Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat

Fakultet Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida 1935-yilda Pedagogika nomi bilan tashkil etilgan. 1957-yildan Pedagogika fakulteti boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarini tayyorlay boshladi.

Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida  pedagogika fakulteti  nomi bilan faoliyat  yurita boshlagan. 


Pedagogika fakultetida  dastlabki yillarda  maktablar uchun pedagogika va psixologiya  o‘qituvchilari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi uchun inspektorlar, metodistlar, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilarini yetishtirib borish vazifasi yuklatilgan.


Fakultetga dastlab taniqli psixolog, o‘quv tarbiya  jarayonining mohir tashkilotchisi Platon Ivanovich Ivanov rahbarlik qilgan. U davrda fakultetda bitta “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mavjud bo‘lgan va kafedrada taniqli  olimlardan professor K.Bendrikov, dotsentlar V.Lubensov, V.Morozov, K.Radaev, Sh.Boyturova, N.Konstantinovalar  ta’lim-tarbiya jarayonini olib borganlar. 


1941-yilda fakultetda “Psixologiya” kafedrasi tashkil etilgan. 1951-yilning oktyabr oyidan “Maktabgacha  tarbiya” kafedrasi tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab esa xalq ta’limi tizimi uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi. 1958-yilda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini yanada yaxshilash maqsadida fakultetda “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi”  kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedrani turli yillar davomida  N.Zubairova, I.Xusanxodjaev, O.To‘raeva, M.Umarov,       A.Azizova,  K.Qosimovalar boshqarib keldilar.


Fakultet 1975-1983-yillarda “Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya” fakulteti nomi bilan  yuritila boshladi. Shu yillarda fakultetda pedagogika fanlari doktori professor  R.Mavlonova  dekan lavozimida faoliyat olib borgan. 


1983-1990-yillarda esa fakultet “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” fakulteti nomi bilan faoliyat olib borgan. Bu davrda fakultetga dotsent S.Nurmatov(1984-1985-yillar), falsafa fanlari  nomzodi, dotsent S.Valieva (1986-1994), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.Qobilov (1994-1998-yillar), pedagogika fanlari nomzodi, professor L.Mo‘minova (1998-1999 yillar), 2000-2006 yillarda pedagogika fanlari doktori, professor M.Xaydarov, 2006-2007-yillarda dotsent L.Nurmuxammedovalar fakultet dekani sifatida faoliyat olib bordilar.


2007-yilda fakultet negizida “Boshlang‘ich ta’lim” va “Defektologiya” fakultetlari tashkil etildi va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultet dekani sifatida  filologiya fanlari nomzodi, dotsent D. Shodmonqulova faoliyat yuritdi (2007-2014). 


2013-yildan boshlab fakultet Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. Fakultetga 2014- 2016-yillarda pedagogika fanlari doktori, professor B.Abdullaeva, 2016-2017- yillarda  pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Sadikovalar rahbarlik qildilar. 


2016-2017-o‘quv yilidan boshlab “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi fakultet tarkibiga kiritildi va  2017- yil 29-noyabrdan boshlab pedagogika fanlari doktori  


 A.Akramov  dekan lavozimiga tayinlandi.


   Hozirgi kunda Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida bo‘lajak boshlang‘ich sinf, jismoniy tarbiya, musiqa o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda.   


   Fakultetda o‘zbek, rus va qozoq tillari bo‘yicha “5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish”, “5111100 – Musiqa  ta’limi”,  “5112000 –  Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hamda  “5A111701 – O‘quv-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)”, “5A112001 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda. 


2017-2018-o‘quv yilida Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, jismoniy madaniyat, musiqiy ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiydigan 684 nafar talabalar bilan  o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi. 


Fakultetda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, “Jismoniy madaniyat”, “Musiqa ta’limi” kafedralarida 60 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.   


 Ulardan 4 nafari fan doktori, professor; 30 nafari fan nomzodi, dotsentlar; shuningdek, 25 dan ziyod katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar hisoblanadi. Bugungi kunda fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 57 foizni tashkil etmoqda.


Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat  fakultetida  mehnat qilayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar: D.Shodmonqulova,  B.Abdullaeva, M.Hamroyev, A.Xalikov, M.Jumayev, X.Sanakulov, A.Sadikova, N.Voxidova, M.O‘razova, N.Xamedova, D.Abduraximova, Z.Artikbayeva, N.Muxiddinova, A.Nisanbayeva, D.Aytboyevlar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, D.Karimova, Q.Panjiyev, Sh.Raximov, M.Ilxomov, D.Qodirovlar musiqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, U.Rajapov, D.Yunusova, T.Achilov va boshqalar jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi va umumiy  o‘rta maktablarida o‘qitiladigan fanlardan tayyorlangan ko‘pgina darslik va o‘quv qo‘llanmalarining mualliflaridir. Fakultetda talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar televizor, proyektor, kompyuterlar bilan jihozlangan 29 ta o‘quv auditoriyalarida tashkil etilmoqda. 


