Pedagogika va psixologiya

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat dedagogika universitetining Pedagogika fakulteti 1935 yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Fakultetning  birinchi dekani sifatida taniqli psixolog olim, professor P.I.Ivanov faoliyat yuritgan.

1999-2002 yilgacha fakultet dekani sifatida psixologiya fanlari nozmodi, dotsent S.Safayev, 2002-2007 yillarda  psixologiya fanlari nozmodi dotsent F.I.Haydarov, 2007-2008 yillarda  psixologiya fanlari nozmodi dotsent N.G’.Kamilova, 2008-2011 yillarda psixologiya fanlari doktori, professor N.S.Safayev, 2011-2015 yillarda p.f.n, dotsent N.Sh.Bekmurodovlar boshqargan.


2016-2017 yillarda Pedagogika va psixologiya hamda Defektologiya fakultetlari birlashtirilib, Pedagogika fakulteti  tashkil topdi.


2018-yil Pedagogika va psixologiya fakulteti tashkil etilib, fakultet dekani sifatida pedagogika  fanlari bo`yicha falsafa doktori, dotsent  v.b X.SH.Qodirov boshqarib kelmoqda. Fakultetda yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari D.U.Abdullayeva, o`quv ishlari bo‘yicha dekan o`rinbosari Z.Artiqbayeva, ilmiy ishlar bo‘yicha dekan o`rinbosari A.Sh.Muxsiyevalar faoliyat olib bormoqda.


Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:


5110900- Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi;


5111800- Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi;


5210200- Psixologiya (umumiy psixologiya) yo'nalishi;


Fakultet Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha ta’lim va Psixologiya (umumiy psixologiya)  sohalarida akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi.


Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat  yuritmoqda:


- Pedagogika  kafedrasi;


- Psixologiya kafedrasi;


- Maktabgacha  ta’lim metodikasi kafedrasi;


Fakultetda 50 dan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 2 nafar fan doktori professor, 19 nafar fan nomzodi, dotsent va katta o‘qituvchilar.


Fakultetni muvoffaqiyatli tamomlagan talabalarga Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha ta’lim va Psixologiya (umumiy psixologiya ) bakalavr darajalari beriladi. O’qishni davom ettirishni xohlaganlar shu yo’nalishlar bo’yicha (Psixologiya (umumiy psixologiya) yo’nalishidan  tashqari) magistratura mutaxassisligi bo’yicha tahsil olish imkoniyatiga ega. Fakultet talabalari universitetga qarashli  8-talabalar turar joyida istiqomat qilishlari mumkin.


1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning qabul qilinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qaroriga asosan 1998 yil 24 fevralda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga “Pedagogika universiteti” maqomining berilishi Maktabgacha tarbiya fakulteti faoliyatida tub burilishi yasashga turtki bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab fakultet Pedagogika va psixologiya fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.


Bu yillarda fakultetda Xalq ta’limi tizimiga - inspektor metodist, pedagogika va psixologiya fani o‘qituvchilari tayyorlandi. Fakultet bitiruvchilari orasidan pedagogika fanlari doktori, professsor A.To‘raeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Temirova, pedagogika fanlari nomzodi, professor O.Hasanboeva, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasining mudiri, psixologiya fanlari doktori, professsor E.G‘.G‘oziev, Chet tillar instituti (hozirgi O‘zDJTU) kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Shojalilov, psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov, falsafa fanlari doktori, professor Z.R.Qodirova, pedagogika fanlari doktori, professor F.R.Qodirova, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Dustmuxamedovalar yetishib chiqqan.


Hozirgi davrda fakultetda Pedagogika va psixologiya, Maktabgacha ta’lim hamda Psixologiya (umumiy psixologiya) sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.


Абдуллаева Дилбар Убайдуллаевна

Педагогика

Маънавий маърифий ишлар бўйича декан муовини

Маънавий маърифий ишлар бўйича декан муовини


Исмоилова Адолат

Дефектология факултети

Декан моуни

Декан моуни