Falsafa kafedrasi

Vazirlar mahkamasining 2016 yil 13 may qaroriga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPU ning optimallashtirish to`g`risidagi qarori muvofiq “Falsafa” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralarini birlashtirib “Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi nomi bilan atala boshlandi.

Falsafa kafedrasi o‘z faoliyatini 1952-yilda boshlagan. U dastlab tashkil qilingan paytda “Dialektik va tarixiy materializm” kafedrasi deb nomlangan. 1992-yildan e’tiboran “Falsafa” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritgan. 2004-yil oktabr oyida kafedraga akademik J.T.Tulenov nomi berilgan. 2005-yildan K.J.Tulenova Falsafa kafedrasiga rahbarlik qila boshlagan.
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi 1951-yil tashkil topgan. O‘tgan yillar davomida kafedraga professorlar – G.R.Rizayev (1951-1954), Sh.N.O‘lmasboyev (1954-1964), A.E.Egamberdiyev (1964-1965), K.Yu.Yusupov (1966-1988) va dotsentlar - T.J.Qosimbekov (1988-1992), U.P.Pozilxonov (1992-1999), A.A.Alimov (1999-2001), professor Yu.Q.Yo‘ldoshev (2001-2010) va 2010-yildan boshlab , i.f.n.dotsent O.Ismailov rahbarlik qildi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2016-yil 13-maydagi 153-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2016-yil 5-maydagi 200-son va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2016-yil 4-iyundagi №320-U sonli optimallashtirish to`g`risidagi qaroriga muvofiq Falsafa va Iqtisodiyot nazariyasi kafedralarini birlashtirib “Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar” kafedrasi nomi bilan atala boshlandi.Hozirgi kunda "Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar" kafedrasida f.f.d., prof, K.J.Tulenova rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi kunda Universitet miqyosida salohiyati kuchli bo`lgan kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedrada 2 nafar fan doktori, professor (K.Tulenova, B.Li), 2 nafar fan nomzodlari, professorlar (S.Valiyeva, I.Hakimov), 4 nafar fan nomzodlari, dotsentlar (O.Ismailov, A.Bobotoyev, M.Tillavoldiyeva, Ye.Li), 1 nafar universitet dotsenti (X.Jumanov), 7 nafar katta o‘qituvchi (G.Ibragimova, Sh.Xolmatova, N.Isayeva, U.Mamayusupov, M.Mamadjonova, M.Nurto‘lashev, A.Aymuhammedova), 2 nafar o‘qituvchi (N.Tangirov, O.Toshev)lar faoliyat yuritmoqda.
Kafedraning professor-o‘qituvchilari bakalavriat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha Falsafa(etika, estetika, mantiq), Iqtisodiyot nazariyasi, Menejment va marketing, shuningdek, Tarix fakulteti qoshidagi “Milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq ta’limi” maxsus yo‘nalishi bo‘yicha “Ijtimoiy falsafa”, magistratura yo‘nalishida “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va “O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradilar.

Kafedraning 11 nafar a’zosi (O.Ismoilov, M.Tillavoldiyeva, X.Jumanov, G.Ibragimova, N.Isayeva, Sh.Xalmatova, U.Mamayusupov, A.Aymuhammedova, M.Mamadjonova, M.Nurtulashev, O.Toshev) doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.Kafedrani professor-o‘qituvchilar quyidagi darslik, o`quv qo`llanma, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni nashr etmoqda.
Tulenov J., Tulenova G., Tulenova K. «Falsafa». Darslik. – Toshkent, 2016- yil
Tulenova K.J., Valiyeva S., Karimov I. Ijtimoiy falsafa. O‘quv qo‘llanma- Toshkent, 2016-yil.
Tulenova K. Valiyeva S. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. O‘quv qo‘llanma- Toshkent, 2016-yil.
Bronislav Li, Lidiya Shim Очерки по истории, культуре и экономике Кореи. O‘quv qo‘llanma .TDPU 29-mart 2017- yildagi 10-son bayonnoma asosida.
Bronislav Li, Omilxon Ismailov, Lidiya Shim Koreya tarixi, madaniyati va iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. TDPU 29-mart 2017-yildagi 10-son bayonnoma asosida.
Aminova N. Odamning ijtimoiylashuvida ma’naviyatning o‘rni. Monografiya- Toshkent, 2016- yil.
Mamayusupov U.Q. Ilmiy bilishda bashorat muammosi. Monografiya. – Toshkent, 2016-yil
Nurtullashev Mansur Globallashuv jarayonning falsafiy-metodologik tahlili. Monografiya.-Toshkent, 2016-yil
Tulenova K., Izzetova E, Agaronyan Yu., Li Ye. Философия (этика, эстетика, логика). Uslubiy qo’llanma - Toshkent, 2016 yil
Tulenova K.J., Ye.V.Li Философия (этика, эстетика, логика). Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017-yil
S.I.Valiyeva, A.P.Bobatayev Mantiq. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017- yil
N.X.Isayeva. Menejment va marketing. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017- yil
O.Ismailov, A.Aymuxammedova. Экономическая теория. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017-yil
Tulenova K.J.,U.Mamayusupov, M.Nurtulashev, O.Toshev. Falsafa fanidan o’zbekcha-ruscha-inglizcha atamalar lug’ati. Uslubiy qo’llanma.- Toshkent, 2017-yil.

Tasdiqlangan yillik ish reja asosida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. Talabalarni bo'sh vaqtlarida tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. Talabalarning ota-onalari bilan ham hamkorlik yo'lga qo'yilib, ular bilan ham suhbatlar o'tkazilmoqda. Sport, madaniy-ma'rifiy va ijodiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Huquqiy targ'ibotlar va ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilinmoqda.

To`garaklar

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasida 5 ta to'garak faoliyat yuritmoqda. Bular "Yosh faylasuf", "Donishmand", "Yosh iqtisodchi", "Tadbirkor" va "Sinergiya" to'garaklaridir. To'garaklar talabalarning fanga bo'lgan qiziqishlari, ijodiy o'rganishlari hamda dunyoqarashining o'sishiga yordam bermoqda.

Kafedra a`zolari