Botanika kafedrasi

Botanika kafedrasi 1935-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1941-yilgacha bo‘lgan davrda dotsent A.U.Raximov rahbarlik qilgan va kafedrada professor S.N.Qudryashov, dotsentlardan R.M.Sumnevich, X.X.Enileev, S.Yu.Yo‘ldoshev, G.K.Shamsuddinov va Z.Latipovlar xizmat qilishgan.

Botanika kafedrasi 1935-yilda tashkil etilgan bо‘lib, 1941- yilgacha bо‘lgan davrda dotsent A.U.Raximov rahbarlik qilgan va kafedrada professor S.N.Qudryashov. dotsentlardan R.M.Sumnevich, X.X.Yenileyev, S.Y.Yо‘ldoshev, G.K.Shamsuddinov va Z.Latipovlar xizmat qilishgan.
1943-1944-yillarda kafedraga dotsent Q.Z.Zokirov rahbarlik qilgan.
1952-yili K.Z.Zokirov О‘zFA sining “Botanika” institutiga direktor qilib tayinlanishi munosabati bilan kafedraga rahbarlik qilish biologiya fanlari nomzodi, dotsent A.L.Umarovaga topshirildi.
“Botanika” kafedrasiga 1960-yildan boshlab dots. S.M.Xudoyqulov, sо‘ngra A.Hamidovlar rahbarlik qila boshladilar.
1988-1990-yillardan boshlab kafedra “Botanika va tabiatni muhofaza qilish” deb nomlana boshlandi. Bu davrda ham kafedra mudiri, dots. A.Hamidov rahbarligida о‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar saviyasini oshirishga qaratilgan muhim tadbirlar amalga oshirildi. Kafedra yildan yilga kengaya bordi. Kafedrada prof. A.Ergashov, dotsentlar A.S.Tо‘xtayev, M.I.Ibragimov, M.Inog‘omova, R.I.Toshmuxammedov, katta о‘qituvchi va assisentlardan G.Tursunboyeva, SH.Komilova, keyinchalik SH.Saidmurodovlar samarali xizmat qila boshladilar.
1990-1995-yili kafedra mudiri, prof. A.X.Xamidovning nafaqaga chiqish munosabati bilan kafedraga rahbarlik prof. A.Zikiryayevga topshirildi.
1998-yilda esa “Botanika va tabiatni muhofaza qilish” kafedrasi bazasida “Biologiya va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil etildi.
2000-yil noyabr oyida “Biologiya va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi qayta tiklanishi hisobiga “Botanika, zoologiya va ekologiya” kafedrasi tashkil etiladi. Kafedraga prof.S.Dadayev rahbarlik qildi.
2003-yil sentabr oyida fakultet kafedralari qayta kо‘rib chiqilishi natijasida “Botanika va hujayra biologiyasi” kafedrasi tashkil etildi.
2010-yilda kafedra tarkibiga “Agropedagogika, ekologiya va uni о‘qitish metodikasi” kafedrasi qо‘shilib, “Botanika, ekologiya va hujayra biologiyasi” kafedrasi deb о‘zgartirildi. 2013-yildan kafedra “Botanika” nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. 2010-yildan 2018-yilgacha kafedraga b.f.n., dotsent G.S.Tursinbayeva rahbarlik qildi. 2018-yildan esa kafedraga dosent O'.E.Xo'janazarov rahbarlik qila boshladi.
Kafedrada hozirgi kunda “Botanika", “Biologik kimyo va molekulyar biologiya”, “Molekulyar biologiya”, “Rivojlanish biologiyasi”, “Mikrobiologiya va biotexnologiya”, “Qishloq xо‘jaligining biologik asoslari”, “Fitotsenologiya”, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”, “Biologiya”, “Biogeografiya” “Noyob va yо‘qolib borayotgan о‘simlik va hayvonlar”, “О‘simlikshunoslik” kabi fanlar bо‘yicha malakali mutaxassis-pedagoglar: professorlar P.Mirxamidova, SH.Avazov, dotsentlar G.R.Tursinbayeva, О‘.Xо‘janazarov, N.Xonxadjayeva, katta о‘qituvchilar M.Isabekova, SH.Yakubjonova va о‘qituvchilar M.Boboxonova, J.Sadinov, S.Abdurizayevalar ishlamoqdalar.
Botanika sohasida olib borilgan ilmiy ishlar asosan о‘simlik biologiyasi, ekologiyasi, morfologiyasi va ba’zi bir о‘simliklarning madaniylashtirish masalalarini hal etishga, foydali о‘simliklar resurslarini о‘rganishga qaratilgan.
Dotsent G.S.Tursunbayeva о‘zining kо‘p yillik ilmiy pedagogik faoliyati natijasida darsliklar, monografiya, о‘quv qо‘llanmalar, dasturlar tayyorlagan. Dotsent G.Tursunbayeva keyingi yillarda “Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari” darsligi, “Botanika asoslari” о‘quv qо‘llanmasi, “О‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi” darsligi hammualliflikda, “Biologiya” о‘quv qо‘llanmasi hammualliflikda “Qizilqum efemerlari” monografiyasi, 70 dan ortiq ilmiy maqolalar nashrdan chiqarilgan. “Tuban о‘simliklar sistematikasi”, “Yuksak о‘simliklar sistematikasi”, “Mikrobiologiya”, “Ekologiya”, “Sporali yuksak о‘simliklar”, “Dala amaliyoti” kabi elektron darsliklari yaratilgan. Fakultet о‘quv tarbiyaviy ishlarida faol qatnashib, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda о‘z xissasini qо‘shib kelmoqda.

