“Учитель Узбекистана” gazetasi mutaxassislari tomonidan bo‘lajak pedagoglar uchun mahorat darslari tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Respublika ilmiy-pedagogik kutubxonasi tashabbusi bilan “Kitobxonlik chegarasini kengaytirib” loyihasi asosida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Respublika ilmiy-pedagogik kutubxona xodimlari, “Учитель Узбекистана” gazetasi mutaxassislari hamda universitet talabalari ishtirok etdi.

Ijodiy uchrashuvni Respublika ilmiy-pedagogik kutubxona direktor o‘rinbosari R.I.Ratner ochib berdi hamda kutubxonada tashkil etilgan zamonaviy axborot-kutubxona servisi va xizmatlari to‘g‘risida talabalarga ma’ruza qildi.

Shundan so‘ng “Учитель Узбекистана” mas’ul kotibi N.Morozova pedagoglarning davriy nashri bo‘lmish gazetaning tarixi hamda xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, bosh muharrir o‘rinbosari O.Surgutanova ta’lim sohasidagi davlat siyosatini gazeta materiallarida ifodalash borasida nutq so‘zladi.

Tadbirda bo‘lajak pedagoglarga tahririyat muxbirlari faoliyatining asoslari, maqola mualliflari bilan ishlash jarayoni to‘g‘risida tushuncha berildi. Olingan bilimlarni tekshirish maqsadida ijodiy uchrashuv so‘ngida talabalar uchun mini trening tashkil etildi. Treningda talabalarga belgilangan mavzularda kichik hajmdagi esse yozish vazifasi topshirildi. Yozilgan esselar tahririyat xodimlari tomonidan qayta ishlanib, gazetada chop etilishi belgilandi.

Talabalarning maqola yozish hamda uni gazetada chop etish bo‘yicha savollariga tahririyat xodimlari tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Bo‘lajak pedagoglarning ijodiy sifatlarini rivojlantirish, ularning mutolaa madaniyatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuv qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.

Universitet matbuot xizmati