Maxsus sirtqi fakultet

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, yoshlarga zamonaviy bilimlar berish orqali ularning intellektual salohiyatini oshirish, xalqaro maydonda munosib о‘rin egallashi uchun sharoit yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarga sifatli ta’lim berish asosida ularni intellektual, estetik va jismoniy barkamol rivojlantirish, ularga ta’lim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarning yuqori malakaga ega bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.


Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan o‘qituvchilarni tayyorlash orqali ushbu muassasalarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ularda dars berayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning oliy ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish katta ahamiyatga ega.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori aynan shu vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan.


Qaror asosida 2017-2018 o‘quv yilidan respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasasida pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning chekka tumanlarida, qishloq joylarida faoliyat olib borayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat markazlaridagi oliy ta’lim muassasalarida oliy ma’lumot olishlari uchun sharoit yaratdi.


Qarorda, jumladan, quyidagilar belgilab qo‘yilgan:


- oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar hisobidan amalga oshiriladi; 


- maxsus sirtqi bo‘limda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 


- maxsus sirtqi bo‘limda o‘qiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtida ularning oylik maoshlari asosiy ish joyida saqlangan holda bir o‘quv yilida ikki marta bir oydan o‘quv ta’tillari beriladi. Bunda, o‘quv ta’tillari qoida tariqasida umumta’lim muassasalaridagi qishki va yozgi ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelgan davrda beriladi va ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi ham saqlanib qoladi;


- talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tiladi;


- maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘qishga kirishda tavsiyanoma beruvchi vazirlik yoki idora, oliy ta’lim muassasasi va talaba o‘rtasida o‘qishni yakunlagandan keyin tavsiyanoma bergan tashkilot yo‘llanmasida ko‘rsatilgan ish joyida (ta’lim muassasasida) besh yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlab berish majburiyati bilan uch tomonlama shartnoma tuziladi;


- pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etiladi, bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kursidan (o‘quv rejalardagi fanlar farqidan qat’i nazar) kamida 3 yil muddat etib belgilangan.


Maxsus sirtqi ta’lim bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uch yil mobaynida ishchi o‘quv rejada belgilangan 864 auditoriya soati va 6480 mustaqil ta’lim soati miqdorida o‘quv yuklamalarini bajaradi. O‘quv yillari davomida o‘quv fanlaridan kurs ishlari (2 ta) va gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, xorijiy tildan yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradilar hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qiladilar. 


Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ta’lim yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasini to‘liq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan va bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida «bakalavr» darajasi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi beriladi.


Qarorga muvofiq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bo‘lim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari hamda o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan va uning huzurida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilingan.


Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2017 yil sentyabr oyidagi respublikaning maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etilgan 15 ta oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari hamda TDPU maxsus sirtqi ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari ishtirok etgan yig‘ilishda maxsus sirtqi bo‘limlar faoliyatiga oid normativ o‘quv hujjatlar xususida fikr almashildi. 


OO‘MTV 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘qitiladigan fanlarning o‘quv dasturlari asosida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi ta’lim uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv fan dasturlari tasdiqlandi. 


Hozirda maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv fan dasturlari, ta’lim yo‘nalishlari zarur o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlangan. 


Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha OO‘MTV 2017 yil 12 avgustdagi 559-son buyrug‘i hamda Nizomiy nomidagi TDPU rektorining 2017 yil 17 avgustdagi 554-U-sonli buyrug‘i imzolandi.


Mazkur buyruqlar asosida universitetda maxsus sirtqi bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bo‘lim boshlig‘i lavozimida Sh.Abduraimov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida A.Yoqubov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


Maxsus sirtqi bo‘limda o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tashkil etilgan. 


Hozirgi kunda bo‘limda 8 ta: 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5110900 - Pedagogika va psixologiya, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5111800 - Maktabgacha ta’lim, 5111900 - Defektologiya, 5111100 - Musiqa ta’limi, 5112100 - Mehnat ta’limi, 5112000 - Jismoniy madaniyat maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.


Bo‘limda dars berish uchun universitetning yuqori salohiyatga ega 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchisi jalb qilingan.


Talabalarni masofadan turib o‘qitish uchun on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish) va off-layn (masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimlarida ishlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi veb-tizim yaratildi va talaba.tdpu.uz internet manzili orqali maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofadan turib o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi. 


 


 

Abduraimov Sherali Saydikarimovich

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Maxsus sirtqi bo'lim boshlig'i

+99897-461-31-41
abduraimov@tdpu.uz

Yoqubov Akmal Faziljonovich

1989 yil 30 sentyabrda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tavallud topgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini 2011yil tamomlab bakalavr darajasiga hamda 2013 yil magistr darajasiga ega bo‘lgan. 2013-2014yillar Toshkent davlat pedagogika universiteti "Harbiyta’limi " kafedrasida o’quv ta’lim ustasi, 2014-2017 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Xodimlar bo’limida katta nazoratchi lavozimlarida o‘z faoliyatini olib borgan. 2017-2018 yillarda Chet tillar fakultetida o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlagan. 2018 yil avgust oyidan Maxsus sirtqi bo’limida o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqada.

