chiqdi.


Hozir fakultetda Tarix о‘qitish metodikasi, Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda О‘zbekiston tarixi va tarix о‘qitish metodikasi, Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari, O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedralari mavjuddir. Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘lishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlar – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradi.


2013 yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatmoqda. Darslar faqat fakultetning о‘zidagina olib borilmasdan, balki talabalarni amaliyotga yanada yaqinlashtirishni kо‘zda tutgan holda, Toshkent shahrida joylashgan kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarda, shuningdek, О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida tashkil etilgan fakultet filiallarida olib boriladi. Fakultet talabalari har yili akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida pedagogik amaliyotdan о‘tadi. Har yili fakultet talabalari Ona Vatanimizning qadimiy shaharlari: Toshkent, Samarqand, Buxoro kabi shaharlarning diqqatga sazovor tarixiy joylariga ekskursiyalar tashkil etiladi.


Fakultetda turli davrlarda atoqli olimlar: akademik Yahyo G‘ulomov, A.Asqarov, tarix fanlari doktori, professorlar: Sh.Sh.Abdullayev, Z.R.Nuriddinov, X.T.Tursunov, D.Allamurodov, V.I.Yefimov, A.S.Nabiyev, G.I.Jeltova, S.S.Komilova, SH.Ziyomov, S. Teleiqulov, H.Bobobekovlar, tarix fanlari nomzodi, professorlar: A.P.Fomchenko, M.Ermatov, A.Sagdiyev, M.X.Davlatyusupov, R.M.Boyjonovlar faoliyat kо‘rsatganlar. Tarix fanlari doktori, professorlar: Sh.Sh.Abdullayev, X.Tursunov, Z.R.Nuriddinov taniqli tarixchi olim bо‘lish bilan birga о‘quv yurtimiz ravnaqiga rektor sifatida salmoqli hissa qо‘shganlar.


Fakultet mehnat jamoasi О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti, Arxeologiya instituti, Sharqshunoslik instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universiteti, Moliya instituti, Iqtisodiyot universiteti, Texnika universiteti va Respublikadagi barcha pedagogika universitetlarining “О‘zbekiston tarixi” kafedralari bilan ilmiy tadqiqot ishlari bо‘yicha, shuningdek, о‘rta-maxsus ta’lim tizimidagi kо‘plab о‘quv muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari asosida ish olib boradi. Fakultet professor-о‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari natijasida kо‘plab darsliklar, о‘quv qо‘llanmalari, dasturlari va ma’ruza matnlarini nashr etganlar. Tarix fakultetining iqtidorli talabalari davlat stipendiyalari, Respublika talaba-yoshlarining olimpiadalari, tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, Haitova Feruza 2007—2008-о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi hamda О‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi va Mehr nuri jamg‘armasining iqtidorli talabalar stipendiyasi sovrindori bо‘lgan. Tursunov Farrux 2006—2007-о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi, Mutalibova Diyora 2009-2010 о‘quv yilida Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindorlari bо‘lishdi.


Hozirda Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 4-bosqichida tahsil olayotgan Bobir Eshquvatov Alisher Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibi. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’lim yo’nalishi talabasi Jalolov Bahodir 2011-2012 о‘quv yilida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori, shuningdek, Dinshunoslik fani bо‘yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichida 2-о‘rinni egalladi. Fakultetda ta’lim olayotgan talabalar tarix va huquq, milliy g‘oya, ma’naviyat fanlari sohasidagi bilimlarni puxta о‘rganish bilan birga fors, arab, ingliz, nemis, fransuz tillaridan ham saboq olishadi. Shuningdek, talabalarimiz о‘qish jarayonida arab alifbosiga asoslangan eski о‘zbek yozuvini mukammal egallaydilarki, bu bilan ulug‘ ajdodlarimizdan tarixiy meros bо‘lib qolgan ming yillik ma’naviy xazinamizga kira olishdek sharafli imkoniyatni qо‘lga kiritadilar. Tarix fakultetini tamomlagan mutaxassislar umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida о‘qituvchilik qilish bilan birga umumiy va о‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha turli lavozimlarda, hokimiyatlarning «Ma’naviyat va ma’rifat» bо‘limlarida, shuningdek, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazlarida yetakchi mutaxassis bо‘lib faoliyat kо‘rsatishlari mumkin.