Shuningdek, fakultet qoshida “Yosh matematik”, “Jas tilshi”, “Mohir qo‘llar”, “Vokal ijrochiligi, Garmoniya”  “Yosh musiqashunoslar”, “Kurash”, “Voleybol” va “Futbol” kabi bir necha nomdagi to‘garaklar faoliyat olib bomoqda. Ayniqsa, Musiqa ta’limi kafedrasi qoshida tashkil etilgan to‘garak  va “Oltin meros” xalq ansamblida ishtirok etayotgan  talabalar Germaniya Federativ Respublikasinig Frayburg universiteti, Xitoy Xalq Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbek-German do‘stlik jamiyatida o‘tkazilayotgan tanlovlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.


Fakultetni “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi bakalavriaturasi bitiruvchisi R.Sadikov 2017-2018-o‘quv yilida Belarus davlat pedagogika universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilindi. 


“Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bakalavriaturasi bitiruvchisi  N.Ishanxodjayev 2018-2019-o‘quv yilida Xitoyning Sian universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilindi.


Bugungi kunda fakultetning bitiruvchilari respublikamizdagi va yaqin xorij mamlakatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim tizimida samarali pedagogik faoliyat olib borishmoqda. 

Akramov Abdumalik Abdumutalovich

Pedagogika fanlari doktori

Boshlang'ich ta'lim va Jismoniy madaniyat fakulteti dekani. 1975-yilda Namangan viloyatida tug'ilgan. 1999-yilda Nizomiy nomidagi TDPUning Tarix fakultetini tarix-huquqshunoslik o'qituvchisi mutaxassisligi bo'yicha bitirgan. Pedagogika fanlari doktori.