Professor P. Mirxamidova kafedrada ilmiy-metodik, о‘quv qо‘llanmalar dasturlar yaratish borasida ham kо‘pgina samarali ishlar olib bordi. 2001-yil A.Zikiryayev bilan hammualliflikda “О‘simliklar biokimyosi” amaliy mashg‘ulotlar, 2002-yil A.Zikiryayev bilan hammualiflikda “Biokimyo” amaliy mashg‘ulotlar, nomli о‘quv-qо‘llanmalar, 2009-yil “Biokimyo” 2013-yil A.Zikiryayev bilan hammualiflikda “Biologik kimyo va molekulyar biologiya 1-qism”, 2014-yil hammualliflikda “Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari”, 2015-yil M.Valixonov bilan hammualliflikda “Biologik kimyo va molekulyar biologiya 2-qism”, 2015-yil Qozog`iston Oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda “Biologik kimyo”, 2016-yil hammualliflikda “Biologik kimyo”, 2018-yil D.Boboxonova bilan hammualliflikda “Biologik kimyo” nomli darsliklari chop etildi. Shu bilan birgalikda “Pestitsidlarning biologik membranalarga ta’siri” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar о‘quv-metodik qо‘llanmalar nashr ettirgan. Nashr etilgan ilmiy ishlari uchun 5ta patent olgan.
Dotsent О‘.E. Xо‘janazarovning kо‘p yillik mehnati natijasida “О‘simlikshunoslik: G‘о‘za biologiyasi va paxtachilik” (2008), “Dehqonchilikdan laboratoriya mashg‘ulotlari” (2009) va “Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi” (2014) kabi о‘quv qо‘llanmalari, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” (2016) darsligi yaratilgan. U “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”, “Qishloq xо‘jaligining biologik asoslari” kabi fanlardan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazib kelmoqda. О‘.E.Xо‘janazarov 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy nashrlarda chop etilgan.
Dotsent О‘.E.Xо‘janazarov О‘zMU pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq (mintaqaviy) markazida “Ekologiyada AKT ning qо‘llanilishi”, “Ekologiyada tizimli tahlil”, “Biologiyada tizimli tahlil” kabi fanlardan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib bormoqda.

