Kimyo va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi

Kimyo va uni o’qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo’nalishida o’zbek va rus guruhlari hamda magistratura yo’nalishida Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisligida talabalar tahsil olmoqda.

Kimyo va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining to‘ng‘ich kafedralaridan biri.
1935-yilda Toshkent davlat pedagogika instituti Tabiyot-geografiya fakulteti tarkibida “Kimyo” kafedrasi ish boshlagan. O‘sha vaqtda kafedraga kimyo fanlari doktori, professor A.Murtazoev mudirlik qilgan. Kafedra a’zolari N.X.Shokirova, Z.X.Ishbulatova va boshqa mutaxassislar respublikamiz kimyo fani va uni o‘qitish metodikasi rivojiga munosib hissa qo‘sha olgan. Fan dasturlarini yaratish, kimyo o‘qitishning mazmuni, metod va shakllari ustida tinimsiz izlanishlar olib borib, katta natijalarga erishgan. Ular tayyorlagan shogirdlar Vatanimizning turli burchaklarida, yaqin va uzoq xorij mamlakatlarida yoshlarga kimyo fanidan mahorat bilan dars o‘tgan va o‘tmoqda.
II jahon urushining dastlabki yillarida fakultet qatori Kimyo kafedrasi ham o‘z ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.
1944-1945-o‘quv yilidan Fizika-matematika fakulteti qoshida Tabiyot-geografiya bo‘limi ochilgan. Bo‘lim qoshida Kimyo kafedrasi ham faoliyat ko‘rsata boshlagan. Kafedraga dotsent O.Shodmonov mudirlik qilgan. Kafedra tarkibida N.X.Shokirova, Z.X.Ishbulatova kabi mutaxassislar ilmiy-pedagogik faoliyat yuritgan.
Kafedra jamoasi barcha davrlarda ham o‘z ziimasidagi sharafli va mas’uliyatli vazifalarni yuqori saviyada hal qilishga intilgan va bunga erishgan ham, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Urush va urushdan keyingi yillardagi qiyinchiliklarga qaramay, ustozlar mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida yosh avlodga bilim berish, o‘sib kelayotgan yoshlar esa shu bilimlarni mukammal egallash, ularni amaliyotga tatbiq qilish va farovonlikka erishish istagi bilan yonib mehnat va o‘quv faoliyatiga kirishganlar.
Turli yillarda kafedraga kimyo fanlari nomzodi, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rashid Qodirovich Qodirov, kimyo fanlari doktori, professor O.Y. Yo‘ldoshev, pedagogika fanlari nomzodi, professor Maxsud Islomovich Umarov, kimyo fanlari nozodi, professor Niyoz G‘iyosovich Raxmatullaev, pedagogika fanlari doktori, Xojiqul Tavboevich Omonov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiki, kimyo fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Yunus Toshpo‘latovich Toshpo‘latov, texnika fanlari doktori, professor Shavkat Miromilovich Mirkomilov, dotsent Z.X.Maxamatqulova, katta o‘qituvchi Sh.X.Shomurotova va k.f.d. G.N.Dolimova, k.f.n., N.I.Bozorovlar rahbarlik qildi.Hozirda dotsent A.Yu.Iskandarov rahbarlik qilmoqda.

Bugungi kunda kafedrada 1 nafar professor: t.f.d. Sh.M.Mirkomilov; 5 nafar dotsent: t.f.n. Z.X.Maxamatqulova, p.f.n. F.A.Alimova, k.f.n. M.I.Ibodullaeva; k.f.n.: K.K.Kultayev; dotsent A.Yu.Iskandarov: 4 nafar katta o‘qituvchi: A.A.Mamadaliyeva, D.T.Usmonova, Sh.X.Shomuratova, S.A.Ismoilov; 5 nafar o‘qituvchi: X. Xismatova, R.A.Amanov, Sh.Saydaxmetova, N.O.Temirov, Sh.Farmonova, kabinet mudiri S.A.Movlonovalar mehnat qilmoqdalar.
2018-yildan Kimyo o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri lavozimida dotsent Iskandarov Aybek Yuldashovich faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari bakalavriatning Kimyo o‘qitish metodikasi, Biologiya o‘qitish metodikasi, Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi, Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishlari ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladigan guruh talabalariga 21 ta fandan, shuningdek, Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi(kimyo) magistratura mutaxassisligida o‘qiyotgan talabalarga 7 ta fandan saboq beradilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan DTS asosida barcha o‘quv fanlari, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyoti fan dasturlari va ishchi dasturlari, kalendar-mavzuli rejalar, o‘quv-metodik majmualar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari ishlanmalari tayyorlangan. O‘qitiladigan fanlarning barchasi lotin alifbosidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlangan, bu adabiyotlar va ularning elektron ko‘rinishilari Axborot resur markazida mavjud.
Kafedrada o‘qitilayotgan har bir fanni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib olib borish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Xususan, kafedrada Internet tarmog‘iga ulangan kompyuterlar mavjud.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida universitet ARM va Axborot texnologiyalari markazi filiallari faoliyat ko‘rsatyapti. Filiallarda mavjud kompyuterlarning barchasi internet tarmog‘iga ulangan.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni keng joriy qilish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda: ma’ruzalar kompbyuter, proektor, ekran, ko‘rgazmali qurollar, ko‘rgazma stollari bilan ta’minlangan va kuzatish kameralari o‘rnatilgan ma’ruza zallarida olib boriladi.