+99871 2767539
akromov.a@tdpu.uz

Abdullayev Komiljon Risqulov

Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti

Dekan muovini

Dekan muovini


Sailmurodov Shoxid

Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti

Dekan muovini

Dekan muovini


Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibida pedagogika fakulteti nomi bilan faoliyat yurita boshlagan.
Pedagogika fakultetida dastlabki yillarda maktablar uchun pedagogika va psixologiya o‘qituvchilari, shuningdek, xalq ta’limi tizimi uchun inspektorlar, metodistlar, maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilarini yetishtirib borish vazifasi yuklatilgan.
Fakultetga dastlab taniqli psixolog, o‘quv tarbiya jarayonining mohir tashkilotchisi Platon Ivanovich Ivanov rahbarlik qilgan. U davrda fakultetda bitta “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mavjud bo‘lgan va kafedrada taniqli olimlardan professor K.Bendrikov, dotsentlar V.Lubensov, V.Morozov, K.Radaev, Sh.Boyturova, N.Konstantinovalar ta’lim-tarbiya jarayonini olib borganlar.
1941-yilda fakultetda “Psixologiya” kafedrasi tashkil etilgan. 1951-yilning oktyabr oyidan “Maktabgacha tarbiya” kafedrasi tashkil etilgan. 1957-yildan boshlab esa xalq ta’limi tizimi uchun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi. 1958-yilda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini yanada yaxshilash maqsadida fakultetda “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi tashkil etildi. Bu kafedrani turli yillar davomida N.Zubairova, I.Xusanxodjaev, O.To‘raeva, M.Umarov, A.Azizova, K.Qosimovalar boshqarib keldilar.
Fakultet 1975-1983-yillarda “Boshlang‘ich ta’lim va defektologiya” fakulteti nomi bilan yuritila boshladi. Shu yillarda fakultetda pedagogika fanlari doktori professor R.Mavlonova dekan lavozimida faoliyat olib borgan.
1983-1990-yillarda esa fakultet “Pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” fakulteti nomi bilan faoliyat olib borgan. Bu davrda fakultetga dotsent S.Nurmatov(1984-1985-yillar), falsafa fanlari nomzodi, dotsent S.Valieva (1986-1994), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent R.Qobilov (1994-1998-yillar), pedagogika fanlari nomzodi, professor L.Mo‘minova (1998-1999 yillar), 2000-2006 yillarda pedagogika fanlari doktori, professor M.Xaydarov, 2006-2007-yillarda dotsent L.Nurmuxammedovalar fakultet dekani sifatida faoliyat olib bordilar.
2007-yilda fakultet negizida “Boshlang‘ich ta’lim” va “Defektologiya” fakultetlari tashkil etildi va “Boshlang‘ich ta’lim” fakultet dekani sifatida filologiya fanlari nomzodi, dotsent D. Shodmonqulova faoliyat yuritdi (2007-2014).
2013-yildan boshlab fakultet Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. Fakultetga 2014- 2016-yillarda pedagogika fanlari doktori, professor B.Abdullaeva, 2016-2017- yillarda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Sadikovalar rahbarlik qildilar.
2016-2017-o‘quv yilidan boshlab “Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi fakultet tarkibiga kiritildi va 2017- yil 29-noyabrdan boshlab pedagogika fanlari doktori
A.Akramov dekan lavozimiga tayinlandi.
Hozirgi kunda Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida bo‘lajak boshlang‘ich sinf, jismoniy tarbiya, musiqa o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda.
Fakultetda o‘zbek, rus va qozoq tillari bo‘yicha “5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish”, “5111100 – Musiqa ta’limi”, “5112000 – Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hamda “5A111701 – O‘quv-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)”, “5A112001 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
2017-2018-o‘quv yilida Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, jismoniy madaniyat, musiqiy ta’lim yo‘nalishlarida o‘qiydigan 684 nafar talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari olib borildi.
Fakultetda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, “Jismoniy madaniyat”, “Musiqa ta’limi” kafedralarida 60 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ulardan 4 nafari fan doktori, professor; 30 nafari fan nomzodi, dotsentlar; shuningdek, 25 dan ziyod katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar hisoblanadi. Bugungi kunda fakultet professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati 57 foizni tashkil etmoqda.
Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida mehnat qilayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar: D.Shodmonqulova, B.Abdullaeva, M.Hamroyev, A.Xalikov, M.Jumayev, X.Sanakulov, A.Sadikova, N.Voxidova, M.O‘razova, N.Xamedova, D.Abduraximova, Z.Artikbayeva, N.Muxiddinova, A.Nisanbayeva, D.Aytboyevlar boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, D.Karimova, Q.Panjiyev, Sh.Raximov, M.Ilxomov, D.Qodirovlar musiqiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha, U.Rajapov, D.Yunusova, T.Achilov va boshqalar jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi va umumiy o‘rta maktablarida o‘qitiladigan fanlardan tayyorlangan ko‘pgina darslik va o‘quv qo‘llanmalarining mualliflaridir. Fakultetda talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mashg‘ulotlar televizor, proektor, kompyuterlar bilan jihozlangan 29 ta o‘quv auditoriyalarida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, fakultet qoshida “Yosh matematik”, “Jas tilshi”, “Mohir qo‘llar”, “Vokal ijrochiligi, Garmoniya” “Yosh musiqashunoslar”, “Kurash”, “Voleybol” va “Futbol” kabi bir necha nomdagi to‘garaklar faoliyat olib bomoqda. Ayniqsa, Musiqa ta’limi kafedrasida qoshida tashkil etilgan to‘garak va “Oltin meros” xalq ansamblida ishtirok etayotgan talabalar Germaniya Federativ Respublikasinig Frayburg universiteti, Xitoy Xalq Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbek-German do‘stlik jamiyati o‘tkazilayotgan tanlovlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.
Fakultetni “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi bakalavriaturasi bitiruvchisi R.Sadikov 2017-2018 o‘quv yilida Belarus davlat pedagogika universitetida magistraturasiga o‘qishga qabul qilindi.
“Musiqa ta’limi” ta’lim yo‘nalishi bakalavriaturasi bitiruvchisi N.Ishanxodjaev 2018-2019-o‘quv yilida Xitoyning Sian universiteti magistraturasiga o‘qishga qabul qilindi.
Bugungi kunda fakultetning bitiruvchilari respublikamizdagi va yaqin xorij mamlakatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim tizimida samarali pedagogik faoliyat olib borishmoqda.

Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti
NIZOMI

I.Umumiy qoidalar
1.1. Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetining Nizomi (keyingi o‘rinlarda fakultet Nizomi) “Oliy ta’lim muassasasi fakulteti to‘g‘risida”gi Nizom, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi № 487 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 23-dekabrdagi Toshkent davlat pedagogika universitetining yangi tahrirdagi Ustavini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i hamda 2011-yil 487-sonli buyrug‘i asosida va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-maydagi №153-sonli qaroriga muvofiq universitet tashkiliy tuzilmasida qayta ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
1.2. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasasida fakultet faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Fakultet - OTM tuzilmasining tarkibiy qismi bo‘lib, unda bir yoki bir necha turdosh fanlar bo‘yicha o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan eng asosiy mexanizm.
1.3. Fakultet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalari, shuningdek universitetning ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
1.2. Fakultet tarkibida “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, “Musiqiy ta’lim” va “Jismoniy madaniyat” kafedralari faoliyat yuritadi.
1.3. Fakultetda 3 ta ta’lim yo‘nalish bo‘yicha talabalar tahsil olishadi. Bular “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish”, “Musiqiy ta’lim”, “Jismoniy madaniyat” ta’lim yo‘nalishlaridir.
1.4. Fakultet o‘ziga xos mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo‘yicha o‘z majburiyatlariga muvofiq javob beradi.
1.5. Fakultet joylashgan yuridik manzili: 100070, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 27-uy, 3 o‘quv binosi.
II. Fakultetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari
- respublikada uzluksiz ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagogik kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlash;
- tegishli pedagogik ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, o‘quv rejalari va dasturlarini, ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, hamkorlik asosida rivojlangan xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda ilg‘or pedagogika texnologiyalarini sinovdan o‘tkazish va joriy etishga taklif kiritish;
- idoraviy bo‘ysunishidan qat’iy nazar respublikada pedagog, muhandis-pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan ilmiy-pedagogik har tomonlama yetuk, raqobatdoshli mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga mo‘ljallangan kompleks ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish;
- davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlar, o‘quv-metodik adabiyotlarni hamda elektron-ta’lim resurslarini yaratish va takomillashtirishda ishtirok etish;
- qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta’lim jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etish maqsadida xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda takliflar berish.

III. O‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarning sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari
Talabalar:
3.1. Universitet rektorining buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilingan shaxs mazkur universitetning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi.
3.2. Fakultetning talabalari quyidagi huquqlarga ega:
- fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar yutuqlariga mos keluvchi bilimlar olish;
- universitet axborot resurs markazida mavjud bo‘lgan adabiyotlar, davriy nashrlar, elektron ta’lim resurslaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish;
- bepul maslahatlar va yo‘l-yo‘riqlar olish;
- auditoriyalar, ta’lim jarayoniga oid o‘quv texnik vositalardan o‘rnatilgan tartibda bepul foydalanish;
- ta’lim jarayoni samaradorligi va ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda ta’lim muassasasi, dekanat va kafedra rahbariyatiga bildirish hamda ularni ko‘rib chiqilishini talab qilish;
- universitet va fakultet miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida ishtirok etish;
- ilmiy tadqiqot ishlarida va ilmiy konferensiyalarda o‘rnatilgan tartibda faol qatnashish;
- universitetda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a’zo bo‘lish;
- o‘qishdan tashqari vaqtlarda fakultet ma’naviy-ma’rifiy, ta’mirlash, qurilish, ko‘kalamzorlashtirish, qishloq xo‘jalik va boshqa jamoat hamda qonunchilikka zid bo‘lmagan ishlarda ishtirok etish.
Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa huquqlardan foydalanishga haqlidir.
Talaba o‘z huquqlarini suiste’mol qilmasligi, bu huquqlardan o‘zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart.
3.3. Davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shaklida ta’lim olayotgan talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta’minlanadilar.
Talabalar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli stipendiyalarni olish huquqiga egadirlar.
3.4. Fakultet talabalar turar joyiga muhtoj talabalarni, oliy ta’lim muassasasining talabalar turar joylaridan sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta’minlashda ko‘maklashadi.
3.5. Fakultetning talabalari o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida o‘rnatilgan tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
3.6. Fakultet talabalari safidan chiqarilgan talaba O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talablar asosida o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi hamda qoidalari asosida qayta o‘qishga tiklanishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasidan ma’muriyatning tashabbusi bilan chetlashtirilgan shaxslarni, barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Universitetning talabalari qonunda belgilangan tartib va qoidalar asosida o‘qishini ko‘chirish (o‘qishga qayta tiklanish) huquqiga ega.
3.7. Universitet talabalari oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallashlari, topshiriqlarning barcha turlarini belgilangan muddatda bajarishlari zarur hamda universitetning Ustaviga, Ichki tartib va odob-axloq qoidalari, talabalar turar joylarida yashash qoidalariga rioya etishlari shart.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o‘qish vaqti hisobidan ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish man etiladi.
3.8. Universitetning Ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda talabalar turar joylarida yashash qoidalarida nazarda tutilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda talabaga nisbatan rektorning buyrug‘i asosida quyidagi intizomiy jazo choralari ko‘riladi:
a) hayfsan
b) talabalar safidan chetlatish.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) o‘qishini boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan;
v) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
d) o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun
ye) bir semestr davomida uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirganligi sababli;
j) o‘qish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli;
z) talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
i) vafot etganligi sababli.
Talaba universitetdan quyidagi hollarda kursdan-kursga qoldirilishi mumkin:
a) fanlarni o‘zlashtira olmaganligi (akademik qarzdorligi) uchun.
Harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida talabaga vazirlik tomonidan tasdiqlangan tartib-qoida asosida akademik ta’til berilishi mumkin.
Universitet ma’muriyatining tashabbusi bilan (“d”, “e”, “j”-bandlar) talabalarni o‘qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, talaba (“d”,“e”,“j” - bandlarga ko‘ra) o‘qishdan chetlashtirilayotgan holda, universitetning "Yoshlar" ittifoqi tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin.
Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o‘ziga qo‘llanilgan jazo chorasining noqonuniyligi va adolatsizligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda universitet rektori, vazirlik yoki sudga murojaat etishi mumkin.
Talaba universitetdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig‘ma jildida saqlanadi.
Intizomiy jazo choralari talabalarning kasallik yoki ta’tilda bo‘lgan vaqti hisobga olinmagan holda hatti-harakat aniqlangandan so‘ng bir oydan va hatti-harakat sodir etilganidan so‘ng olti oydan kechiktirilmay qo‘llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta’til yoki homiladorlik va tug‘ish holati bilan bog‘liq bo‘lgan ta’til paytlarida talabalarga intizomiy jazo choralarini qo‘llash man etiladi.
Talaba kasalligi tufayli o‘quv jarayoniga qatnashmayotganligi haqida o‘zi yoki ota-onasi tomonidan 3(uch) kun muddat ichida dekanatga yozma ravishda ma’lum qilishi lozim.