Махсус сиртқи бўлим ўқув ишлари бўйича методист

Dekan muovini


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarga sifatli ta’lim berish asosida ularni intellektual, estetik va jismoniy barkamol rivojlantirish, ularga ta’lim va tarbiya berayotgan o‘qituvchilarning yuqori malakaga ega bo‘lishini ta’minlash bilan bog‘liq muhim yo‘nalishlar belgilab berildi.
Oliy ta’lim tizimida umumta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun zamonaviy o‘qitish usullarini egallagan o‘qituvchilarni tayyorlash orqali ushbu muassasalarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ularda dars berayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning oliy ma’lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori aynan shu vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan.
Qaror asosida 2017-2018 o‘quv yilidan respublikamizning 15 ta oliy ta’lim muassasasida pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etildi. Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizning chekka tumanlarida, qishloq joylarida faoliyat olib borayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilarning o‘zlari istiqomat qilayotgan viloyat markazlaridagi oliy ta’lim muassasalarida oliy ma’lumot olishlari uchun sharoit yaratdi.
Qarorda, jumladan, quyidagilar belgilab qo‘yilgan:
- oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ehtiyojlari asosida tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega pedagog kadrlar hisobidan amalga oshiriladi;
- maxsus sirtqi bo‘limda o‘qish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
- maxsus sirtqi bo‘limda o‘qiyotgan talabalarga imtihonlar, sinovlar topshirish, diplom, kurs, laboratoriya va boshqa o‘quv ishlarini bajarish vaqtida ularning oylik maoshlari asosiy ish joyida saqlangan holda bir o‘quv yilida ikki marta bir oydan o‘quv ta’tillari beriladi. Bunda, o‘quv ta’tillari qoida tariqasida umumta’lim muassasalaridagi qishki va yozgi ta’til vaqtiga to‘g‘ri kelgan davrda beriladi va ularga belgilangan tartibdagi yillik mehnat ta’tillarini berish tartibi ham saqlanib qoladi;
- talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishda bo‘lgan davriga to‘g‘ri keladigan dars soatlari o‘qishga yuborgan ta’lim muassasasining o‘qituvchilari (xodimlari) tomonidan mehnatga soatbay haq to‘lash shartlari asosida o‘tiladi;
- maxsus sirtqi bo‘lim talabalari o‘qishga kirishda tavsiyanoma beruvchi vazirlik yoki idora, oliy ta’lim muassasasi va talaba o‘rtasida o‘qishni yakunlagandan keyin tavsiyanoma bergan tashkilot yo‘llanmasida ko‘rsatilgan ish joyida (ta’lim muassasasida) besh yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlab berish majburiyati bilan uch tomonlama shartnoma tuziladi;
- pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berish sirtqi ta’lim shaklida tashkil etiladi, bunda ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kursidan (o‘quv rejalardagi fanlar farqidan qat’i nazar) kamida 3 yil muddat etib belgilangan.
Maxsus sirtqi ta’lim bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uch yil mobaynida ishchi o‘quv rejada belgilangan 864 auditoriya soati va 6480 mustaqil ta’lim soati miqdorida o‘quv yuklamalarini bajaradi. O‘quv yillari davomida o‘quv fanlaridan kurs ishlari (2 ta) va gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, xorijiy tildan yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradilar hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qiladilar.
Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ta’lim yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasini to‘liq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan va bitiruv malakaviy ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida «bakalavr» darajasi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi beriladi.
Qarorga muvofiq, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bo‘lim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlari hamda o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarni yaratish bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi etib belgilangan va uning huzurida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalarining o‘quv-metodik faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil qilingan.
Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2017 yil sentyabr oyidagi respublikaning maxsus sirtqi bo‘lim tashkil etilgan 15 ta oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari hamda TDPU maxsus sirtqi ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari ishtirok etgan yig‘ilishda maxsus sirtqi bo‘limlar faoliyatiga oid normativ o‘quv hujjatlar xususida fikr almashildi.
OO‘MTV 2017 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘qitiladigan fanlarning o‘quv dasturlari asosida pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus sirtqi ta’lim uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv fan dasturlari tasdiqlandi.
Hozirda maxsus sirtqi bo‘limlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari ishchi o‘quv rejalari va ishchi o‘quv fan dasturlari, ta’lim yo‘nalishlari zarur o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlangan.
Prezidentimizning “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha OO‘MTV 2017 yil 12 avgustdagi 559-son buyrug‘i hamda Nizomiy nomidagi TDPU rektorining 2017 yil 17 avgustdagi 554-U-sonli buyrug‘i imzolandi.
Mazkur buyruqlar asosida universitetda maxsus sirtqi bo‘lim faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus sirtqi bo‘lim boshlig‘i lavozimida Sh.Abduraimov, o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida A.Yoqubov faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Maxsus sirtqi bo‘limda o‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tashkil etilgan.
Hozirgi kunda bo‘limda 8 ta: 5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5110900 - Pedagogika va psixologiya, 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish, 5111800 - Maktabgacha ta’lim, 5111900 - Defektologiya, 5111100 - Musiqa ta’limi, 5112100 - Mehnat ta’limi, 5112000 - Jismoniy madaniyat maxsus sirtqi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Bo‘limda dars berish uchun universitetning yuqori salohiyatga ega 50 nafardan ortiq professor-o‘qituvchisi jalb qilingan.
Talabalarni masofadan turib o‘qitish uchun on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish) va off-layn (masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimlarida ishlovchi o‘quv jarayoniga moslashuvchi veb-tizim yaratildi va talaba.tdpu.uz internet manzili orqali maxsus sirtqi bo‘lim talabalarining asosiy ish joyidan ajralmagan holda masofadan turib o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish imkoniyati yaratildi.