Ishquvatov Valiqul Turdiyevich

Tarix fanlari nomzodi

1969 yilda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tavallud topgan. 2013 yildan Tarix fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda. 1994 yilda Nizomiy nomidagi TDPU ning Tarix fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 2004 yilda “Qo‘qon-Rossiya diplomatik munosabatlar tarixshunosligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009 yilda dotsent ilmiy unvonini olgan. Hozirda tariximizga oid 3 ta monografiya, 80 dan ilmiy va uslubiy qo‘llanmalar muallifi. “Qo‘qon-Rossiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar tarixshunosligi”, “Mahalla: o‘tmishda va bugun”, “O‘zbek xonliklari tarixshunsoligi” nomli monografiyalari hamda “Jadidchilik va ma’rifatparvarlar harakati” o‘quv qo‘llanmasi, “Etnografiya: Etnogenez va etnik tarix”, “Тексты лекций по историографии” nomli uslubiy qo‘llanmalari chop etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi.

+99871 255-68-33
ishquvatov69@mail.ru

Хакназаров Худойберди

Тарих факультети

ўқув ишлари замдекан

ўқув ишлари замдекан


Ашуралиев Элбек

Тарих

Маънавият декан муовини

Маънавият декан муовини


Tarix fakulteti 1935 yili Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti tashkil topgan kundan boshlab faoliyat kо‘rsatib kelmoqda. Boshlang‘ich davrda 23 ta talaba о‘qigan va professor V.I. Krasovsev rahbarligidagi bitta kafedra faoliyat kо‘rsatgan.
Fakultet tashkil topgandan buyon, ta’lim tizimiga 25000 mingdan ortiq yuqori malakali tarixchi-pedagoglar tayyorlangan.
Fakul’tet XX asrning 50-yillarida Tarix-filologiya fakulteti sifatida faoliyat kо‘rsatgan. 1968 yili Tarix fakulteti alohida fakul’tet bo‘lib ajralib chiqdi.
Tarix fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ilk tashkil etilgan fakultetlardan biridir. Hozir fakul’tetda «Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari» bakalavr yo’nalishlari bо‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Fakultetda «О‘zbekiston tarixi va Tarix о‘qitish metodikasi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «O'zbekistonda demokratik jamiyat qurush nazariyasi va amaliyoti», kafedralari mavjuddir.
Talabalarning zarur bilim sohibi bо‘la olishlari uchun fakultetda barcha sharoitlar yaratilgan. Darslarning barchasi ozoda va yorug‘, ta’mirlangan hamda jihozlangan xonalarda olib boriladi. Magistrlar uchun ham alohida auditoriya xonalari mavjud bо‘lib, ular bilan о‘z sohasining yetuk, bilimdon, yuksak malakali ustozlari – fan doktorlari, professorlar mashg‘ulot olib boradilar.
2013 yildan boshlab fakultet dekani sifatida tarix fanlari nomzodi, dotsent V.Ishquvvatov faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.

