Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi 2005 yil 8-noyabrda tashkil etilgan.

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi 2005-yil 8-noyabrda tashkil etilgan. O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish dolzarb vazifalarimizdan biridir. Milliy g‘oyani fuqarolar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, xususan, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Oldimizda turgan ana shu vazifalarni amalga oshirish yo‘lida universitetimizning “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor o‘qituvchilari samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Ayni paytda kafedraga yuridik fanlar nomzodi Jamalov Nodir Kasimxanovich rahbarlik qilmoqda.

5A111601 – Ma’naviyat asoslari mutaxassisligida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Ma’naviyatning ilmiy metodologiyasi, Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi, Ma’naviyat va din, G‘arb va Sharq ma’naviyati, Oila ma’naviyati, Shaxs ma’naviyatini rivojlantirish omillari. “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi ishchi o‘quv rejasiga asosan, manaviy-ma’rifiy ishlar targ‘iboti jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun yo‘nalishning 2-bosqich talabalari fevral oyida o‘quv jarayonidan ajralgan holda bir haftalik o‘quv amaliyotiga jalb qilinadi. O‘quv amaliyotiga jalb qilingan talabalarga kafedraning tajribali va o‘z ustida ishlaydigan yosh, izlanuvchan professor-o‘qituvchilari biriktiriladi. Talabalar o‘quv amaliyotini Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazida, Toshkent shahar “Mahalla” jamg‘armasi Yakkasaroy tumani bo‘limida, Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yoshlar Ittifoqida o‘taydilar. Mazkur tashkilotlar bilan kafedraning shartnomalari mavjud. Shuningdek, 3-bosqich talabalari mart oyida huquq sohalari bо‘yicha amaliyotdan ajralgan holda umumta’lim maktablariga ikki haftalik o‘quv- amaliyotiga jalb qilinadi. Amaliyot oldindan tuzilgan maxsus ish reja asosida olib boriladi. Amaliyot davrida talabalarga turli mavzularda tadbirlar, seminar-treninglar tashkil etish, targ‘ibotchilar guruhini shakllantirish, tadbirlar dasturini tuzish, press-reliz tayyorlash, hujjatlar bilan ishlash, hisobotlar, ma’ruza matnlari tayyorlash kabi amaliy faoliyat turlari o‘rgatiladi. Kafedra professor o‘qituvchilari: N.K.Jamalov, M.A.Sobirova, N.F.Saydalixodjayeva, N.M.Akayeva, S.S.Tilaboyev, B.S.Turdiyev tomonidan 2016-2017-yillarda referatlanadigan xorijiy jurnallarda maqolalar chop etildi. Shuningdek, kafedraning о‘qituvchilari I.Xoliqov, X.Jumaniyozov, M.Sobirova, N.Saydalixodjayeva, N.Akayeva, N.Jamalov, A.Norboyev tomonidan 2016-2017-yillarda monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr etildi. 2017-yil 6-dekabr kuni “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi tomonidan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya – inson manfaatlari garovi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilib, uning materiallari tо‘plam holida nashr qilindi. “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasida ilmiy nazariy va ilmiy-uslubiy seminarlar o‘z faoliyatini olib boradi. Ilmiy nazariy va ilmiy uslubiy seminarlar bo‘yicha 2017-2018-o‘quv yili uchun rejalar tuzilgan. Ilmiy nazariy seminarlar har oyning ikkinchi haftasi, ilmiy uslubiy seminarlar esa har oyning uchinchi haftasida muntazam ravishda o‘tkazib boriladi. 2017-2018-o‘quv yilida “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi ilmiy-nazariy seminarida “Milliy g‘oya” fanini o‘qitishdagi yutuq va muammolar” mavzusida kafedra dotsenti M.Sobirova, “Barkamol avlodni tarbiyalashda ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashning metodologik asoslari” mavzusi bo‘yicha kafedra professori I.Xoliqov, “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” kursining ilmiy -nazariy asoslari bo‘yicha kafedra dotsenti X. Jumaniyozov ma’ruza qilib, ular tahlil qilindi. Shuningdek, kafedraning 2017-2030-yillarda rivojlantirish dasturi” qabul qilingan bо‘lib, ushbu dasturda belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Kafedra innovatsion tadqiqotlar davlat ilmiy texnika dasturi loyihasida 2016-2017-yillarda “Favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishning davlatlararo ahamiyat kasb etishi va uning ta’lim muassasalarida о‘qitilishi” bо‘yicha о‘quv-qо‘llanma tayyorlash” mavzusidagi IOT-2015-1-34 raqamli innovatsion grant loyihasida ishtirok etdi.