Дарс жараёни.
Photo: © Махсус сиртқи бўлим

Bo‘limning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
1. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘quv jarayonini tashkil qilish:
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘quv jarayoni ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yo‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi;
sirtqi (maxsus sirtki) ta’limda ta’lim yo‘nalishlarining ishchi o‘quv rejasi va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy ta’lim muassasalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘quv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi o‘quv rejasida qayd etiladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida (odatda, sentyabr-oktyabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 10 kunlik o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Talabalarga mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi;
o‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi, bunda talaba metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi;
talaba fan bo‘yicha topshiriqlarni bajargandan so‘ng, uni fan o‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan o‘tkazadi. Fan o‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan o‘qituvchisi mavzular bo‘yicha navbatdagi topshiriqlar va ko‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishi mumkin;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi;
o‘quv sessiyasi davomida: talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi; fan bo‘yicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan bo‘yicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi; fanlar bo‘yicha yakuniy baholashlar o‘tkaziladi; navbatdagi semestr davomida o‘qitiladigan fanlar qisqacha (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg‘ulotlar talabaga navbatdagi semestr davomida fanlarni o‘zlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini o‘rgatishga qaratiladi hamda mavzular bo‘yicha topshiriqlar bilan ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi;
o‘quv sessiyasi davomida o‘tkaziladigan ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida ilg‘or usul va texnologiyalardan (jumladan, muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda talaba tasdiqlangan ishchi o‘quv rejasidagi barcha o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi shart. Talabalar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi;
oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari hamda soni (bir o‘quv semestri davomida ikki martagacha) har bir fan bo‘yicha sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim uchun tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat bo‘ladi: kurs (loyihasi) ishi; nazorat savollari va topshiriqlari; test-sinov savollari; keyslar, mashqlar, misol va masalalar; tajriba natijalari; ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar; hisob-jadval ishlari va boshqalar.
oraliq baholash masofaviy aloqa orqali on-layn rejimida o‘tkazilishi ham mumkin;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda o‘tkaziladi;
bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan ob’ektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
malakaviy amaliyotlarning hisobotlari o‘quv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi;
muayyan kursdagi fanlarni to‘liq o‘zlashtirgan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan keyingi kursga o‘tkaziladi;
uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda o‘zlashtira olmagan talabalarga muddati qo‘yilgan shaxsiy jadval beriladi, shaxsiy jadval tegishli o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi o‘quv yiliga o‘tmasligi lozim;
shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta o‘qish uchun kursda qoldiriladi, talaba birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, talabalar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan mustasno.
sirtqi (maxsus sirtki) ta’limda har bir talaba uchun shaxsiy varaqa ochiladi hamda unda oliy ta’lim muassasasidagi faoliyatining to‘liq monitoringi yuritilib, quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: oraliq ishlarining bajarilishi; oraliq va yakuniy baholashlar natijalari; davlat attestatsiyasi baholari; bitiruv malakaviy ishi bo‘yicha baho; kursdan kursga o‘tganligi.
2. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib o‘qitish elementlaridan foydalanish:
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib o‘qitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib o‘zlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin;
masofadan turib o‘qitish on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini o‘tkazish) va off-layn (masofadan turib o‘qitish tizimidagi tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda o‘zlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi;
masofadan turib o‘qitish jadvali sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i tomonidan belgilanadi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib o‘qitish elementlaridan foydalanganda o‘quv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
masofadan turib o‘qitishning texnik ta’minoti oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib o‘qitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartiblari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi kafedralar professor-o‘qituvchilari masofadan turib o‘qitishda o‘quv materiallari, topshiriqlar va maslahat-konsultativ ishlarni oliy ta’lim muassasasi saytidagi «Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim» sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi;
masofadan turib o‘qitish elementlaridan foydalangan xolda ta’lim beruvchi professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv yuklamasi belgilangan tartibda belgilanadi;
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i va tegishli kafedra mudiri masofadan turib o‘qitishni ta’minlaydi;
masofadan turib o‘qitishda o‘quv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar oliy ta’lim muassasasi o‘quv-metodik kengashi yig‘ilishida muhokama qilib boriladi.
3. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda davlat attestatsiyasini tashkil etish:
sirtki (maxsus sirtqi) ta’limda davlat attestaniyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi;
davlat attestatsiyalari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan fan (fanlar majmuasi) bo‘yicha o‘tkaziladi;
o‘quv rejasida bitiruv malakaviy ishini bajarish nazarda tutilgan taqdirda, bitiruv malakaviy ishi oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida o‘qitishning yakuniy bosqichi hisoblanadi va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va mazmuni asosan talabalarning amaliy faoliyati bilan bog‘liq holda shakllantiriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ta’lim yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasini to‘liq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi ilovasi bilan beriladi.
4. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarining oliy ta’lim muassasasida o‘quv sessiyasida ishtirokini ta’minlash:
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalariga o‘quv sessiyasida ishtirok etish uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik o‘rtacha oylik maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi, kursda qoldirilgan talabalarga esa haq to‘lanmaydigan taklif xabarnomasi beriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim bitiruvchisiga yakuniy davlat attestatsiyalaridan o‘tish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va jadvalida belgilangan muddatlarda ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik o‘rtacha maoshi saqlangan qo‘shimcha ta’til beriladi;
bitiruv malakaviy ishini yakunlash davrida bitiruvchi xizmat qilayotgan muassasa unga 30 kalendar kunlik maoshi saqlanmagan qo‘shimcha ta’til berishi mumkin, talaba ish joyidan tashkilot rahbari va buxgalteri imzosi bilan shu davr uchun haq to‘lanmaydigan ta’tilda ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limga taqdim etadi;
bitiruv malakaviy ishining yakunlanganligi to‘g‘risida uning himoyasi belgilangan kundan bir hafta muddat avval sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim boshlig‘i va mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudiri nomiga bildirgi yoziladi va tegishli hujjatda qayd qilinadi, bildirgi talaba yoki uning ilmiy rahbari tomonidan berilishi mumkin.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Maxsus sirtqi bо‘lim faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risida
NIZOM