Yuklab olish uchun fayllar

Three Generation Meetings
Photo: © X.Xaknazarov

Собрание трех поколений
Photo: © Х.Хакназаров

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish) dasturlarini amalga oshiradi:
1) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
a) bakalavriat:
1. 5110600-Tarix o‘qitish metodikasi
2. 5111600-Milliy g‘oya; ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Fakultetda kadrlar iste’molchilar talablari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini tashkil etish mumkin.
Bakalavriat - ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 4 yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari asosida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «bakalavr» akademik darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.
4.2. Fakultetda ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fanlarning dasturlari universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o‘quv jarayoni jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi.
4.3. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 5-10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus tillari hisoblanadi.
4.4. Fakultetda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “O‘zstandart” agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.
4.5. Fakultetda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limniig ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.
4.6. Fakultetda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETINING NIZOMI
I. Umumiy qoidalar
1.1. Tarix fakulteti nizomi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 17 iyuldagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i hamda 2011 yil 487-sonli buyrug‘i asosida va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi №153-sonli qaroriga muvofiq universitet tashkiliy tuzilmasi qayta ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
1.2. Fakultet – oliy ta’lim muassasasi boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi.
1.3. Fakultet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘grisida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalari, shuningdek Universitetning Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, Jamoa shartnomasi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
1.4. Fakultet joylashgan manzil:100100,Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Xojib ko‘chasi, 103-uy.
1.5. Fakultetning rasmiy to‘liq va qisqa nomi:
• davlat tilida: kirill alifbosida: “Tarix fakulteti”;
• davlat tili: lotin alifbosida: “Tarix fakulteti”;
• rus tilida: “Факультет истории”;
• ingliz tilida: “Faculty of history ”.

II. Fakultetning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari
- respublika uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
- tegishli pedagogik ta’lim yo‘nalishlar va mutaxasisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish, xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini va mamlakat ta’lim muassasalarining ehtiyojini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogika texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy qilish;
- idoraviy buysunishidan qat’iy nazar respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish;
- davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirish, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogika, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha pedagogik ta’lim muassasalarini faoliyatini ilmiy-metodik ta’minlash;
- oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va ilmiy-metodik ta’minlash;
- qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy pedagogika oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan sheriklik aloqalarini rivojlantirish;
- respublikaning bazaviy oliy ta’lim muassasasi sifatida oliy ta’limning pedagogika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.

III. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari
a) Talabalar:
3.1. Universitet rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs universitetning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.
Universitetga qabul qonunchilikda belgilangan tartibda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan shaxslar arizalariga binoan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish tartibi va qoidalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plangan ballarning reyting tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha shaxslar uchun (ham grantlar, ham to‘lov-kontrakt bo‘yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abiturientlarning davlat grantlari bo‘yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abiturientlar test ballari reytingi asosida belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida ham o‘qishga qabul qilish kafolatlanadi.
3.2. Fakultetning talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
- oliy ta’lim muassasasi axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta’lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
- bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
- auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid o‘quv texnik vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish va ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
- oliy ta’lim muassasasi va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish;
- ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferentsiyalarda o‘rnatilgan tartibda faol qatnashish;
- oliy ta’lim muassasasida qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish;
o‘qishdan tashqari vaqtlarda ma’naviy-ma’rifiy, ta’mirlash, qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, qishloq xo‘jalik va boshqa jamoat mehnatlarda, qonunchilikka zid bo‘lmagan ishlarda ishtirok etish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Talaba o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3.3. Davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va Beruniy, Ibn Sino, Navoiy va Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiyalari, shuningdek, o‘qishga yo‘llagan yuridik va jismoniy shaxslar tayinlagan stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
3.4. Kunduzgi o‘quv shaklida ta’lim olayotgan talabalarga oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan vaqti davomida o‘rnatilgan tartibda harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi.
3.5. Oliy ta’lim muassasasining Talabalar turar joyiga muhtoj talabalar oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlanadi. Talabalar turar joylarida to‘laydigan to‘lovlarning‘ hajmi kommunal-maishiy xizmatlar uchun to‘lovlarni inobatga olib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo‘lgan holda, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarda foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi.
Fakultetning talabalari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘rnatilgan tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
3.6. Universitetdan chetlashtirilgan talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi hamda qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanilishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Fakultetning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklash) huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ta’lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo‘limlar, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni universitetga o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga tiklash) taqiqlanadi.
3.7. Fakultet talabalari oliy ta’limning davlat standartlari, malaka talablari, o‘quv dasturlari va o‘quv rejalarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda universitetning Nizomiga, Ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari va talabalar turar joylari qoidalariga rioya etishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish ma’n etiladi.
3.8. Ushbu Nizom, universitetning Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari hamda talabalar turar joylari qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ko‘riladi: hayfsan hamda talabalar safidan chetlatish.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
g) akademik o‘zlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib- qoidalarini buzganligi uchun;
e) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
j) o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli.
Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga Vazirlik tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Universitet ma’muriyati tashabbusi bilan (“d”, “e”, “j”-bandlar) talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba mazkur Nizomning 14-bandi “d” kichik bandiga ko‘ra chetlashtirilayotgan holda, universitetning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda universitet rektori, Vazirlikga yoki sudga murojaat etishi mumkin.
Talaba Universitetdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildda saqlanadi.
Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini ko‘rish ma’n etiladi.
Talaba kasalligi tufayli o‘quv jarayoniga qatnashmayotganligi haqida o‘zi yoki uning ota-onasi tomonidan bevosita dekanatga, bir haftadan kechiktirilmasdan yozma ravishda ma’lum qilinadi.
3.9. Fakultetda professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, muhandislik-texnika, ma’muriy-xo‘jalik, ishlab chiqarish, o‘quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud.
3.10. Professor - o‘qituvchilar lavozimlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 fevral 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 mart F-137 va 2005 yil 7 maydagi F-2209-sonli farmoyishlariga muvofiq oliy ta’lim muassasasining prorektorlari rektor tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda tayinlanadi. Fakultet dekani Vazirlik bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida tayinlanadi.
3.11. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
- belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
- oliy ta’lim muassasasining faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
- oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
- o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
- qonunchilikda belgilangan tartibda vakant professor-o‘qituvchi lavozimlariga e’lon qilingan tanlovlarda qatnashish;
- o‘zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
- xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
- o‘z fani bo‘yicha sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;
- nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
- talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- grantlar, ilmiy loyihalar, xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
3.12. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat va texnologiya intizomi, muassasa Nizomi, Ichki mehnat tartibi va Odob-ahloq qoidalariga qat’iy rioya qilish; o‘zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
- ish jarayonida muloqat qiladigan muassasa xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo‘lish;
- ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejasi asosida o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan:
a) o‘quv yuklamalari hajmini, o‘quv-uslubiy, ilmiy,o‘quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy ish rejasi asosida bajarish va ma’naviy- ma’rifiy ishlarda ishtirok etish;
b) darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlar, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
v) tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy- ma’rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
d) Kengash tomonidan tasdiqlangan kafedra ilmiy mavzularida ishtirok etish;
e) o‘z malakasini muntazam ravishda oshirish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar yaratishda ishtirok etish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochiq va muammoli mashg‘ulotlar hamda “master klass”lar o‘tkazish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida ishtirok etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga ko‘maklashish;
- mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish
canitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;
- muassasaning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
- ish beruvchiga bevosita yetkazilgan xaqiqiy moddiy zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash;
- muassasa jamoatchilik ishlarida qatnashish;
- pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
-zamonaviy tsivilizatsiya va demokratiya sharoitida ta’lim oluvchilarning tanlagan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, mehnatga bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
- chet tillari va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish;
-ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish;
- “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
- o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;
- kiyinish madaniyatiga rioya etish;
- respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;
- muassasa, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
- darslarni yuqori saviyada o‘tish;
- fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
- har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi o‘qitadigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;
- reyting tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
- talabalar bilimini xolisona baholash;
- yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
- ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish;
-talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish hamda pullik ta’lim va servis xizmatlarini ko‘rsatish;
- oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
3.13. Fakultet xodimlarining chet el xizmat safarlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to‘g‘risida”gi muvaqqat Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
3.14. Fakultetda professor-o‘qituvchilarning uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirilishi ta’minlanadi.
3.15. Fakultetni xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Nizomi, Ichki tartib va Odob-ahloq qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
IV.O‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik kadrlar tayyorlash
4.1. Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning asosiy ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim dasturlari, qo‘shimcha ta’lim (kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish) dasturlarini amalga oshiradi:
1) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha:
a) bakalavriat:
1. 5110600-Tarix o‘qitish metodikasi
2. 5111600-Milliy g‘oya; ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