3.9. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
a) belgilangan tartibda universitet va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;
b) oliy ta’lim muassasasining faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
v) oliy ta’lim muassasasining axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy bo‘linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo‘limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish;
g) o‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, o‘quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
d) oliy ta’lim muassasasi ma’muriyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish;
ye) qonunchilikda belgilangan tartibda vakant professor-o‘qituvchi lavozimlariga e’lon qilingan tanlovlarda qatnashish;
j) o‘zlari ishlayotgan kafedra, fakultetdan tashqari boshqa fakultet, kafedra, tashkilotlarda o‘rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda);
z) xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish;
i) o‘z fani bo‘yicha sifatli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlash;
y) nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy-tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;
k) talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
l) grantlar, ilmiy loyihalar, xo‘jalik shartnomalarida ishtirok etish;
m) O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
3.10. Fakultetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining majburiyatlari uyidagilardan iborat:
- ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat intizomi, universitetning Ustavi, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish, o‘zlarining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o‘qituvchilik sha’niga dog‘ tushirmaslik;
- ish jarayonida muloqat qiladigan universitet xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo‘lish;
- ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejaning o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
- darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa o‘quv adabiyotlari, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish;
- tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma’naviy- ma’rifiy ishlarda, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda bevosita ishtirok etish;
- kafedraning tasdiqlangan ilmiy-amaliy, ilmiy-pedagogik anjumanlarida ishtirok etish;
- o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun hamkorlikda yangi avlod o‘quv adabiyotlari, o‘quv-uslubiy majmualar yaratishda ishtirok etish;
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochiq va muammoli mashg‘ulotlar hamda “master klass”lar o‘tkazish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi muassasalarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya hamda pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim sifatini oshirishga doimiy ravishda ko‘maklashish;
- mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish canitariya va gigienasi qoidalariga rioya qilish;
- universitet va fakultetning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish;
- ish beruvchiga bevosita yetkazilgan moddiy zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash;
- universitetning jamoatchilik ishlarida qatnashish;
- pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta’minlash;
- ta’lim oluvchilarning tanlagan yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarligini va mehnatga bo‘lgan qobiliyatni shakllantirish;
- chet tillari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bilim darajasini muntazam oshirib borish;
- ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatini shakllantirish;
- universitetda “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, o‘ziga biriktirilgan shogirdlar bilan pedagogik, ilmiy-pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
- o‘zining odobi, madaniyati, ma’naviy saviyasi bilan o‘rnak bo‘lish;
- kiyinish madaniyatiga rioya etish;
- respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi ilmiy- iqtisodiy islohotlar va jahonda ro‘y berayotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish;
- universitet, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- o‘zi o‘qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish;
- o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tish;
- fan yo‘nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish;
- har o‘quv yili boshlangunga qadar o‘zi mashg‘ulot olib boradigan fan(lar)ning ishchi o‘quv dasturi, kalendar rejasini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlash;
- reyting nazoratlarini o‘z vaqtida o‘tkazish;
- talabalar bilimini xolisona baholash;
- yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo‘llash;
- o‘zining ilmiy salohiyati va pedagogik mahoratini oshirish;
- talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish;
- oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish.
3.11. Fakultet xodimlarining chet el xizmat safarlari vazirlik tomonidan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish tartibi to‘g‘risida”gi muvaqqat Yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.
3.12. Fakultet xodimlarining huquq va majburiyatlari universitetning Nizomi, Ichki tartib va odob-ahloq qoidalari hamda lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.

