Geografiya о‘qitish metodikasi kafedrasi

“Geografiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi 1935 yilda Toshkent Davlat pedagogika instituti “Geografiya” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan.

О‘z faoliyatini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyati bilan davom ettirib kelayotgan bugungi geografiya va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi 1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti bazasida “Geografiya” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan.
Tashkil topgan davrining dastlabki bosqichida kafedrani о‘z fanining bilimdoni, taniqli pedagog M.X.Bektemirov boshqargan. Kafedrada S.M.Saidrasulov, A.Obizov, M.V.Qoriyev, I.Mirboboyev kabi pedagoglar faoliyat kо‘rsatgan. Ilk bor A.Obizov tomonidan о‘rta maktab о‘quvchilari uchun О‘zbekiston geografiyasi darsligi nashr qilingan. Ma’lumki, II- jahon urushi yillarining dastlabki davrida sharoitdan kelib chiqib kafedra о‘z faoliyatini tо‘xtatgan va 1944-1945-о‘quv yilidan yana faoliyat kо‘rsata boshlagan. Shu davrda kafedraga, ya’ni 1944-1950-yillarda professor P.A.Molchanov, 1950-1960-yillarda dotsent M.Y.Mirboboyev rahbarlik qilgan. О‘sha vaqtda kafedra pedagoglari I.Mirzaboyevning “О‘zbekiston о‘lkashunoslik kartasi” va boshqalar tomonidan “О‘zbekiston tabiiy geografiyasi” о‘quv qо‘llanmasi nashr etilgan.
1961-yilda “Geografiya” kafedrasi, Tabiiy geografiya va Iqtisodiy geografiya kafedralariga bо‘lingan.
Tabiiy geografiya kafedrasini dotsent A.V.Xisomov (1960-1965yy.) boshqargan. Kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan talabalarga mazmunli dars berish bilan birga ilmiy ishlarni olib borish ham rivojlangan. О‘z davrida M.Y.Mirboboyev, M.V.Qoriyev, A.V.Xisomov va P.Baratovlar hamkorligida “Очерки географии Средней Азии” 1-qism (1951) va 2 qism (1960) ilmiy tо‘plamlari, P.Baratovning “Kaspiy dengizining taqdiri” (1962), “Oltin sochuvchi daryo” (1964) ilmiy risolalari chop etildi.
Tabiiy geografiya kafedrasiga keyinchalik dotsentlar: B.Baxriddinov (1975-1978), M.F.Rasulov (1979-1989) va g.f.d., professor M.Mamatqulov (1989-1996) rahbarlik qildilar.
Bu davrlarda ham kafedra a’zolari tomonidan qator monografiyalar, о‘quv qо‘llanmalar, darsliklar nashr etildi.
Tabiiy geografiya kafedrasi a’zolari dotsentlar: M.Rasulov, X.Masudov, professorlar: P.Baratov, R.L.Yugay hamkorligida xо‘jalik shartnomasi asosida “Природа” markazi buyurtmasiga asosida birinchi marta 1;500 000 masshtabda kosmik ma’lumotlar asosida “О‘zbekiston landshaftlari” kartasi yaratilgan.
1995-yilda “Tabiiy geografiya” va “Iqtisodiy geografiya” kafedralari birlashtirilib ular zaminida “Geografiya va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil etilgan.
Keyinchalik kafedrani boshqarish g.f.d., professor A.Qayumov (1996-2000), dotsentlar: S.Navrо‘zov (2000-2002), Z.Raimjonov (2002-2003), g.f.d., professor X.Vahobov (2003-2010), dotsent S.Zokirovlar (2010-2011) tomonidan amalga oshirildi. 2011-yildan kafedrani g.f.n., dots. N.R.Alimqulov boshqarmoqda. Bu davrlarda ham kafedra a’zolari tomonidan qator monografiyalar, о‘quv qо‘llanmalar, darsliklar nashr etildi.
Hozirgi kunda, dots. N.R.Alimqulov rahbarligida kafedrada prof.P.Baratov, A.N.Xojimatov, dotsentlar A.Nizomov, I.X.Abdullayev, N.Safarova, Z.Amanbayeva, p.f.n. O`.Safarov, o`qituvchilar N.Sultonova, Sh.Xolmurodov, I.Islomov, F.Saydamatov, A.Nugmanova, M.Qalandarova, N.Qoraqulov va doktorant A.Matnazarovlar ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishmoqda.