Fakultetda kadrlar iste’molchilar talablari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyrug‘i bilan yangi yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini tashkil etish mumkin.
Bakalavriat - ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilimlar beruvchi, o‘qish muddati 4 yildan kam bo‘lmagan tayanch oliy ta’limdir.
Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari asosida ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «bakalavr» akademik darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.
Bakalavr davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish yoki tanlangan ta’lim yo‘nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish huquqini beradi.
Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo‘yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.
4.2. Fakultetda ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va fanlarning dasturlari universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o‘quv jarayoni jadvali hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi.
4.3. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 5-10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus tillari hisoblanadi.
4.4. Fakultetda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “O‘zstandart” agentligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan davlat ta’lim standarti qo‘llaniladi.
4.5. Fakultetda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limniig ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.
4.6. Fakultetda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

V. Fakultetning tarkibi

5.1. Fakultetning tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) kafedralar:
1. O‘zbekiston tarixi va tarix o‘qtish metodikasi;
2. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari;
3. O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;




VI. Fakultetni boshqarish
6.1. Universitet fakultetini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.
Fakultet dekani o‘z faoliyatida “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga amal qiladi.
Fakultet dekani:
- Fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- Fakultetda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
- Oliy ta’lim muassasi va fakultet Ilmiy kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- Fakultet boshqaruv kadrlari zahirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
- Kasbiy etika masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
- O‘quv-tarbiyaviy jarayon hamda talalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
- Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
- Talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyixalarini tayyorlaydi, fakultetdja xorijiy talabalar bo‘lgan xolatda ular bilan ishlashni ta’lim maussasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin.
Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
Kafedra faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida universitetning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatiniig tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
VII. Yakuniy qoidalar
9.1. Fakultet O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
- uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarilishiga;
- ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarishiga;
- ta’lim jarayoni vaqtida universitetda ta’lim oluvchilar va xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i;
-ta’lim oluvchilar va universitet xodimlarining huquq va erkinliklarining buzilganligi;
- O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hatti-harakatlar.
9.2. Ushbu Nizom Universitetning 2017 yil 29 avgustdagi Kengashi yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan.


Universitet fakultetini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi.
Fakultet dekani o‘z faoliyatida “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risidagi Nizom”ga amal qiladi.
Fakultet dekani:
- Fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- Fakultetda mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
- Oliy ta’lim muassasi va fakultet Ilmiy kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- Fakultet boshqaruv kadrlari zahirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
- Kasbiy etika masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
- O‘quv-tarbiyaviy jarayon hamda talalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- O‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
- Talabalarning mustaqil ishi, shuningdek, ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
- Talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini ximoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyixalarini tayyorlaydi, fakultetdja xorijiy talabalar bo‘lgan xolatda ular bilan ishlashni ta’lim maussasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
“Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin.
Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi “Oliy ta’lim muassasasi fakultetining Kengashi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.
Kafedra faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida universitetning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi.
Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatiniig tartibi “Oliy ta’lim muassasasining kafedrasi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilanadi.