Kafedra mudiri, dotsent A.Yu.Iskandarov 4-kurs talabalariga eksperiment o‘tkazish
metodikasi fanidan saboq bermoqda.

K.f.n.,dotsent M.I.Ibodullayeva. Taqdimot mavzuni puxta o‘zlashtirishga ko‘maklashmoqda.



2004-2006-yillarda akademik Yu.Toshpo‘latov va k.f.d., Z.Soatov «Fitoekdisteroidlar» monografiyasi qo‘lyozmasini yozish va nashrga tayyorlash”;
2007-2012-yil “Kimyo va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professori, akademik Yu.T.Toshpo‘latov rahbarligida bir guruh kafedra o‘qituvchilari “Научные основы образования новых функсиональных групп на натуральных и синтетических волокнообразущих полимерах” (2008-yilda akademik Yu.T.Toshpo‘latovning vafotidan so‘ng uning shogirdi dos. Z.X.Maxmatqulova davom ettirdi);
2008 yilda professor N.G.Raxmatullaev “Kimyo o‘qitish metodikasi fanidan darslik yaratish” bo‘yicha innovatsion grant sohibi bo‘ldi. Professorlar N.G.Raxmatullaev, Sh.M.Mirkomilov va Toshkent moliya instituti professori X.T.Omonov bilan xamkorlikda respublikada birinchi marta o‘zbek tilida lotin grafikasida «Kimyo o‘qitish metodikasi» darsligini yaratish bo‘yicha grant ishlarini bajardi. Darslik 2013-yilda nashr qilindi.
2004-2006-yilda Yosh olimlar granti doirasida D.Usmonova «Разработка фундаментальных основ изучения разнозвенности простых эфиров полесахаридов» mavzusidagi rnat ishlarida ishtirok etdi.
2017-2018-o`quv yilida kafedra professor o'qituvchilari tamonidan bir qator darslik va o`quv qo'llanmalar tayyorlandi. Jumladan, A.Yu.Iskandarovning "Kimyodan masalalar yechish metodikasi"nomli darsligi,N.Bozorovning "Umumiy kimyo" darsligi shular jumlasidan. Yana ushbu 2017-2018-o'quv yilida kafedarda ikkita o`qituvchisi dotsent ilmiy unvonini oldilar.
Kafedra universitet va respublika miqyosida ilmiy-nazariy va ilmiy amaliy konferensiya hamda seminarlar tashkil etib keladi:
Kimyo fani yutuqlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish masalalari»ga bag‘ishlangan videokonferensiya fikrimizning yorqin tasdig‘i bo‘la oladi.



Videokonferensiya Prezidiumida (chapdan) akademik N.A.Parpiyev, universitetning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori professor M.Xaydarov, akademik Yu.T.Toshpo‘latov, professorlar: Sh.M.Mirkomilov, N.G.Raxmatullayev va konferensiya kotibasi Sh.Saydaxmetova.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” ni o‘tkazish O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida siyosiy-xuquqiy , ijtimoiy-iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviysoxalarda erishgan ulkan yutuqlarning hayotbaxsh manbai bo‘lgan mustaqillikning xalqimiz mamlakatimiz tarixidagi beqiyos mazmun mohiyati va ahamiyatini talaba-yoshlarga yetkazish ishlarini samarali tashkil etildi. Kimyo o`qitish metodikasi» yo`nalishi 101,102,103,201,202,203, 301,302,303-guruh talabalari hamda guruh murabbiylari bilan ulug` rahbarimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlarini yodga olish maqsadida «Xotira darsi» tashkil etildi va o’tkazildi. “Xotira darsi” da Prezident Islom Abdug‘anievich Karimovning Vatanimiz mustaqilligi, xalqimiz ozodligi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi, ona-yurtga muhabbat, millatimiz oldidagi yuksak xizmatlari talaba yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirildi. 2017-2018-o‘quv yili 1-kursga qabul qilingan talabalarga universitet rahbariyati va tashkiliy bo‘limlari o‘quv-uslubiy boshqarma, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘limi, ATM, Axborot resurs markazi (Elektron kutubxona), o‘quv-tanishuv mashg‘ulotlari murabbiylar tomonidan tashkil qilindi va o‘tkazildi. Fakultet tomonidan tayyorlangan “Birinchi kurs maktabi” taqdimotlari tinglandi.

10-talabalar turar joyida kafedrada faoliyat olib borayotgan guruh murabbiyligi bor bo‘lgan professor - o‘qituvchilarning guruh talabalarini talabalar turar joyida yashash ichki tartib qoidalari bilan tanishtirishga qaratilgan davra suhbati o`tkazildi.


Kafedrada 1-3-kurs «Kimyo o‘qitish metodikasi» yo‘nalishi guruh talabalari hamda guruh murabbiylari bilan ta’lim muassasa va talabalar turar joylari hududlarini obodonlashtirish, o‘quv binolari va o‘quv xonalarida shanbaliklar uyushtirildi. 1-oktyabr - «O`qituvchi va murabbiylar kuni» bayramini nishonlash va uni o`tkazish maqsadida universitetda bayram tadbiri tashkil qilindi. Bayram munosabati bilan kafedramizda ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilgan va hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan ustoz onaxon murabbiylardan M.Ortiqovaning holidan xabar olindi va bayram bilan tabriklandi.

10- TTJ da 8-dekabr Konstitutsiya kuni «Konstitutsiyamizni o’rganish burchimizdir» mavzusidagi davra suhbati o`tkazildi.

“Kimyo o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 101,102-guruh talabalari bilan xarbiy xizmatni o`tagan talabalar bilan akadem guruhlarda «Mard yigitlar vatan uchun jonini beradi» mavzusidagi davra suhbati o`tkazildi.

“Kimyo o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 201-guruh talabalari bilan Alisher Navoiy va Zaxriddin Muxammad Bobur tavalludi munosabati bilan «Buyuk ajdodlarimiz hayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma’rifatli insonlarni hayratga solib kelayotgan yutuklari-ma’naviy jasorat namunasi» mavzusidagi davra suhhbati o`tkazildi.

“Kimyo o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi 101,102-guruh talabalari va 1-kurs magistrlari ishtirokida «Mobil telefonlaridan foydalanish madaniyati» mavzusidagi davra suhbati o`tkazildi. Tadbirda magistrlar tomonidan o`quv mashg‘ulotlari vaqtida surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish mumkin emasligi haqida tushunchalar berildi.

To`garaklar

Kafedrada "Mo'jizakor kimyo","Yosh kimyogar","Kimyoda innovatsion texnologiyalar" nomli to'garaklar faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. Agrokimyo
2. Analitik kimyo
3. Analizning fizikaviy-kimyo metodi
4. Anorganik kimyo
5. Anorganik kimyo o`qitish metodikasi
6. Bitiruv malakaviy ish
7. Bitiruv malakaviy ishi
8. BMI
9. DAK
10. Davlat attestasiya komissiyasi
11. Ekologik kimyo
12. Eksperimentlar o'tkazish metodikasi(101-102-guruhlar,48nafar)
13. Elektro kimyo
14. Fizik kimyo
15. Fizikaviy va kolloid kimyo
16. Hayot faoliyati xavfsizligi
17. Кимё
18. Kimyo o’q zamonav tex(o'zbek 301-guruh, 16 nafar)
19. Kimyo (BO'M) 2-muraxassislik
20. Kimyo (BO`M)
21. Kimyo asoslari
22. Kimyo asoslari (Mehnat ta'limi maxsus sirtqi)
23. Kimyo o`qitish metodikasi
24. Kimyo o`qitish metodikasi
25. Kimyo o`qitish metodikasining nazariya asoslari
26. Kimyo tarixi
27. Kimyodan eksperimental masalalar yechish metodikasi
28. Kimyodan hafvsizlik texnikasi
29. Kimyodan masalalar yechish metodikasi
30. Kimyoni o`qitishda innovatsion texnologiyalar
31. Kimyoviy eksprimentlar o`tkazish metodikasi
32. Kimyoviy texnologiya
33. Kompleks birikmalar kimyosi
34. Kompleks birikmalar kimyosi
35. Kristallo kimyo
36. Kurs ishlari
37. Kvant kimyo
38. Magistrga rahbarlik
39. Magistrlik dissertatsiyasi
40. Malaka oshirish
41. modda tuzilishi
42. Mutaxassislik fanlarini o`qitish metodikasi
43. Noorganik kimyo
44. Noorganik kimyoning nazariy asoslari
45. Noorganik sintez
46. O'quv amaliyot
47. Ochiq dars
48. Ekologik kimyo
49. Organik kimyoni o`qitish metodikasi
50. Organik kimyoning nazariy asoslari
51. Organik sintez
52. O`quv amaliyoti
53. O`quv amaliyoti
54. O`quv ishlab chiqarish amaliyoti
55. Pedagogik amaliyot
56. Polimerlar kimyosi
57. Qayta topshirish
58. Qayta topshirish.
59. QT va MO
60. Sanoat ekalogiyasi
61. Tabiiy va sintetik polimerlar modifikatsiyasi
62. Umumiy kimyo
63. Umumta'lim fanlarni kasbga yo'naltirib o'qitish metodikasi
64. kimyo o'qitish metodikasi
65. noorganik kimyoni o`qitish metodikasi
66. organik kimyo o`qitish metodikasi
67. kimyo o'qitishda zamonaviy texnologiyalar

Kafedra a`zolari