Kafedraning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida f.f.n., dots. M.A.Sobirova, Y.f.n. N. Jamalov, p.f.n., dots. N. F. Saydalixodjayeva, s.f.n. X.S.Jumaniyozov fan doktori, katta o‘qituvchilar A.Norboyev, o‘qituvchilar U.Nigmanova, A.Rasulova falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bо‘lish uchun harakat qilmoqdalar. Kafedrada “5111600 -Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Milliy g‘oya va ma’naviyatning pedagogik asoslari, Etnomadaniyat, Globallashuv asoslari, Geosiyosat asoslari, Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi, Dinshunoslik, Ma’naviyatshunoslik, Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, Jahon siyosiy mafkuraviy ta’limotlar tarixi, Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish metodikasi, Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq fanlarini о‘qitish metodikasi, Davlat va huquq tarixi va nazariyasi, Konstitusiyaviy huquq, Huquq sohalari. Barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 4-bosqichlarida “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar”, 1-bosqichlarida “Milliy g‘oya: О‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani o‘qitiladi.

Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha o‘zining yillik ish rejasini tuzgan bo`lib, reja asosida o‘z faoliyatini olib bormoqda. Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul etib katta o‘qituvchi Turdiyev Baxriddin tayinlangan. Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi professor o‘qituvchilari Universitetning barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida doim ishtirok etib kelmoqda. Jumladan: 2017-2018-o‘quv yilida kafedraning professor o‘qituvchilaridan p.f.n.dotsenti Saydalixodjayeva Nilufar Universitetning “Yilning eng yaxshi murabbiyi” tanlovida – II o‘rin bilan taqdirlandi. Universitetning eng yaxshi ma’naviyatchisi tanlovida kafedraning dotsenti Akayeva Nodira ishtirok etib, II o‘rin bilan taqdirlandi.
Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari kafedrasi Rossiya davlatining Moskva viloyati Davlat texnika universiteti tarix va huquq fakulteti bilan hamkorlik bo‘yicha “Memorandum” imzolandi.
Tarix fakulteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan Etnologik madaniyatimizning avlodlar hayotidagi o‘rnini yanada chuqurlashtirish va 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tilgan “Barkamol avlodni tarbiyalashda betakror udumlarning o‘rni” mavzusidagi tadbir lavhalari
Tarix fakultetida “O‘quv arxeologiya muzeyi”ni ochilishi marosimadan lavhalar.
Tarix fakulteti 3-kurs talabalari “Yosh pedagog mahorat” olimpiadasi bo‘yicha fakultetlararo musobaqada 19.12.2017 yil faol ishtirok etib, sovrinli o‘rin egalladilar va taqdirlandilar.
Tarix fakulteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 20.12.2017 yil “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir lavhalari
Tarix fakultetining barcha talabalari 2017 yilning 21-dekabr “Ma’naviyat kuni”da o‘z guruh murabbiylari bilan birgalikda “Muqumiy” nomli teatrga “Jaydari kelin” spektakeliga tashrif buyurdilar.
Tarix fakultetida “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Konstitutsiya – inson manfaatlari garovi” ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

To`garaklar

Kafedrada iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash, ularni maqsadli o‘qitish va turli tanlovlarga tayyorlash maqsadida “Yosh targ‘ibotchi”, “Yosh huquqshunos”, “Oila maktabi”, “Xalqimiz ma’naviy merosini о‘rganamiz”, “Geosiyosat va mafkura” nomli to‘garaklar tashkil etilgan. To‘garakka fakultetning ko‘plab iqtidorli talabalari jalb etilgan bо‘lib, tо‘garak a’zolari ishtirokida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Kafedra majlisining qarori bilan istedodli professor-o‘qituvchilar to‘garak rahbarlari etib tayinlanganlar. Kafedrada akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik samarali tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, o‘quv-metodik ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazishni tashkil qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Nizomiy nomidagi TDPU va TDYUI qoshidagi akademik litseylarda kafedraning filiallari tashkil etilgan. Yakkasaroy yengil sanoat kasb-hunar kolleji bilan kafedraning hamkorlik shartnomasi mavjud. Tayanch kafedra sifatida Respublikadagi turdosh OTM larning tegishli kafedralari bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 26ta fandan о‘quv fan dasturlarini tuzish, malaka talablari, о‘quv reja va ishchi fan dasturlarini takomillashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonlariga oid innovatsion loyihalar tayyorlash, oliy ta’limda ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini ta’minlashga yo‘naltirilgan meyoriy-uslubiy hujjatlarni birgalikda tahlil etish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boriladi.

