Fizika-matematika

     Fizika–matematika fakulteti institut (universitet) tashkil topgan 1935 yilda 3 ta fakultetning biri sifatida o'z faoliyatini boshlagan. 1968 yildan fizika va matematika fakultetlari alohida faoliyat yuritgan bo'lsa,  1999 yilga kelib yana fizika – matematika fakulteti sifatida ish boshladi.

    Fizika – matematika fakulteti 1935-yilda  institut tashkil topgan vaqtda 3 ta fakultetning biri sifatida faoliyat boshlagan. 1968-yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999-yildan esa yana fizika – matematika fakulteti bir butun fakultet bo'lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jо‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Jabbarov. 


Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mо‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxо‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda О‘zbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, A.Abduqodirov, U.Yuldashev, M.Madirimov, K.Nasriddinov, O.Do’smatov va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqda.


Fizika - matematika fakulteti “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Informatika о‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr, «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bо‘yicha respublikamizning umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.


 


2017-2018 о‘quv yilida fakultet professor-о‘qituvchilari 1 ta fundamental loyiha bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi:


1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarova.


Dastlab fakultetning fizika bo‘limida yagona - Umumiy fizika kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939-yilga qadar faqat bitta – Oliy matematika kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.


1939-yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda Hozirgi zamon algebrasi asoslari, Sonlar nazariyasi, Geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan.


1998-yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi.


Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullaev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbaev, D.Yunusovalar mehnat qilgan.


Faxrli talabalarimiz...


Fakultetni bitirgan talabalardan R.K.Otajonov - Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizaev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov-O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.


Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘raev, A.Abduqodirov, N.Sherboev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musayev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Djabbarov Gayratbay Farxadovich

Fizika-matematika fanlari nomzodi

Djabbarov Gayratbay Farxadovich 1977-yil 15-mayda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 1994-2000-yillarda TDPU fizika-matematika fakultetida o‘qigan. 2000-2002-yillarda TAQIda katta o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2002-2005-yillarda O‘z R FA matematika instituti aspiranti. 2006-yilda “Lokal sust separabel fazolar va sust additiv musbat bir jinsli funksionallar funktori” mavzusidagi nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2013-yildan buyon Nizomiy nomidagi TDPU fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

(+998 ) 71 215 54 19
gayrat_77@bk.ru

Қурбоназаров Илхом Тўхтаевич

Физика-математика факультети

Ёшлар билан ишлаш бўйича декан ўринбосари

Qurbonazarov Ilxom To`xtayevich Fizikа-matematika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari


Raximov Ikromjon Komiljonovich

1981 yil 2 aprelda tug'ilgan.

Ўқув ишлари бўйича декан муовини

yo'q

+998712559809,
+998977020481
ikromraximov@mail.ru

Fizika – matematika fakulteti 1935 yil, institut tashkil topgan vaqtda 3 ta fakultetning biri sifatida faoliyat boshlagan. 1968 yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999 yildan esa yana fizika – matematika fakulteti bir butun fakultet bo'lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jо‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar rahbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Djabbarov.


Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mо‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxо‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda О‘zbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, A.Abduqodirov, U.Yuldashev, M.Madirimov, K.Nasriddinov, O.Do’smatov va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqda.


Fizika - matematika fakulteti “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Informatika о‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr, «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bо‘yicha respublikamizning umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.





2017-2018 о‘quv yilida fakultet professor-о‘qituvchilari 1 ta fundamental loyiha bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdi:


1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.Sattarova.


Dastlab fakultetning fizika bo‘limida yagona - Umumiy fizika kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939 yilga qadar faqat bitta – Oliy matematika kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.


1939 yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda Hozirgi zamon algebrasi asoslari, Sonlar nazariyasi, Geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan.


1998 yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi.


Fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullaev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbaev, D.Yunusovalar mehnat qilgan.


Faxrli talabalarimiz...


