Zoologiya va anatomiya kafedrasi

Kafedra 2015-yil sentyabr oyidan boshlab “Zoologiya va anatomiya” nomi bilan yuritila boshlandi.

Hozirgi nomdagi kafedra 2003-yil 28-avgustda tashkil etilgan bo`lsada, lekin kafedra zoologiya, anatomiya va fiziologiya, yosh fiziologiya va gigiyena yo`nalishlarida ta’lim tarbiya jarayonlari hamda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, pedagog kadrlar tayyorlash ishlari tarixiga ega.
Xususan, zoologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar 1937-yildan zoologiya kafedrasi tashkil etilgandan boshlangan. Zoologiya kafedrasiga dastlabki yillarda prof. A.M.Zavodskiy (1937-1941), keyinchalik dots. A.B. Soyukov (1942-1943), prof. V.I.Plotnikov (1944-1947), dots.F.X. Yakubova (1943-1953) rahbarlik qilganlar. 1954-yilda zoologiya va odam anatomiyasi kafedrasi bilan birlashtirilib zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi kafedrasi deb nomlangan.
Zoologiya kafedrasi tashkil etilgandan boshlab zoologiya yo`nalishi bo`yicha quyidagi mavzularda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan: «O`zbekistonda uchraydigan mollyuskalar faunasi, biologiyasi, ularning foyda va zararini o`rganish», «O`zbekiston ortifaunasi», «O`zbekistonda uchrovchi kemiruvchilar faunasi, biologiyasi va ekologiyasi», «O`zbekistonda uchrovchi sudralib yuruvchilar faunasi, biologiyasi», «Asalarilarning biologiyasi, ekologiyasi va ahamiyati», «O`zbekistonda umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda uchrovchi gelmintlarning faunasi, biologiyasi, ekologiyasi va ularga qarshi kurash choralari» va hokazolar.
1996-yilda zoologiya kafedrasi odam anatomiyasi va fiziologiyasi bilan birlashtirildi, kafedra prof. O.M.Mavlonov rahbarlik qildi. 1997-yildan boshlab tabiyot fanlari fakultetiga qarashli biologiya yo`nalishidagi 3ta kafedra ya`ni “zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi”, “botanika, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish” va “biologiya va uni o`qitish metodikasi” kafedralari birlashtirilib yana qaytadan yagona biologiya va uni o`qitish metodikasi kafedrasi tashkil etildi va bu kafedraga 1997-1998-yillarda prof. O.M.Mavlonov, 1999-yildan boshlab esa prof. S.Dadayev rahbarlik qildi. 1999-yilda yosh fiziologiya va gigiyena kafedrasi tabiyot bilimlari asoslari kafedrasiga qo`shib yuborildi.
Zoologiya, anatomiya va fiziologiya kafedrasiga 2002-yildan 2004-yil sentyabr prof. S.Dadayev mudirlik qildi. 2004-yil sentyabrdan boshlab kafedraga dotsent vazifasini bajaruvchi G.A. Shaxmurova rahbarlik qildi.
2012-yil fevral oyidan boshlab hozirgi kunga qadar zoologiya va anatomiya kafedrasiga b.f.n dotsent D.A.Mamatqulov mudirlik qilmoqda. D.A.Mamatqulov mudirlik davomida kafedra tomonidan o`qitiladigan o`quv soatlar anchaga ortdi. Bundan tashqari “Oliy nerv faoliyati” markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi (MNS) fanlari tashkil etilib, pedagogika psixologiya, psixologiya talim yo`nalishlarida o`qitish yo`lga qo`yildi. Kafedra a`zolari D.Mamatqulov rahbarligida ITD-1-71 loyihasi asosida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.



Kafedrada Zoologiya (umurtqali umurtqasiz) rivojlanish biologiyasi, Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi, Valeologiya asoslari, Odam anatomiyasi va fiziologiyasi, Anatomiya, Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi asoslari, Pediatriya va bolalar gigiyenasi, Parazitologiya, Biologik xilma-xillik va uning muhofazasi, Hashoratlar ekologiyasi, fanlaridan rus va o`zbek qozoq tillarida dars beriladi.

Zoologiya va anatomiya kafedrasida 3ta professor 5ta dotsent 2ta katta o'qituvchi va o'qituvchilar faoliyat olib borishadi. Kafedraning O'zFA Zoologiya instituti umumiy parazitologiya laboratoriyasi bilan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Kafedrada Zoologiya instituti bilan birgalikda innovatsion guruh tashkil qilindi. Guruh faoliyati a'zolari ishtirokida 2ta tavsiyanoma bir nechta maqola 1ta doktorlik 2ta PhD dissertatsiyalari himoya qilindi.

Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yillik ish reja asosida universitet va fakultet miqyosida tadbirlar o'tkazilib boriladi. Kafedra professor-o'qituvchilari murabbiylik qilayotgan akadem guruhlarda murabbiylik ishlari olib boriladi. Biologiya o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi B-201 guruhda N.J.Toshmanov, Biologiya o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi B-401 guruhda R.M.Madatov, Biologiya o'qitish metodikasi ta'lim yo'nalishi B-402 guruhda D.A.Mamatqulov murabbiylik ishlarini olib borishadi. ma'naviy-ma'rifiy ishlardan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish bilan birgalikda, talabalarni sog'lomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlar o'tkazilib borilmoqda.

To`garaklar

Zoologiya va anatomiya kafedrasi qoshida “Yosh zoolog” ilmiy to`garagi tashkil etilgan bo`lib, bu to`garagimiz faoliyatini uzoq yillar mobaynida davom ettirib kelmoqda, hozirgi paytda to`garak rahbari sifatida kafedra o`qituvchisi M.B Ongarov "yosh zoolog" to`garagi a`zolari bilan birgalikda ish yuritmoqda. 2017-2018-o`quv yilida universitetning eng yaxshi to`garagi tanlovida "yosh zoolog" to`garagi faxrli 2-o`rinni egalladi.To`garakning maqsadi shundan iboratki, Biologiya o`qitish metodikasi ta’lim yo`nalishi birinchi va ikkinchi kurs talabalari bilan birgalikda ilmiy salohiyatini oshirish to`garakda ishtirok etib respublika miqyosidagi konferensiyalarda o`zlarining tezislari bilan qatnashishini ta`minlash va Zoologiya fanidan kurs ishlarini tayyorash va to`garak yig`ilishlarida muhokama qilishdan iborat.

Kafedra a`zolari