Xujjatlar

1. 705-у.PDF

Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг 2018 йил 17 августдаги 731-сонли буйруғи ижросини таъминлаш тўғрисида

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq fanlarini o'qitish texnalogiyalari
2. Ғoyalar falsafasi
3. ҳуқуқ фанларини ўқитиш методикаси
4. BMI
5. BMI
6. DAK
7. Davlat va huquq nazariyasi va tarixi
8. DHT
9. Dunyo dinlar tarixi
10. Davlat va huquq nazariyasi va tarixi
11. Ekologiya xuquqi
12. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslai
13. Ekstremizm tarixi va mohiyati
14. Etnomadaniyat
15. Fuqarolik huquqi
16. Geosiyosat asoslari
17. Globallashuv asoslari
18. Huquq amalyoti
19. Huquq fanlarini o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
20. Huquqiy statistika
21. Huquqiy ta`lim nazariy asoslari
22. Huquqiy ta`rbiya nazariyasi va amalyoti
23. Huquqshunoslik
24. Iarq va Ғarb ma`naviyati
25. Iaxs ma`naviyatini rivojlantirish omillari
26. Ijtimoiy ta`minot huquqi
27. Inson huquqlari
28. Jinoyat huquqi
29. JSMT
30. Konstitutsiyaviy huquq
31. Kurs ishi
32. Kurs ishi
33. Ma'naviyatshunoslik
34. Malaka oshirish va qayta tayyorlash
35. Maxsus kurs
36. Ma`muriy huquq
37. Ma`naviy marifiy ishlar va uni tashkil etish
38. Ma`naviyat va din
39. Ma`naviyatning ilmiy metodologiyasi
40. Ma`naviyatshunoslik
41. MD, ITI, IPI
42. Mehnat huquqi
43. Milliy g'oya va millatlararo munosabatlar
44. Milliy g'oya , ma'naviyat asoslari fanlarini o'qitish metodikas
45. Milliy g'oya , ma'naviyat asoslari fanlarini o'qitish metodikasi
46. Milliy g'oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi fanlarini o'qitishqitish metodikasi
47. Milliy g'oya va ma'naviyatning pedagogik asoslari
48. Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari fanlarini o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish
49. Milliy g'oya, ma'naviyat asoslariva huquq fanlarini o'qitish metodikasi
50. Milliy g'oya: O'zbekistonni rivojlantirish strategiyasi(O'zb.)
51. Milliy g`oya
52. Milliy g`oya targ`ibot texnologiyalari
53. Milliy g`oya tarixi va nazariyasi
54. Milliy g`oya, ma`naviyat va huquq ta`limining nazariy asoslari
55. Milliy g`oya: O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi
56. Milliy ma'naviy tiklanish
57. Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi
58. Oila huquqi
59. Oila ma`naviyati
60. O`quv amaliyoti
61. Shaxs ma'naviyatini rivojlantish omillari
62. Soliq huquqi
63. Ta'lim tizimini boshqarishni huquqiy asoslari
64. Umumta'lim fanlarini kasbga yo' kasbga yo'naltirib o'qitish metodikai
65. Umumta'lim fanlarini kasbga yo'naltirib o'qitish metodikasi
66. Xalqaro huquq.Horijiy mamlakatlarning kontitutsiyaviy huquqim
67. Xalqaro va inson huquqlari
68. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan ma`ruzalar va maslahatlar o`tkazish
69. вояга етмаганларнинг ҳуқуқбузарлигини олдини олиш
70. Вояга етмаганларнинг ҳуқуқбузарлигини олдини олиш (рус)
71. Диншунослик
72. Ижтимоий таъминот ҳуқуқи(рус)
73. Маъмурий ҳуқуқ
74. Маънавиятшунослик (рус)
75. Миллий ғоя асослари
76. Миллий ғоя: асосий тушунча ва тамойиллар(рус)
77. Национальная идея: стратегия развития Республики Узбекистан
78. Таълим тизимини бошқаришнинг ҳуқуқий асослари (рус)
79. Халқаро ва инсон ҳуқуқлари (рус)

Kafedra a`zolari