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3183-son qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibidagi Maxsus sirtqi bо‘lim tashkil etilgan. Mazkur Nizom О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizom (keyingi о‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) asosida ishlab chiqildi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom «Ta’lim tо‘g‘risida» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi «Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida» PQ-3183-son qarori asosida universitetda bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni (keyingi о‘rinlarda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim deb ataladi) tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Universitetda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalariga muvofiq tashkil etiladi.
3. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim quyidagi shakllarda olib boriladi: sirtqi shakl, maxsus sirtqi shakl, ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shakli.
4. Mazkur Nizom Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibidagi Maxsus sirtqi bо‘lim maqomi, asosiy maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
5. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibidagi Maxsus sirtqi bо‘lim (keyingi о‘rinlarda matnda – Bо‘lim deb yuritiladi) oliy ta’lim muassasasining (keyingi о‘rinlarda matnda – OTM deb yuritiladi) tuzilmasiga kiradi.
6. Bо‘lim Nizomi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida ishlab chiqilgan va universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi. Belgilangan tartibda tasdiqlangan Bо‘lim Nizomi bо‘lim xodimlari tomonidan о‘ziga yuklatilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi.
7. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim mavjud bо‘lgan oliy ta’lim muassasalarida bо‘lim boshlig‘i va о‘quv-metodik ishlar bо‘yicha metodist lavozimlaridan iborat bо‘lgan Sirtki (maxsus sirtki) bо‘lim tashkil etiladi. Bunda bо‘lim shtat jadvali dekanatlar uchun belgilangan normativlarga muvofiq shakllantiriladi.
8. Sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘limni oliy ta’lim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan boshliq boshqaradi.
9. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga talabalarni qabul qilish:
sirtqi shaklda — umumiy о‘rta (10-11-sinflar negizida), о‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti tо‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bо‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli о‘tgan;
maxsus sirtqi shaklda — faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha о‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yо‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik pedagogik stajga ega bо‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli о‘tgan;
ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklda — oliy ma’lumotga ega bо‘lgan (agar xorijiy oliy ta’lim muassasasini tugatgan bо‘lsa, oliy ma’lumot tо‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilingan) bо‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli о‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.
10. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga talabalarni qabul qilish О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni о‘qishga qabul qilish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda о‘qish muddati:
maxsus sirtqi shaklda — kamida 3 yil;
ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda — kamida 3 yil. Bunda, о‘qish о‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yо‘nalishining 2-kursidan boshlanadi.
12. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalariga talabalik guvohnomasi va reyting daftarchasi bepul beriladi.
13. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarini о‘quv adabiyotlar va materiallar bilan oliy ta’lim muassasasi ta’minlaydi va bilim olish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.
Sirtqi (maxsus sirtki) ta’lim talabalari oliy ta’lim muassasasining barcha о‘quv jihozlari, auditoriyasi, laboratoriyasi, kutubxonasi, axborot-resurs markazlari hamda о‘quv-yordamchi tuzilmalari xizmatidan bepul foydalanadi.
14. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda о‘qish bо‘yicha oliy ta’lim yо‘nalishlariga qarab bir о‘qituvchiga tо‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbati 1:20 etib belgilanadi.
Ta’lim sohalari bloklari va shakllari bо‘yicha bir nafar о‘qituvchi hisobiga tо‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
15. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarini talabalar safidan chetlashtirish va о‘qishini qayta tiklash О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘qishini kо‘chirish, qayta tiklash va о‘qishdan chetlashtirish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga asosan amalga oshiriladi.
16. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga kо‘chirishga yо‘l qо‘yilmaydi.
17. Bо‘limning asosiy maqsadi maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy о‘rta ta’lim maktablari, mehribonlik uylari, bolalar musiqa va san’at maktablari, «Barkamol avlod» markazlari, bolalar va о‘smirlar sport maktablari kabi ta’lim muassasalarining maktabgacha, boshlang‘ich, musiqa, tasviriy san’at, mehnat ta’limi, jismoniy tarbiya, defektologiya, pedagogika va psixologiya ta’lim yо‘nalishlari va boshqa fanlar bо‘yicha oliy ma’lumotli pedagog kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirish, yuqori malakali pedagog kadrlar hamda ularni tayyorlash tizimini takomillashtirish orqali ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat.
