Diqqat! OTM professor-o‘qituvchilari uchun yangi qoidalar tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari tasdiqlandi.

Professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma’ruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etildi.

Bunda, ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkazilishi lozim.

Ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi.

Edu.uz