Fakultetni bitirgan talabalardan R.K.Otajonov - Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizaev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov - -O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.


Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib chiqqan olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘raev, A.Abduqodirov, N.Sherboev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musaev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Yana o`qing

Fizika-matematika

Ruslit
Muallif haqida

38247 0 Fakultetlar

O`zbek tili va adabiyoti fakulteti

Muallif haqida

27408 3 2015
FAKULTETLAR
Boshlang`ich ta`lim va jismoniy madaniyat
Pedagogika va psixologiya
Fizika-matematika
Tabiiy fanlar fakulteti
Tarix fakulteti
Kasb ta`limi
Chet tillar
Harbiy ta’lim fakulteti
Defektologiya
Innovatsion pedagogika
Maxsus sirtqi fakultet
QO`SHIMCHA
UMUMIY MATEMATIKA
MATEMATIKA VA UNI О‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
FIZIKA VA ASTRONOMIYA О‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
FAKULTET YANGILIKLARI
MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR
ILMIY TO`GARAKLAR
SO`NGI XABARLAR
Деятельность совместного факультета «Инновационная педагогика» ТГПУ им. Низами и БГПУ им. Максима Танка
2018-11-10
“Zamonaviy psixologiyaning amaliy imkoniyatlari”
2018-11-10
Maktab o’quvchilari universitetga tashrif buyurdi
2018-11-09

DJABBAROV GAYRATBAY FARXADOVICH

E`LONLAR

Xorijiy tillar fanidan tayanch doktoranturaga kirish imtihonini topshirish muddatlari







Fizika-matematika fakulteti Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo’linmasi hisoblanib, uning faoliyati “5110100-matematika o’qitish metodikasi”, “5110700-informatika o’qitish metodikasi”, “5110200-fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va “5A110101-aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika)”, “5A110201-aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya)” hamda “5A110701-ta’limda axborot texnologiyalari“ magistratura mutaxassisliklari bo’yicha namunaviy o’quv me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, takmillashtirish, talabalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek kafedralarda ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo’naltiriladi.

Fakultet dekani:
- fakultetda o’quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- fakultet tasarrufidagi bakalavriat ta’lim yo’nalishlari magistratura mutaxassisliklari bo’yicha zarur normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- fakultet boshqaruv kadrlari zahirasini yaratish, tayyorlash va o’qitishni amalga oshiradi;
- kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
- o’quv-tarbiyaviy jarayon hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi va amaliyoti ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- o’quv mashg’ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun mas’ul hisoblanadi;
- talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
- talabalarni kursdan kursga o’tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to’g’risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo’lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo’limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo’lib bajarishga o’rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratadi;
- iqtidorli talabalarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Iste’dod” jamg’armalari, fanlar bo’yicha o’tkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan tadbirlarni tashkil etadi;
- stajer-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi institutlari orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etadi, professor-o’qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o’rnak ko’rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etadi;
- fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo’yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalarni tayyorlashga umumiy raxbarlikni amalga oshiradi, ingliz tilini o’rganish va kompьyuter savodxonligi bo’yicha mashg’ulotlar tashkil etadi;
- “Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun o’tkaziladigan ko’rik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;
- fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig’ilishlar, ilmiy-uslubiy konferentsiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini o’rganadi, Fizika – matematika fakultetini tamomlaganlar bilan aloqa o’rnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qiladi;
- pedagog kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan o’zaro almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatadi;
- ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob beradi, byudjetdan tashqari mablag’larni topish va ulardan o’quv maqsadlarida foydalanishni amalga oshiradi;
- fakultet ixtisosligi bo’yicha xalq ho’jaligida band bo’lgan oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etadi;
- ta’lim mazmunini mamalakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantiradi;
- ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatiga ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillardan biri bo’lgan axborot-resurs manba’lari bazasini kengaytirish choralarini ko’radi;
- ta’limni rivojlantirish bo’yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi;
- talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va hamda foydali mehnat bilan shug’ullanishlarini ta’minlashga yo’naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni har xil norasmiy oqimlarga qo’shilab qolishlarining oldini oladi;
- talabalar orasida o’quv intizomini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;
- fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o’zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg’ularini shakllantiradi;
- o’quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
- fakultet qoshida ustozlar tajribasini o’rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o’qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo’yicha seminarlar tashkil etadi.