18. Bо‘lim о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, OTM rektorining buyruqlari va kо‘rsatmalariga, shuningdek Bо‘lim faoliyatini tashkil etish tо‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
II. BО‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
19. Bо‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash ta’lim mazmunini zamonaviy talablarga uyg‘un rivojlantirilishini ta’minlash;
о‘quv jarayonlariga pedagogika sohasi olimlari va mamlakatimizning yetuk mutaxassislari jalb etilishini tashkil etish;
pedagoglik kasbining jamiyatdagi о‘rni va nufuzini oshirish, jumladan yoshlarni о‘qituvchilik kasbiga yо‘naltirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
о‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar о‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
talabalar bilan о‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini kо‘rish;
о‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-о‘qituvchilarning о‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bо‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan о‘zaro aloqani ta’minlash;
kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini о‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, professor-о‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazish.
20. Bо‘limning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
20.1. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda о‘quv jarayonini tashkil qilish:
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda о‘quv jarayoni ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim yо‘nalishlari malaka talablari asosida tayyorlangan hamda О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kunduzgi ta’lim uchun tasdiqlangan о‘quv rejasi va fan dasturlari asosida tashkil etiladi;
sirtqi (maxsus sirtki) ta’limda ta’lim yо‘nalishlarining ishchi о‘quv rejasi va fan dasturlari belgilangan tartibda tasdiqlangan о‘quv rejasi va fan dasturlari asosida ishlab chiqiladi hamda tayanch oliy ta’lim muassasalari bilan kelishgan holda tasdiqlanadi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda о‘quv jarayoni jadvali belgilangan tartibda tasdiqlangan о‘quv rejasi asosida ishlab chiqilgan ishchi о‘quv rejasida qayd etiladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi uchun о‘qishga qabul qilingan о‘quv yili boshida (odatda, sentabr-oktabr oylarida) bevosita oliy ta’lim muassasasida 10 kunlik о‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida о‘qitiladigan fanlar bо‘yicha qisqacha (ishchi о‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari о‘tkaziladi. Talabalarga mavzular bо‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik kо‘rsatmalar beriladi;
о‘quv sessiyasigacha bо‘lgan muddatda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda о‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi, bunda talaba metodik kо‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi о‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil о‘zlashtiradi;
talaba fan bо‘yicha topshiriqlarni bajargandan sо‘ng, uni fan о‘qituvchisiga belgilangan muddatlarda (odatda, masofadan turib Internet orqali) yuboradi hamda qayddan о‘tkazadi. Fan о‘qituvchisi talaba yuborgan materiallarni tekshirib, oraliq ishi sifatida baholaydi. Fan о‘qituvchisi mavzular bо‘yicha navbatdagi topshiriqlar va kо‘rsatmalarni yuborishi, shuningdek, on-layn rejimida о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazishi mumkin;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga о‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga о‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 10 kun oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi;
о‘quv sessiyasi davomida: talaba semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi; fan bо‘yicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda talabaga fan bо‘yicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi; fanlar bо‘yicha yakuniy baholashlar о‘tkaziladi; navbatdagi semestr davomida о‘qitiladigan fanlar qisqacha (ishchi о‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari orqali tanishtiriladi. Ushbu mashg‘ulotlar talabaga navbatdagi semestr davomida fanlarni о‘zlashtirishi va topshiriqlarni bajarishi uchun asosiy va qо‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash usullari va texnologiyalarini о‘rgatishga qaratiladi hamda mavzular bо‘yicha topshiriqlar bilan ularni bajarish yuzasidan metodik kо‘rsatmalar beriladi;
о‘quv sessiyasi davomida о‘tkaziladigan ma’ruza, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida ilg‘or usul va texnologiyalardan (jumladan, muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh bо‘lib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda talaba tasdiqlangan ishchi о‘quv rejasidagi barcha о‘quv fanlarini о‘zlashtirishi shart. Talabalar bilimini baholash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda oraliq va yakuniy baholash turlari joriy qilinadi;
oraliq baholashning mazmuni, uni bajarish usul va tartiblari hamda soni (bir о‘quv semestri davomida ikki martagacha) har bir fan bо‘yicha sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim uchun tayyorlangan ishchi fan dasturlarida belgilab beriladi va quyidagi mustaqil ish turlaridan iborat bо‘ladi: kurs (loyihasi) ishi; nazorat savollari va topshiriqlari; test-sinov savollari; keyslar, mashqlar, misol va masalalar; tajriba natijalari; ishlab chiqarish muammolarini hal etishga yо‘naltirilgan maxsus metodik ishlanmalar va tavsiyalar; hisob-jadval ishlari va boshqalar.