Dotsent N.B.Xonxadjayeva “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”, “Qishloq xо‘jaligining biologik asoslari”, “Fitotsenologiya”, “Biologiya” fanidan rus guruhlarda mashg‘ulotlar olib boradi. “Использование синтетических аналогов половых ферамонов при феромониторинге” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Mehnat faoliyati davomida “Agroekologiya”, “О‘simliklarni ximoya qilish”(xammualliflikda T.Narbabayeva), “Biologik xilmaxillik” (xammualliflikda G.S.Tursinbayeva) о‘quv qо‘llanma, “Ekologiya i oxrana prirodi”, “Biologiya” nomli elektron darsliklari muallifi. N.B.Xonxodjayeva 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 10 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy nashrlarda chop etilgan. Kitob uchun patent olgan.
Kafedraning о‘quv –pedagogik, ilmiy-metodik ishlarini tashkil etishda katta о‘qituvchilardan M.Isabekova, SH. Yakubjonova va о‘qituvchilar D.Boboxonova, J.Sadinov va S. Abdurizayevalarning xizmati katta.
Katta о‘qituvchi M.A.Isabekova о‘z mutaxassisligi bо‘yicha “О‘simliklar fiziologiyasi”, “Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari”, “Biologiya”, “Qishloq xо‘jaligining biologik asoslari” fanlaridan talabalarga dars о‘tib kelmoqda.
M.A.Isabekova о‘zining ilmiy –pedagogik faoliyati davomida jami 17 taga yaqin ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 о‘quv qо‘llanma “Radiobiologiya”, “Biologiyadan amaliy mashg‘ulotlar”, 40 ta ilmiy maqola 15 ta xorijiy, 25 ta respublika nashrlarida chop ettirgan. Shu bilan birga 2 ta patent ijrochisi hisoblanadi.

Katta о‘qituvchi Sh.T.Yakubjanova “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fani bо‘yicha mutaxassis, ekologiya fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib boradi. Ilmiy –pedagogik faoliyati davomida jami 40 ga yaqin ilmiy ishlar (4 ta о‘quv qо‘llanma va 30 dan ortiq maqolalarga mualliflik qilgan). Jumladan, “Umumiy ekologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlari” (2005), “Ekologiya о‘qitish metodikasi” (2009), “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari” (2016) о‘quv qо‘llanma va “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” uslubiy qо‘llanmalar muallifi.
“Agroturizm va uning tabiiy geografik jihatlari” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.
О‘qituvchi J.S.Sadinov “Botanika”, “Rivojlanish biologiyasi”, “Noyob, yо‘qolib borayotgan о‘simliklar”, “Biologiya”, kabi fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazib kelmoqda. “Phlomis L. turkumi turlarining morfo-biologik va ekologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Mehnat faoliyati davomida hammualiflikda “Botanika (о‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi)” darsligi, “Biologiya” о‘quv qо‘llanmasi tayyorlandi. 25 yaqin ilmiy maqola va tezislari xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida va ilmiy anjumanlarning materiallarida nashrdan chiqargan.
О‘qituvchi D.B.Boboxonova “Botanika”, “Rivojlanish biologiyasi”, “Noyob, yо‘qolib borayotgan о‘simliklar”, “Biologiya”, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” kabi fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazib kelmoqda. “Videleniye, ochistka i xarakteristika BAS s biokontrolnimi svoystvami” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini bajarmoqda. Mehnat faoliyati davomida 30 yaqin ilmiy maqola va tezislari xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida va ilmiy anjumanlarning materiallarida nashrdan chiqargan.
О‘qituvchi S.R.Abdurizayeva “Mikrobiologiya va biotexnologiya”, “Rivojlanish biologiyasi”, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” kabi fanlardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar о‘tkazib kelmoqda.
Mehnat faoliyati davomida 10 yaqin ilmiy maqola va tezislari xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida va ilmiy anjumanlarning materiallarida nashrdan chiqargan.

“Botanika” kafedrasi О‘zRFA qoshidagi ilmiy tekshirish institutlari bilan malakali kadrlar tayyorlashda, ilmiy ishlar olib borishda hamkorlik qilmoqda. Mutaxassislikka oid akademik-litsey, kollejlar bilan uzviy aloqada bо‘lib ularga metodik kо‘rsatmalar, ilmiy muammolarni hal etishda har tomonlama yordam berib kelinmoqda. Kafedra professor-о‘qituvchilari guruhlarda talabalar bilan olib boriladigan о‘quv tarbiyaviy ishlarini saviyasini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishga ham о‘z xissalarini qо‘shib kelmoqda.
“Botanika” kafedrasi professor-о‘qituvchilari hozirgi kunda “Botanika” darsligi, “Biologiya” о‘quv qо‘llanmasi, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” darslik va о‘quv qо‘llanmalari, “Qizilqum efemerlari”, "Janubi-g'arbiy Zarafshon tog'i yaylov o'simlik qoplami transformasiyasi" kabi monografiyalarni nashrdan chiqarishdi. Chet el nufuzli jurnallarida maqolalari chiqarildi.
Kafedra dotsenti О‘.E.Xо‘janazarov rahbarligida “Biologiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishi talabasi K.K.Gulmirzayeva 2017-yil Qarshi shahrida bо‘lib о‘tgan Oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida Biologiya (mutaxassislik) fanidan о‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida faol qatnashib, faxrli 2-о‘rinni egalladi.