IV. O‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari va pedagogik kadrlar tayyorlash
4.1. Fakultetda ta’lim jarayoni tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va dasturlari asosida universitet rektori tomonidan tasdiqlangan yillik o‘quv jarayoni hamda mashg‘ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.
Ta’lim jarayonini maqsadli yo‘naltirish yo‘li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo‘li bilan universitet talabalariga oliy ta’limning asosiy kasbiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim.
Ta’lim va tarbiyaning birligi Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari asosida ta’minlanadi.
4.2. Fakultetda o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs ishi, malakaviy amaliyot, bitiruv malakaviy ishi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik akademik soat belgilangan. O‘quv mashg‘ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo‘ladi.
Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o‘zbek, rus va qozoq tillari hisoblanadi.
Fakultetda kadrlarni tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.
Fakultetda o‘quv yili ikki semestrga bo‘linadi va uning har birida talabalarning o‘zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.
O‘zlashtiruvchi talabalarni kursdan kursga o‘tkazish fakultet dekanining tavsiyasi asosida rektor buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o‘tkazish mumkin emas.
Oliy ta’limning ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq tartibga solinadi hamda “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari asosida tugallanadi.
Universitetda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo‘llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

V. Yakuniy qoidalar

Fakultet universitet qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi:
- uning vakolatiga kiritilgan vazifalarni bajarilishiga;
- ta’lim jarayonida o‘quv reja va jadvallarga muvofiq ta’lim dasturlari hajmini to‘liq bajarilishiga;
- O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarga.
5.2.Fakultetning Nizomiga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish universitet rektor buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
5.3. Ushbu Nizom fakultetning 2018-yil 30-avgustdagi 1-sonli Kengashi yig‘ilishi tomonidan qabul qilingan.

-malakali yetuk kadrlarni tayyorlash;
-fakultetlarda o‘quv, ilmiy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish;
-davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
-o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun jadvallar tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;
-o‘z vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari, fakultet qoshidagi maxsus kurslarda ta’lim oluvchilar uchun majburiy bo‘lgan farmoyishlarni chiqarish;
-talabalarning o‘zlashtirishi, davomati, reyting nazorati, shuningdek, intizom masalalarini hal etish;
-talabalarni kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
-talabalarni bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ulardan fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga jalb etish;
-talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnoma va buyruq loyihasini tayyorlash;
-aspirant va tadqiqotchilar tayyorlash, professor o‘qituvchilar malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;
-fakultetda ta’lim yo‘nalishlariga taaluqli darsliklar, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini boshqarish;
-yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tadbiq etilishi professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;
-fakultet Ilmiy Kengashini boshqarish;
-ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, sohadagi yangiliklar va ilmiy texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy ijtimoiy rivojlanish masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
-TDPUning marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanayotgan mutaxassislarga mavjud va istiqbolli ehtiyojlarni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashish imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
-turdosh oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
-fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida “markaz”, “Kurs” va h.k.), grantlar, investitsiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarning faol ishtirokini ta’minlash;
-o‘quv mashg‘ulotlari, yakuniy baholash jadvalini tuzish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat etish;
-kafedralar o‘quv yuklamalarini yillik hisobotlarni ishlab chiqish;
-fakultetda, talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
-vakolati doirasida og‘zaki va yozma murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda murojaat qiluvchilarni qabul qilish.