Qoraqalpog'istonda targ'ibot-tashviqot
Photo: © X.Xaknazarov

Пропагандистская кампания в Каракалпакстане
Photo: © X.Xaknazarov

Promotion in Karakalpakstan
Photo: © X.Xaknazarov

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix fakulteti 2 ta ta’lim yo‘nalishi – “Tarix o‘qitish metodikasi” va “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo‘nalishlaridan iborat. Bugungi kunda fakultetda “O‘zbekiston tarixi va tarix o‘qitish metodikasi”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” va “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedlari faoliyat ko‘rsatadi.
Fakultetda bugungi kunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida 350 nafar talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 9 nafar fan doktori, 24 nafar fan nomzodi, 3 nafar OAK dotsenti 6 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar o‘quv jarayonida dars mashg‘ulotlarini olib borishadi. Fakultetning o‘rtacha ilmiy salohiyati 64 % ni tashkil etadi.
O‘zbekistonning mustaqilligi yillarida fakultet talabalaridan 4 nafari president stipendiati, 12 nafar talaba esa Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo‘lgan.
Fakultet talabalari Respublika fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib istiqlol yillarida 10 dan ortiq talabalar sovrindor bo‘lishgan.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 10 dan ortiq bosma va elektron darslik, 30 dan ziyod o‘quv qo‘llanma, 100 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ma’ruza matnlari chop etilgan.

O‘QUV ARXEOLOGIYA MUZEYI FAOLIYATI
2001 yilda Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakulteti qoshida akademik A.Asqarov boshchiligida o‘quv arxeologiya muzeyi tashkil etildi. Muzeyda mavjud eksponatlar 2001 yil Surxondaryo viloyatiga uyushtirilgan arxeologik amaliyot natijasida topilgan topilmalardan iborat. Akademik A.Asqarov boshchiligadagi amaliyotga 2 ta aspirant, 4 ta magistr va 27 nafar talabalar jalb qilingan. Amaliyot davrida topilgan arxeologik ashyolar universitetga olib kelingan va universitet o‘quv arxeologiya muzeyiga asos solindi.
2017 yilda universitetning o‘quv arxeoligiya muzeyiga alohida joy ajratilib, zamonaviy muzey ko’rinishiga keltirildi. Muzey ochilishida Respublikamizdagi yetuk tarixchi olimlar ishtirok etishdi. Hozirgi kunda muzeyda 15000 dan ortiq eksponatlar mavjud bo‘lib, ularning har biriga alohida izoh berilgan. Fakultet talabalari o‘qish jarayonida nazariy bilim va ko‘nikmalarni amaliyot bilan muvofiqlashtirishlarida o‘quv arxeologiya muzeyining ahamiyati benihoya kattadir. O‘quv arxeologiya muzeyiga talabalardan tashqari muntazam ravishda mahalla aholisi, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, shuningdek xorijiy mamlakatlardan ham qator olimlarning tashriflari davom etmoqda.

Сотрудничества с Азербайжаном
Photo: © Х.Хакназаров

Cooperation with Azerbaijan
Photo: © X.Xaknazarov

Fakultetda 9 nafar fan doktori, 24 nafar fan nomzodi, 3 nafar OAK dotsenti 6 nafar katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar o‘quv jarayonida dars mashg‘ulotlarini olib borishadi. Fakultetning o‘rtacha ilmiy salohiyati 64 % ni tashkil etadi.