2018-yildan boshlab kafedraga biologiya fanlari nomzodi, dotsent Xo’janazarov O’ktam Eshtemirovich rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada hozirgi kunda “Botanika”, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish”, “Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari”, “Biogeografiya”, “Biologiya”, “О‘simliklar fiziologiyasi”, “Bioximiya”, “Molekulyar biologiya”, “Fitotsenologiya”, “О‘zbekiston dorivor о‘simliklari”, “Qishloq xо‘jaligining biologik asoslari” kabi fanlar o'qitiladi.
О‘quv-dala amaliyoti
Har yili Toshkent viloyati, Bо‘stonliq tumani Xumson qishlog‘ida o'tkaziladi.
1–2-kurslarda botanikadan о‘tkazilayotgan о‘quv-dala amaliyoti bо‘lajak о‘qituvchi-biologlarni tayyorlashda katta ahamiyatga ega.
Tabiatda ayrim о‘simliklar turlari va о‘simliklar qoplami bilan tanishish, ma’lum uslubiy kо‘nikma hosil qilish kabilar shu о‘quv-dala amaliyoti davomida shakllanadi.
О‘quv-dala amaliyoti jarayonida о‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash texnikasini о‘rganish, о‘simliklarni morfologik jihatdan xatosiz tahlil qilish, sistematik holatini tо‘g‘ri aniqlash bо‘yicha kо‘nikma hosil etish hamda nazariy bilimlarni amaliyotda qо‘llashga о‘rganadilar.
О‘quv – dala amaliyoti davomida tabiatni muhofaza qilishga, ayniqsa amaliyot о‘tkazilayotgan hududdagi gulli о‘simliklarning muhofazasiga alohida e’tibor beriladi.


Yuklab olish uchun fayllar

Kafedraning ilmiy-istiqbolli yо‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
1. О‘zbekistonning tabiiy sharoitida keng tarqalgan ishlab chiqarishda va tabobatda ahamiyatga ega bо‘lgan о‘simlik turlarining tarqalishini, zahiralari, yashash sharoitiga moslashish xususiyatlari va xom-ashyosining asosiy belgilarini aniqlash;
2. О‘zbekiston tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish va tabiiy fanlar ta’limini takomillashtirish.
Shuningdek, kafedrada xalqaro darajadagi seminarlar o'tkaziladi.Jumladan, Tabiiy fanlar fakultetida 2017-yilning 7-dekabr kuni “Korea va О‘zbekiston ta’limi tizimdagi asosiy masalalar” (Main issues in Science Education In Korea and Uzbekistan) nomli mavzuda Xalqaro seminar о‘tkazildi.
Seminarda dots.О‘.E.Xо‘janazarov “Dunyoda biologiya fanining о‘qitilishi”(A teaching of biology in the world), prof. Y.M.Kim (Pusan Milliy universiteti, Korea) “Korea ta’lim tizimi”(“Science education in Korea”), prof. Xaye-Ae Seo (Pusan milliy universiteti, Korea) “Koreada STEAM ta’limi” (“STEAM education in Korea”)nomli mavzular bilan qatnashdi.

Yuklab olish uchun fayllar

Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakultetiga qarashli TTJ №5 da Botanika kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida 2018-yil 15-noyabr kuni “Atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik madaniyatni oshirish” mavzusida ma’naviy marifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir jarayonida talabalar mavzuga doir o‘z taqdimotlari va ko‘rgazmali materiallar bilan bugungi kunda yuzaga kelgan ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish chora tadbirlari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Professor-o‘qituvchilar ham bugungi kunda dolzarb bo‘lib borayotgan ekologik masalalar yuzasidan talabalarga o‘z fikrlarini bildirishdi. Tadbir jarayonida Tabiiy fanlar fakulteti BO‘M 103-104-203-guruh talabalari faol ishtirok etishdi.