"Geografiya va uni o'qitish metodikasi" kafedrasida "5110500-Geografiya o'qitish metodikasi" bakalavriat ta'lim yo'nalishi va 5A110501-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (Geografiya) magistratura mutaxassisligi bo'yicha kadrlar tayyorlanadi. Kafedraning o'quv faoliyati quyidagilardan iborat:
- ta'lim yo`nalishlari va mutaxassisliklari bo`yicha davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta`lim dasturlari bilan qiyosiy tahlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish;
- kafedra fanlari bo`yicha o`quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o`quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash;
- darslik, o`quv, uslubiy va ko`rgazmali qo`llanmalar tayyorlash, qayta nashr etiladigan darslik, o`quv qo`llanma va o`quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy olimlar bilan hammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish;
- talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyihalari (ishlari), bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertatsiyalariga, mustaqil ishlari va ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
- zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishni boshlagan yosh o`qituvchilarga pedagogik malaka va ko`nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, o`quv mashg`ulotlarida zamonaviy o`quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda o`qitish va mustaqil ta`lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo`lga qo`yish, o`qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus o`quv auditoriyalarida tashkil qilish;
- ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki turdosh ixtisosliklar bo`yicha nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarni ilmiy seminarlarda muhokama qilish, ta`lim hujjatlarining me`yor talablariga javob berishini belgilash bo`yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish;

Kafedrada 11.00.01-Tabiiy geografiya, 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, 11.00.07 - Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi, 13.00.02 - Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisliklari bo'yicha kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi. Umumiy o'rta, o'rta maxsus, oliy ta'lim va malaka oshirish kurslari uchun o'quv, o'quv-metodik, darsliklar va elektron darsliklar yaratish, ilmiy maqolalar nashr qilish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o`tkazish, ilm-fan va oliy ta’lim sohalarida yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish, tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning natijalarini ishlab chiqishga joriy etishga ko`maklashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

Kafedra yillik rejasiga asosan ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirish o`qituvchilarining murabbiylik ish rejalari, talabalarda vatanparvarlik, o`z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga, xalq merosiga va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish bo`yicha «Ma’naviyat» markazlari, talabalar turar joylarida o`tkaziladigan tadbirlar rejalari asosida faoliyatni amalga oshirish.

To`garaklar

1. "YOSH GEOGRAF" ilmiy to'garagi.
Maqsad: Talabalarni ilmiy-nazariy hamda ilmiy-amaliy anjumanlar ishida ishtirok etishi, ilmiy-metodik ishlar tanlovi va ko`riklarida ishtirok etish, nomdor stipendiyalar tanlovida, magistraturaga kirish uchun imtiyozli tavsiyadan foydalanish hamda Respublika va universitet axborot resurs markazlari fondlaridan foydalanishda imtiyozlarga ega bo`lishdan iborat.

2. "YOSH TURIST" to'garagi.
Maqsad: talabalarni ilmiy-metodik ishlarga tayyorlash, geograf sifatida ilmiy-metodik faoliyatini tashkil etish, fanning nazariy, amaliy va metodik jihatlarini o`rgatish, ilmiy-amaliy seminarlar, anjumanlar va bahs-munozarali suhbatlarni tashkil etish, O'zbekistonning boy turistik va rekreatsion hududlari to'g'risida ma'lumotlar bazasini shakllantirish, ijtimoiy hayotga oid turli masalalarni hal etish, o'rganishdan iborat.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. Aholi geografiyasi va demografiya asosolari (sirtqi)
2. Aholi geografiyasi va demografiyasi
3. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi
4. Geografiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar
5. DAK
6. Dala amaliyoti
7. DD ga rahbarlik
8. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
9. Etnogeografiya
10. Geoekologiya asoslari
11. Geografik prognozlashtirish va geosiyosat asoslari
12. Geografiya
13. Geografiya o`qitish metodikasi
14. Geografiya tarixi
15. Geografiyadan masala mashqlar
16. Geografiyani o`qitishda innovatsion texnologiyalar
17. Geologiya
18. Geomorfologiya
19. Hududi ishlab cniqarish majmualari
20. Iqtisodiy geografiyaga kirish
21. Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
22. Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (Sirtqi)
23. Jahon va Markaziy Osiyo davlatlari geografiyasi
24. Markaziy Osiyo geografiyasi
25. Kompleks amaliyoti
26. Konstruktiv geografiya
27. Geomorfologiya va antropogen landshaftshunoslik
28. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
29. Landshaftshunoslik
30. Landshaftshunoslik
31. Geografiya o‘qitish metodikasi
32. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
33. Malaka oshirish
34. Mamlakatshunoslik
35. Markaziy Osiyo geografiyasi
36. Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
37. Materiklar va okeanlar geografiyasi _2
38. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi
39. Transport, sanoat va qishloq xo'jalik geografiyasi
40. Mutaxasislik fanlarini o`qitish metodikasi
41. Ochiq dars
42. O`lkshunoslik
43. Tabiiy geografiya
44. O`rta Osiyo tabiiy geografiyasi
45. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
46. O`zbekiston tabiiy geografiyasi
47. Jahon va Markaziy Osiyo geografiyasi
48. Umumiy yer bilimi
49. Tabiatdan foydalanishning geografik asoslari
50. Tabiiy geografiya (Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
51. Markaziy Osiyo geografiyasi
52. Topografiya va kartografiya asoslari
53. Toponimika
54. Tuproqlar geografiyasi
55. Turizm va rekreatsiya
56. Umumiy yer bilimi
57. Umumiy gidralogiya
58. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
59. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
60. Zamonaviy geografiya
61. Географияга кириш
62. Назорат ишлари
63. Очиқ дарс ва қайта топшириш
64. Транспорт, саноат ва кишлок хужалиги географияси

Kafedra a`zolari