Tasviriy san’at va uni о'qitish metodikasi kafedrasi

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi 1955-yil Fizika-matematika fakulteti qoshida tashkil etilgan. Rassom-pedagoglar Malik Nabiyev, Mannon Saidov, Kozim Eminov, Yusuf Yelizarov, Nikolay Bannikov, Nina Kovinina, Rо‘zi Choriyev, Tachat Oganesov, Nikolay Ten, Abdimumin Boymatov, Ne’mat Abdullayev,Yanis Salpinkidi, G.Abduraxmanovlarning ilk faoliyatidan boshlab kafedraning yuqori kasb mahoratga egaligi ma’lum bо‘ldi. Kafedra mudiri lavozimiga I.A.Yurovskiy tayinlangan. 1963-yildan kafedraga M. Nabiyev rahbarlik qilgan.Ushbu davrlarda talabalarni tasviriy san’at nazariyasi va tarixidan bilimini oshirish maqsadida Moskva va Leningrad shahridagi muzeylarga va Uzbekistonning qadimgi shaharlariga о‘quv ekskursiyalar tashkil etildi. 1977-yili Tasviriy san’at va chizmachilik kafedrasi qoshida ikkita kafedra tashkil etildi: "Qalamtasvir" va "Tasviriy san’at va chizmachilik" kafedralari. "Qalamtasvir" kafedrasining dotsent N.Z.Ten, "Tasviriy san’at va chizmachilik" dotsent A.Inog‘amov boshqardilar. 1991-yilda kafedra mudiri lavozimiga N. Abdullayev tayinlangan. 1997- yildan 2000-yilgacha kafedrani B.Baymetov boshqargan, 2000-yildan 2004-yilgacha kafedra mudiri dotsent U.Nurtayev bo`lgan. 2004-yildan 2007-yilgacha dotsent N.Tolipov, 2015-yildan hozirgi kunga qadar kafedrani dotsent R.SH.Xalilov boshqarib kelmoqda

Universitet binosi - 1970 yillar
Photo: © Universitet arhivi

Akademik Malik Nabiyevning 70 yoshlik yubileyidan lavha
Photo: © Universitet fotoarhivi

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi kunduzgi va maxsus sirtqi bо‘lim talabalari bilan ishlaydi. Kafedra pedagoglari kunduzgi va maxsus sirtqi talabalarning kurs loyihalari va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qiladilar. Kafedraning pedagogik faoliyati quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshadi:
-Talabalarning ijodiy faoliyatini tashkil etish;
- plener amaliyotini tayyorlash va о‘tkazish va umumiy о‘rta ta’lim maskanida pedagogik amaliyotni tashkil etish va о‘tkazish.

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi tasviriy san’at о‘qituvchilarini tayyorlashda hamda о‘quv jarayonini ilmiy-metodik sifatini oshirishni ta’minlashga katta e’tibor beradi. Kafedra muntazam ravishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi. Eksperimental tadqiqot materiallari turli darajadagi konferensiyalar, ilmiy maqolalar, tezislarda о‘z aksini topib kelmoqda. Kafedrada о‘quv qо‘llanmalar va darsliklar yozilib chop etiladi. Bu ilmiy tadqiqotlarning barcha natijalari jahon tasviriy san’ati va xususan О‘zbekiston san’ati rivojiga qaratilgan. Ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalari ijodiy kо‘rgazmalarda namoyish etiladi va rassom-pedagoglar va iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari kataloglar va albomlar kо‘rinishida uz aksini topib kelmoqda. Kafedrada yetuk xorijiy oliy ta’lim muassasalar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarga alohida e’tibor berilgan. Kafedra professor-о‘qituvchilari va iqtidorli talabalar xorijiy oliy ta’lim muassasalarda malaka oshirishi, stajirovka о‘tashi va ta’limni davom ettirish imkoniyatiga egadirlar.

Tasviriy san’at va uni о‘qitish metodikasi kafedrasi fakultet va universitetning madaniy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedra pedagoglari va iqtidorli talabalar xalqaro va respublika ko`rgazmalarida muntazam ravishda ishtirok etib kelyaptilar.Kafedra milliy urf-odatlarni qadrlab, fakultet va universitetda nishonlanadigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Kafedra professor-о‘qituvchilari pedagog-veteranlarga hurmat va ehtirom ila kelajak yoshlarini yetuk ma’naviy jihatdan tarbiyalash maqsadida suhbatlar tashkil etib kelmoqdalar.

To`garaklar

Talabalarning kasbiy mahoratini yanada oshirish maqsadida Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi qoshida bir necha yildirki «Musavvir», «Iste'dod», «Palitra», «Yosh san'atshunos» to'garaklari faoliyat ko'rsatib kelmoqda

Kafedra a`zolari