ТАРИХ ФАКУЛЬТЕТИ ОЛИМЛАРИНИНГ ХИТОЙГА
ТАШРИФИ
Низомий номидаги ТДПУ ва Шэньси Педагогика университети (ХХР) ўртасида 2017 йил ноябрь ойида имзоланган ўзаро ҳамкорлик Меморандуми асосида, 2018 йилнинг 16-22 июнь кунлари Университетимиз вакиллари Хитой Халқ Республикасининг Шэньси шаҳрида “Тан сулоласи даврида Буюк ипак йўли тарихи” мавзусида бўлиб ўтган халқаро илмий-амалий конференцияда иштирок этдилар. Учрашувда тарих факультети профессор ўқитувчиларидан т.ф.д., проф., академик А.Асқаров, т.ф.д. проф. Э.Нуриддинов, тарих факультети декани т.ф.н., доц. В.Ишқуватов ва т.ф.н, доц. А.Собировлар иштирок этдилар. Делегация ташрифи давомида Тань сулоласининг 1400 йиллик юбилейини нишонлаш ва шу муносабат билан Хитойнинг Шэньси университети базасида халқаро симпозиум 17-21 июн кунлари ўтказилди.
19 июнь куннинг иккинчи ярмида Шэньси педагогика университетининг президенти проф. Ю Сукун ўзининг масъул ходимлари иштирокида Ўзбекистон делегациясини расмий қабул қилди.
20 июнь куни делегация аъзолари Сиань шаҳрининг тарихий жойлари, музейлари билан, биринчи навбатда, Инь, Хань ва Тань империялари ҳарбий қўшинлари куч-қудратини намойиш этишга бағишланган терракота фигуралар музейи билан танишишди.
Марказий Осиё тарихи ва маданиятини ўрганиш институтининг биносида Шэньси педагогика университети билан Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети ўртасида “Бир макон ва бир йўл ташаббуси” лойиҳаси доирасида семинар ўтказилди.

Tarix fakultetida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tarix fakultetida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida fakultet ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, talabalar turar joyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi hamda ijara va xususiy xonadonda turuvchi talabalar bilan ishlash rejalari ishlab chiqilgan bо‘lib, mazkur rejalar asosida belgilangan muddatda va ma’sullar ishtirokida vazifalar о‘z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda. Fakultet rejasi asosida “О‘zbekiston tarixi va tarix о‘qitish metodikasi”, “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” va “О‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti ” kafedralari xam ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasini ishlab chiqishgan. Fakultet rejasi asosida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar maxkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemnomalari hamda universitet rektori buyruqlari va topshiriqlarida berilgan vazifalarni fakultet va kafedralarda bajarilishi ta’minlangan.
Tadbirlar, “Axborot va murabbiylik” soatida, davra suhbatlarida, “Ma’naviyat kuni” da kafedra professor-о‘qituvchilarining faolligi ta’minlangan. Axborot soatlarida talabalar aktiv qatnashadilar va bir hafta davomidagi yangiliklar tо‘g‘risida fikrlar almashadilar. Mazkur tadbirlardan tashqari fakultetda “Ma’naviyat kunlari” doirasida talabalar va akadem guruh rahbarlari tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, madaniy tadbirlar, tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirilib kelinishi bilan bir qatorda teatrlar, muzeylar, tarixiy maskanlar, muqaddas qadamjolar, tabiat maskanlari, mustaqillik inshootlari va diqqatga sazovor joylarga tashriflar amalga oshirilmoqda.
Tarix fakultet talabalarining bо‘sh vaqtini unumli tashkil qilish bо‘yicha bir qator tо‘garaklar tashkil etilgan. Tо‘garaklarda asosan talabalar ongida bunyodkor g‘oyalarni shakllantrish masalalariga e’tibor qaratilgan.
Fakultetda ma’naviy-ma’rifiy muhitini yaxshilashda jamoat tashkilotlari Kasaba uyushmasi, , Xotin-qizlar qо‘mitasi, Murabbiylar kengashi, Ota-onalar kengashi, Talabalar kengashi faoliyati, “Ibn Sino” salomatlik markazilari bilan birgalikda tadbirlar va davra suhbatlari tashkil qilinmoqda. Jumladan, fakultetda ota-onalar bilan uchrashuvlar, balli qizlar va orasta qizlar bellashuvlar, Zakovat о‘yinlari, kamolot kubigi futbol musobaqalari, О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Salomatlik va tibbiy statistika instituti bilan xamkorlikda “Aholi о‘rtasida sog‘lom turmish tarzini shakllantirish, tibbiy madaniyatini oshirish va kasalliklarni oldini olish borasida amalga oshirish” mavzusida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.