Fakultetda 5111700- «Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ishi», 5112000-«Jismoniy madaniyat», 5111100-«Musiqa ta’limi» bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura “5A111701” Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), “5A111101” Musiqa ta’limi va san’at”, “5A112001” Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” mutaxassdarsliklari bo‘yicha ta’lim muassasalariga kadrlar tayyorlanib kelinmoqda. Fakultet universitetning 2-o‘quv binosida joylashgan.
Hozirgi kunda fakultetda 3 ta “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”, ”Jismoniy madaniyat” va “Musiqiy ta’lim” kafedralari faoliyat olib bormoqda. Fakultet buyicha ilmiy salohiyat 45 % ni tashkil etmoqda. Shulardan 2 fan doktori, 21 ta dotsent 12 ta katta o‘qituvchilardir.
Fakuletda jami 27 o‘quv auditoriyalari bo‘lib shulardan 2 tasi kompyuter xonalsi 1ta xor mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun maxsus mo‘ljallangan xona 12 ta auditoriya televizor bilan jihozlangan va 2 ta ko‘chma proyektor mavjud. O‘quv jarayoni ikki smenada tashkil etilgan. Ta’lim yo‘nalishi va kurslari bo‘yicha 38 akademik guruh mavjud bo‘lib yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar guruhlarga murabbiy qilib tayinlangan.
O‘quv jarayonlarini tashkil qilish maksadida o‘quv ishlari va fakultet talaba yoshlar bilan ishlash bo‘yicha 2 ta dekan muovinlari faoliyat yuritib kelmoqda. Fakultetning umumiy talabalar soni 737 tani tashkil etadi.

Fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan ilmiy-pedagogik sohada ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda va quyidagi ustivor yo‘nalishlarga qaratilgan:
1) Xalq ta’limining hozirgi taraqqiyot davrida boshlang‘ich ta’lim tizimi va tarkibini innovatsion takomillashtirish.
2) Tarbiyaviy ishlar tizimida barkamol avlodni tarbiyalashda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning innovatsion muammolari
3) Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishida ona tili, matematika, rus tili, ona tili o‘qitish metodikasi, matematika o‘qitish metodikasi, rus tili o‘qitish metodikasi, tarbiyaviy ishlar, jismoniy madaniyat fanlarini o‘qitishni takomillashtirish texnologiyalari.
4) Jismoniy tarbiyaning sifatini oshirish o‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish, jismoniy tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishning dolzarb masalalari.
5) Boshlang‘ich ta’limning sifatini oshirish о‘quv-metodik ta’minotni takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etishning dolzarb masalalari.
6) Musiqa ta’limi yo ’nalishida o’qitishning sifat va samardorligini oshirish: muammo va yechimlar”

Fakultetda mehnat qilayotgan professor-o’qituvchilarning ning ilmiy salohiyati quyidagicha:

Kafedraning nomi Professor-o’qituvchilar soni Professor,
Fan doktori Dotsent Katta o’qituvchi o’qituvchi Ilmiy salohiyati/o’rindosh bilan O’rtacha yoshi
Boshlang’ich ta’lim metodikasi 23 / 6 2 / 1 13 / 1 6 2 / 4 65% / 59% 48
Jismoniy madaniyat
15 / 3 - 2 / 2 5 8 / 1 11% / 22% 41
Musiqiy ta’lim 10 / 1 - 6 1 3 / 1 60% / 55% 51
Fakultet bo’yicha 48 / 10 2 / 1 21 / 3 12 13/ 6 45% / 45% 46,6
BTM kafedrasida 27 ta o`qituvchi bo`lib, ilmiy salohiyat 65 foizni tashkil etadi.
Kafedra faxriy frofessori, pedagogika fanlari doktori, R.Mavlonova, Kafedra mudiri A.Xalikov professor, pedagogika fanlari doktori, M.B.Urazova pedagogika fanlari doktori, M.Djumayev professor, pedagogika fanlari nomzodi. Dosentlar: D.Shodmomqulova, M.Hamrayev, D.Aytboyev, X.Sanoqulov, Z.Artikbayeva, A.Sadikova, N.Muxitdinova, N.Xamedova, D.Abdurahimova, N.Vohidova, A.Nisanbayeva, Z.Urazova, L.Karabayeva, I.Rejametova, U.Masharipova, M.Toshpulatovalar himoya qilib kafedrada faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedra professor o’qituvchilari tomomnidan har yili 100 dan ortiq ilmiy maqollar Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Belgiya, Gonkong, Janubiy Koreya, Qozog`ston, Tojikiston, Rosiya xorjiy mamlkatlarning nufuzli jurnallarida chop etilmoqda.
Innovatsiya va ilmiy ishlar natijalari sifatida kafedrada bir nechata ilmiy monografiyalar chop etilgan. M.Jumaevning 1.(2017 ) Metodika prepodavaniya matematiki v nachalnix klassax . Izdatelskiy Dom: LAP LAMBERT Academic Publishing. Veb-sayt: https://www.lap-publishing.com/. Monografiya.2017-yil. Germaniya. 16 b.t
2.Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasidan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish. Toshkent. Monografiya.“Fan”, 2008-yil. 15 b.t
3.O’quvchining ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining metodik-matematik tayyorgarligi. Monografiya. Toshkent. .“Fan”, 2009 yil 15 b.t monografiyalari chop etilgan.
A.Xalikovning “Pedagogik mahoratni shakllantirish nazariyasi va amliyoti” monografiyasi. 2017-yil.Toshkent Fan. 15 b.
D.Abduraximovaning “Ta’limiy-didaktik qadriyatlarni boshlang‘ich ta’lim tizimiga tatbiq etishga innovatsion yondoshuv” 2016-yil.Toshkent Fan. 15 b.
Z.Urazovaning “Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning nazariya va amaliyoti” monografiyalari chop etilgan.
Innovatsion va fundamental grantlar loyihalarining bajarilishi:
Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida ped.f.d., prof.B.S.Abdullayeva rahbarligida “A-1-23. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun matematikadan multimediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” mavzusidagi loyiha faoliyat ko’rsatadi.
2016-2018-o’quv yilida 6-24- Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi X.Bakiyeva rahbarligida yosh olimlar doirasida loyiha ishlari amalga oshirilmoqda.
Ped.f.d., prof.B.S.Abdullaeva rahbarligida “FZ-7569. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarning zamonaviy axborot kompetentligini rivojlantirish tamoyillarini tadqiq qilish” mavzusidagi 2017-2020-yillarga mo’ljallangan fundamental loyiha faoliyat ko’rsatadi.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasida professor-o‘qituvchilar tomonidan iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va tarbiyalash yo‘lga qo‘yilgan, ustoz-shogird tizimi faoliyat olib boryapti. Ustoz-shogird tizimi rejasi mavjud, tasdiqlangan. Ustoz-shogird tizimi bo‘yicha fakultet kafedralarining yetakchi professor-o‘qituvchilaridan 14 nafariga iqtidorli talabalar biriktirilgan. M.Jumaev ustoz-shogird an’analarini davom ettirib kelmoqda, uning rahbarligida talaba Muhitdinova Nigora “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VII respublika yarmarkasi”da faol ishtirok etib, “Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi innovatsion loyiha uchun” 2.000.000. so‘mlik sertifikat bilan taqdirlandi. Shuningdek, magistri Matupaeva Shohsanam “Yilning eng yaxshi talabasi” tanlovining magstratura yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Matupaev Shoxsanam M.Jumaev ilmiy rahbarligida ish olib borib Prezident Stependiyati bo‘lishga muvofiы bo‘ldi. M.Jumaevning ilmiy rahbarligida ikki nafar shogirdi (2007-2009-y.y.) nomzodlik ilmiy darajasini, (Boboqulov Salohiddin 2007-y, Nazarova Barno 2009-yil), 10dan ortiq shogirdlari magistrlik ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi.