oraliq baholash masofaviy aloqa orqali on-layn rejimida о‘tkazilishi ham mumkin;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarining malakaviy amaliyotlari ishchi о‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Odatda, bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotidan boshqa amaliyotlar (ta’lim yо‘nalishiga mos bо‘lgan holda) talabaning ishlab turgan ish joyida mustaqil ravishda о‘tkaziladi;
bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti talabaning ish joyi ta’lim yо‘nalishiga mos bо‘lmagan holda, shuningdek, ishlamayotgan talabalar uchun barcha malakaviy amaliyotlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan obyektda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
malakaviy amaliyotlarning hisobotlari о‘quv sessiyasi davrida belgilangan tartibda himoya qilinadi;
muayyan kursdagi fanlarni tо‘liq о‘zlashtirgan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan keyingi kursga о‘tkaziladi;
uzrli sabablar (kasallik, tabiiy ofat, xizmat safari, og‘ir oilaviy ahvol va boshqalar) tufayli muayyan kursdagi fanlarni belgilangan muddatlarda о‘zlashtira olmagan talabalarga muddati qо‘yilgan shaxsiy jadval beriladi, shaxsiy jadval tegishli о‘quv ishlari bо‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi va undagi muddat navbatdagi о‘quv yiliga о‘tmasligi lozim;
shaxsiy jadvalni belgilangan muddatda bajara olmagan talaba qayta о‘qish uchun kursda qoldiriladi, talaba birinchi kursning birinchi semestridagi akademik qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagan taqdirda, talabalar safidan chetlashtiriladi, kasallik tufayli akademik ta’til berilgan holatlar bundan mustasno.
sirtqi (maxsus sirtki) ta’limda har bir talaba uchun shaxsiy varaqa ochiladi hamda unda oliy ta’lim muassasasidagi faoliyatining tо‘liq monitoringi yuritilib, quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi: oraliq ishlarining bajarilishi; oraliq va yakuniy baholashlar natijalari; davlat attestatsiyasi baholari; bitiruv malakaviy ishi bо‘yicha baho; kursdan kursga о‘tganligi.
20.2. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib о‘qitish elementlaridan foydalanish:
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib о‘qitish talabalarning asosiy ish joyidan ajralmagan holda о‘quv rejasidagi barcha fan dasturlarida belgilangan bilimlarni mustaqil masofadan turib о‘zlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin;
masofadan turib о‘qitish on-layn (masofadan turib real vaqt rejimida videoma’ruzalar, konsultatsiyalar, nazorat turlarini о‘tkazish) va off-layn (masofadan turib о‘qitish tizimidagi tegishli о‘quv-metodik resurslarni mustaqil ravishda о‘zlashtirish) rejimlarida tashkil etiladi;
masofadan turib о‘qitish jadvali sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘lim boshlig‘i tomonidan belgilanadi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib о‘qitish elementlaridan foydalanganda о‘quv kurslarining sifati va samaradorligining doimiy nazorati О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
masofadan turib о‘qitishning texnik ta’minoti oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda masofadan turib о‘qitish elementlarini joriy etish dasturiy platformasi, reglamenti va tartiblari О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ta’lim faoliyatini amalga oshiruvchi kafedralar professor-о‘qituvchilari masofadan turib о‘qitishda о‘quv materiallari, topshiriqlar va maslahat-konsultativ ishlarni oliy ta’lim muassasasi saytidagi «Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim» sahifasiga joylashtiradi va ularning bajarilishini nazorat qilib boradi;
masofadan turib о‘qitish elementlaridan foydalangan xolda ta’lim beruvchi professor-о‘qituvchilar uchun о‘quv yuklamasi belgilangan tartibda belgilanadi;
Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi, sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘lim boshlig‘i va tegishli kafedra mudiri masofadan turib о‘qitishni ta’minlaydi;
masofadan turib о‘qitishda о‘quv-metodik jarayonni takomillashtirish va ilmiy-metodik masalalar oliy ta’lim muassasasi о‘quv-metodik kengashi yig‘ilishida muhokama qilib boriladi.
20.3. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda davlat attestatsiyasini tashkil etish:
sirtki (maxsus sirtqi) ta’limda davlat attestaniyasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi;
davlat attestatsiyalari о‘quv rejasida kо‘rsatilgan fan (fanlar majmuasi) bо‘yicha о‘tkaziladi;
о‘quv rejasida bitiruv malakaviy ishini bajarish nazarda tutilgan taqdirda, bitiruv malakaviy ishi oliy ta’lim muassasasi bakalavriatida о‘qitishning yakuniy bosqichi hisoblanadi va sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda bitiruv malakaviy ishi mavzusi va mazmuni asosan talabalarning amaliy faoliyati bilan bog‘liq holda shakllantiriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda ta’lim yо‘nalishi ishchi о‘quv rejasini tо‘liq bajargan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli о‘tgan bitiruvchiga Davlat attestatsiya komissiyasining qarori asosida «bakalavr» darajasi beriladi va davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi bakalavr diplomi ilovasi bilan beriladi.
20.4. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalarining oliy ta’lim muassasasida о‘quv sessiyasida ishtirokini ta’minlash:
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabalariga о‘quv sessiyasida ishtirok etish uchun ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik о‘rtacha oylik maoshi saqlangan qо‘shimcha ta’til beriladi, kursda qoldirilgan talabalarga esa haq tо‘lanmaydigan taklif xabarnomasi beriladi;
sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim bitiruvchisiga yakuniy davlat attestatsiyalaridan о‘tish, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish uchun ta’lim yо‘nalishi о‘quv rejasi va jadvalida belgilangan muddatlarda ishlab turgan joyidan kamida 30 kalendar kunlik о‘rtacha maoshi saqlangan qо‘shimcha ta’til beriladi;
bitiruv malakaviy ishini yakunlash davrida bitiruvchi xizmat qilayotgan muassasa unga 30 kalendar kunlik maoshi saqlanmagan qо‘shimcha ta’til berishi mumkin, talaba ish joyidan tashkilot rahbari va buxgalteri imzosi bilan shu davr uchun haq tо‘lanmaydigan ta’tilda ekanligi tо‘g‘risidagi ma’lumotnomani Sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘limga taqdim etadi;
bitiruv malakaviy ishining yakunlanganligi tо‘g‘risida uning himoyasi belgilangan kundan bir hafta muddat avval sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘lim boshlig‘i va mutaxassis tayyorlovchi kafedra mudiri nomiga bildirgi yoziladi va tegishli hujjatda qayd qilinadi, bildirgi talaba yoki uning ilmiy rahbari tomonidan berilishi mumkin.
III. BО‘LIMNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
21. Bо‘lim quyidagi huquqlarga ega:
bо‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun OTM tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;
OTMda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar kо‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;
bо‘lim talabalari, professor-о‘qituvchilar va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazilishini tashkil qilish;
belgilangan tartibda OTM Kengashiga saylash va saylanish;
О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
22. Bо‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:
xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va о‘z sha’niga dog‘ tushirmaslik;
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, о‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, OTMning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etish.
IV. BО‘LIM ISHINI TASHKIL ETISH
23. Bо‘limda bо‘lim boshlig‘i va о‘quv-metodik ishlar bо‘yicha metodist lavozimlaridan iborat xodimlar faoliyat olib boradi. Bunda bо‘lim shtat jadvali dekanatlar uchun belgilangan normativlarga muvofiq shakllantiriladi.
24. Sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘limni oliy ta’lim muassasasi fakultetining dekani maqomiga tenglashtirilgan boshliq boshqaradi. Bо‘lim boshlig‘i bо‘lmagan (ta’til, betoblik, xizmat safari) davrda uning vazifasini bajarish о‘quv-metodik ishlar bо‘yicha metodistga yuklatiladi.
25. Sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘lim ma’muriy boshqaruv jihatdan universitet rektoriga hamda о‘quv va ilmiy-metodik ishlar yuzasidan о‘quv va ilmiy ishlar bо‘yicha prorektorlariga bо‘ysunadi.
26. Sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘limni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari (tо‘lov-kontrakt mablag‘lari) hisobidan amalga oshiriladi.
27. Sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘lim faoliyati har bir о‘quv semestri oxirida tegishli fakultetlar о‘quv-metodik kengashida va о‘quv yili yakunida universitet Ilmiy kengashida muhokama etiladi.
V. BО‘LIM XODIMLARINING MALAKA TALABLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI
28. Bо‘lim boshlig‘i lavozimiga qо‘yidagi malaka talablari qо‘yiladi:
oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki OTMlarida boshqaruv lavozimida zarur bо‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va kо‘nikmalarga ega bо‘lishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bо‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bо‘lishi;
Bо‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, universitet rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, universitet yillik va istiqbolli rejalarini bilishi;
ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qо‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bо‘lishi;
ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.
29. Bо‘lim boshlig‘ining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
Bо‘lim faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, universitet rektori bо‘yruq va kо‘rsatmalari asosida tashkil etish;
Bо‘lim faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
sirtqi (maxsus sirtki) ta’limni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish;
talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bо‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
о‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar о‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda о‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-о‘qituvchilarni taqsimlash;
talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
talabalar bilan о‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini kо‘rish;
mehnat muhofazasi, texnika va yongin xavfsizligi bо‘yicha tadbirlarni, bо‘lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;
о‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-о‘qituvchilarning о‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