Asosiy faoliyati talabalarga bilim, ta'lim-tarbiya berish. Ularni zamonaviy bilimlarni egallagan yetuk kadr qilib tayyorlash. Hozirgi kunda fakultetda “5110100-matematika o‘qitish metodikasi”, “5110700-informatika o‘qitish metodikasi”, “5110200-fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, «5A110101-aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika)», «5110200-aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (fizika va astronomiya)», «5110700-ta’limda axborot texnologiyalari» mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
2018-2019-o'quv yilida umumiy hisobda fakultetda 600 nafardan ortiq talabalar bakalavriatura bosqichida, 20 nafardan ortiq talabalar magistratura bosqichida tahsil olishmoqda.

Ustoz-shogird tizimini tashkil etgan holda ularni kelajakda ilmiy faoliyatlariga yo'naltirish. Fakultet miqiyosida yuqori malakali pedagog-kadrlarni tayyorlashda, “Umumiy matematika”, “Matematika o‘qitish metodikasi”, “Informatika o‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedralarida 60 dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 4 nafari fan doktori, professor; 20 nafari fan nomzodi, PhD, dotsentlar; shuningdek, 30 dan ziyod katta o‘qituvchi va o‘qituvchilar hisoblanadi. Fizika-matematika fakultetida talabalarga bilim berishda faoliyat olib borayotgan tajribali professor-o‘qituvchilar: M.Madrimov, A.Abduqodirov, M.Djorayev, K.Nasriddinov, T.Jo‘rayev, D.Davletov, S.Tursunov, O.Radjapova, R.Turgunbayev, M.Barakayev M.Mamarajabov, B.Nurillayev, M.Ashurov va boshqalar oliy ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi va umumiy o‘rta maktablarida o‘qitiladigan fanlar bо‘yicha ko‘pgina darslik va o‘quv qo‘llanmalar mualliflaridir.

Fizika-matematika fakultetida OО‘MTV 2018-yil 8-oktabrdagi “О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev huzurida 2018-yil 20-sentabrda о‘tkazilgan majlis bayoni va jismoniy madaniyat va sport sohasini yanada rivojlantirish bо‘yicha istiqboldagi muhim vazifalar ijrosi tо‘g‘risida”gi 843-son buyrug‘ining ijrosini bajarish maqsadida joriy yilning 21 oktiyabr kuni Fizika-matematika fakulteti talabalari о‘rtasi FUTBOL musobaqasi bо‘lib о‘tdi, Fakultet talabalari о‘rtasida jami 10 ta FUTBOL jamoasi shakillantirildi. Talaba yoshlar о‘rtasida FUTBOL musabaqasini о‘tkazish jarayonida bir-birlariga bо‘lgan о‘rtoqlik av dо‘stlik rishtalari kuchaydi. Fakultetning Yoshlar bilan ishlash bо‘yicha dekan muovini va fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi FUTBOL musobaqasi о‘tkazilish jarayonini odiloni о‘tishini nazorat qilib borishdi. FUTBOL musobaqasi yakunida jamoalar orasida eng yaxshi xujumchi, eng yaxshi himoyachi va eng yaxshi darvozabon naminatsiyalar о‘tkazildi, musobaqa yakunida talaba yoshlar fakultet dekanati tomonidan Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Fakultetning kо‘chma KUBOGINI Matematika о‘qitish metodikasi 203 guruh talabalari eng yaxshi FUTBOL jamoasi sifatida qо‘lga kiritdilar