Yuklab olish uchun fayllar

To`garaklar

Kafedrada "Hayot daraxti" ва "Qiziqarli botanika" ilmiy to'garaklari mavjud.

Ochiq dars materiallari


1. “Ўсимлик ва ҳайвонот дунёси ва уни муҳофаза қилиш.
Экологик таълим ва тарбия”

O`qituvchi : XO`JANAZAROV O`KTAM ESHTEMIROVICH            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
ruza.docx
(Ochiq dars materiali)

simlik taqdimot.pptx
(Prezentatsiya)




2. “Атмосфера ва уни муҳофазаси”
O`qituvchi : XO`JANAZAROV O`KTAM ESHTEMIROVICH            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
ruza.doc
(Ochiq dars materiali)

Атмосфера.ppt
(Prezentatsiya)




3. “Ўсимлик ва ҳайвонот дунёси ва уни муҳофаза қилиш.
Экологик таълим ва тарбия”

O`qituvchi : XO`JANAZAROV O`KTAM ESHTEMIROVICH            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
ruza.docx
(Ochiq dars materiali)

simlik taqdimot.pptx
(Prezentatsiya)




4. Noyob va yо‘qolib borayotgan о‘simliklarning dorivorlik xususiyatlari
O`qituvchi : SADINOV JASUR SAMANDAROVICH            
O`quv fani : Noyob, yo`qolib borayotgan o`simliklar va hayvonlar

Yuklab olish uchun materiallar :
scaner 008.jpg
(Ochiq dars materiali)

scaner 009.jpg
(Prezentatsiya)

taqdimot.pptx
(Prezentatsiya)

ruza.docx
(Ochiq dars materiali)




5. Замбуруғлар бўлими.
Зигомицетсимонлар синфи вакиллари билан танишиш

O`qituvchi : SADINOV JASUR SAMANDAROVICH            
O`quv fani : Botanika (morfologiya)

Yuklab olish uchun materiallar :
tahlil001.jpg
(Ochiq dars materiali)

tahlil 002.jpg
(Prezentatsiya)

tahlil 003.jpg
(Video)

tahlil.jpg
(Audio)




6. Растительнные ревсурси
O`qituvchi : XONXADJAYEVA NODIRA BAXTIYAROVNA            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
биогеоценозt.pptx
(Prezentatsiya)

DSCN8405.JPG
(Darsdan lavha)




7. Роль минеральных удобрений в селеьскоом хозяйстве
O`qituvchi : XONXADJAYEVA NODIRA BAXTIYAROVNA            
O`quv fani : Qishloq xo`jaligining biologik asoslari асослари

Yuklab olish uchun materiallar :
Слайд2.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд3.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд4.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд5.JPG
(Prezentatsiya)




8. Роль воды в природе и жизни человека проблема пресной воды
O`qituvchi : XONXADJAYEVA NODIRA BAXTIYAROVNA            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
Слайд1.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд2.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд3.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд4.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд5.JPG
(Prezentatsiya)

Слайд6.JPG
(Prezentatsiya)




9. Теоритические основы экологии
O`qituvchi : XONXADJAYEVA NODIRA BAXTIYAROVNA            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
Основные среды жизни.docx
(Ochiq dars materiali)

Основные среды жизни.ppt
(Prezentatsiya)

дарсдан лавхалар.pdf
(Darsdan lavha)




10. Ikkilamchi o
O`qituvchi : BOBOHONOVA DILNOZA BAXODIROVNA            
O`quv fani : Botanika (morfologiya)

Yuklab olish uchun materiallar :
2-ochiq dars Boboxonova.doc
(Ochiq dars materiali)




11. Проблема шума в городах
O`qituvchi : DJUMAYEVA ZARINA FURQATOVNA            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
шум.ppt
(Prezentatsiya)




12. Почвенная среда и ее влияние на почвенные организмы
O`qituvchi : DJUMAYEVA ZARINA FURQATOVNA            
O`quv fani : Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuklab olish uchun materiallar :
почвенная срада.ppt
(Prezentatsiya)

jumayeva ochiq dars rasm.jpg
(Darsdan lavha)



Kafedra a`zolari