Boshlang`ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida ma’naviy-ma’rifiy ishlar jamoat tashkilotlari, kafedralar, akademik guruh murabbiylarining ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejalari asosida olib boriladi.
Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlar 9 ta yо‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.
2017-2018-o‘quv yili davomida ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalar ijrosi fakultetda va mavjud kafedralarda bajariladi. Jumladan: “2017-2021-yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qо‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi, “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qaror, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi” qaror, “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va О‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qо‘llab-quvvatlash tо‘g‘risida”gi farmonlar asosida fakultetning chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqildi va ijrosi ta’minlandi.
Har yili о‘quv yili boshlanishi bilan О‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayramiga hamohang tarzda barcha akadem guruhlarda “Mustaqillik va “Xotira darslari” о‘tkaziladi. Shuningdek, 1-oktabr-Ustoz murabbiylar kuni jamoada keng nishonlanadi. Har yili fakultetda mehnat qilayotgan fidoiy professor-о‘qituvchilar universitet, fakultet rahbariyati tomonidan moddiy va ma’naviy rag‘batlantiriladi. Ularga faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Boshlang`ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida Vatanimiz qomusi bо‘lmish Konstitutsiyaning qabul qilinganligi, Navrо‘z bayrami, shonli sanalar, buyuk mutafakkirlar tavallud ayyomlarini nishonlash bо‘yicha oyliklar tashkil etilgan holda keng nishonlanadi. Ushbu tadbirlarda universitetimizning barcha professor-о‘qituvchilari, talabalari faol ishtirok etishadi.
Boshlang`ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi doimiy tarzda tarixiy qadamjolarga, teatrlarga, muqaddas go'shalarga, ziyoratgohlarga tashriflar uyushtirishadi.
Shu bilan birga talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida har haftada o‘tkaziladigan Axborot va murabbiylik soatlarida “Mening sevimli kitobim” mavsusida talabalar o‘zlari o‘qigan kitob bo‘yicha taasuurotlari bilan o‘rtoqlashadilar.
Fakultetda faoliyat yuritayotgan jamoat tashkilotlari ham talabalar bilan o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda doimo bosh-qosh bo‘lib kelishmoqda.