о‘quv mashg‘ulotlarini о‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning о‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish;
talabalarning kursdan kursga о‘tkazish tо‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash;
univeristet ilmiy kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi (maxsus sirtki) ta’lim manfaatlarini о‘z vakolati doirasida himoya qilish va amalga oshirish;
sirtqi (maxsus sirtqi) bо‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan о‘zaro aloqasini ta’minlash;
vakolati doirasida murojaatlarni kо‘rib chiqish;
bо‘lim xodimlarining lavozim vazifalari bо‘yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga kо‘ra ularni rag‘batlantirish yoki intizomiy chora kо‘rish haqida universitet rahbariyatga о‘rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish.
30. Bо‘limning о‘quv-metodik ishlar bо‘yicha metodist lavozimiga qо‘yidagi malaka talablari qо‘yiladi:
oliy ma’lumotli, ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik jihatidan) ega bо‘lishi;
о‘z faoliyatiga taalluqli Nizom, yо‘riqnomalar va meyoriy hujjatlarni, universitet ichki tartib-qoidalari, meyoriy hujjatlarni bilishi;
namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bо‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bо‘lishi;
ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qо‘llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bо‘lishi;
ish jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.
31. Bо‘lim о‘quv-metodik ishlar bо‘yicha metodistining asosiy funksional vazifalariga quyidagilar kiradi:
о‘z faoliyatini О‘zbekiston Respublikasining qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, universitet rektori bо‘yruq va kо‘rsatmalari hamda bо‘lim boshlig‘ining topshiriqlari asosida tashkil etish;
bо‘limda meyoriy-huquqiy hujjatlar bilan ish yuritish va ijro nazoratini ta’minlash;
Bо‘limda о‘quv jarayonini tashkil etish;
talabalarning о‘quv kartochkalarini tо‘ldirishni tashkil etish;
talabalarning shaxsiy jadvallarini xamda reyting sinovi varaqalarini tuzishni tashkil etish;
talabalarning hujjatlarini tayyorlash hamda nusxasini kо‘paytirishni tashkil etish;
bо‘lim talabalarining soni haqidagi 3-NK shaklidagi hisobotni tuzishni tashkil etish;
birinchi kursga qabul qilingan talabalarni о‘quv hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish (reyting daftarchalarini, talabalik biletlarini va о‘quv kartochkalarini tо‘lg‘azish);
talabalar hujjatlarini muntazam ravishda tekshirib borish xamda fanlar bо‘yicha qarzlarni topshirish haqida eslatuv xatlarini jо‘natish;
talabalar soni, о‘zlashtirishi va harakati bо‘yicha hisobot ma’lumotlarini tayyorlash;
talabalarni kursdan kursga о‘tkazish bо‘yicha buyruq loyihasini tuzishda qatnashish;
talabalarni malakaviy amaliyotiga yuborish bо‘yicha buyruq loyihasini tuzish;
talabalar davomatini, о‘quv darslarining о‘z vaqtida о‘tkazilishini tashkil qilish va nazoratini olib borish;
о‘quv dars jadvallarini tuzishni tashkil etish;
reyting nizomiga rioya etilishini ta’minlash;
talabalarni DAK sinovlarini topshirishga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga qо‘yish bо‘yicha buyruq loyihasini tuzish;
talabalarni sо‘rov xatlariga javob xatlarini yozishni tashkil etish;
bо‘lim faoliyati uchun zarur bо‘lgan hujjatlar uchun buyurtmalar berishni tashkil etish;
bо‘limdagi barcha hujjatlarni saqlanishini ta’minlashni tashkil etish;
universitetni tamomlagan hamda chetlashtirilgan talabalarni shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va ularni universitet arxiviga topshirishni tashkil etish;
talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;
bо‘lim talabalari, professor-о‘qituvchilar va kadrlar iste’molchilari о‘rtasida ijtimoiy sо‘rovlar о‘tkazishni tashkil etish va ularning natijalari bо‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash;
bо‘lim faoliyatiga oid meyoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish;
VI. YAKUNIY QOIDALAR
32. Ushbu Nizom О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yо‘nalishida maxsus sirtqi bо‘limlarni tashkil etish tо‘g‘risida”gi PQ-3183-son qarori hamda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish tartibi tо‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqildi.
33. Ushbu Nizomda qayd etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.

Yuklab olish uchun fayllar

Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
umumta’lim maktablari, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash ta’lim mazmunini zamonaviy talablarga uyg‘un rivojlantirilishini ta’minlash;
o‘quv jarayonlariga pedagogika sohasi olimlari va mamlakatimizning yetuk mutaxassislari jalb etilishini tashkil etish;
pedagoglik kasbining jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, jumladan yoshlarni o‘qituvchilik kasbiga yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish;
o‘qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o‘zlashtirishi nazorat qilinishini ta’minlash;
talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;
talabalar bilan o‘quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish;
o‘quv jarayonini ta’minlaydigan professor-o‘qituvchilarning o‘quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;
talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo‘yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;
sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limning oliy ta’lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro aloqani ta’minlash;
kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish.