Boshlang'ich ta’lim metodikasi kafedrasi

Bilimlar xazinasiga boshlang`ich ta`limda asos solinadi.

Kafedrada yetakchi professor- o'qituvchilar innovatsion yondashuvlar asosida dars mashg'ulotlarini olib borishadi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda Respublikadagi umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida o'qitiladigan fanlarni nazariyasi va metodikasi bo'yicha bilim ko'nikma va malakalar, kompetensiyalar rivojlantiriladi.

Kafedrada R.Mavlonova, B.Abdullayeva, A.Xoliqov, M.Jumayevlarning ilmiy maktablari yaratilgan. 2007- yilda M.Jumayev professor unvonini olgan. 2017-yilda M.Toshpulatova falsafa doktori(PhD) ilmiy darajasini olgan.2018-yilda A.Xoliqov fan doktori(Ds), U.Masharipova falsafa doktori(PhD)ilmiy darajasini olgan. 2018-yilda U.Masharipova, X.Sattorova,D.Xodiyeva, Z.Urazovalar dotsent ilmiy unvonini oldilar.
Kafedraning professor o'qituvchilari xalqaro va respublika ilmiy jurnallarda, xalqaro va respublika konferensiyalarida ilmiy metodik maqolalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Yuklab olish uchun fayllar

Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida tahsil olayotgan talabalarning o‘zlari tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha sifatli ta’lim olishlari bilan bir qatorda ularning tarbiyaviy ish sohasini mukammal egallashlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ishlarni rejali amalga oshirish, Axborot va murabbiylik soatlari, treninglarni tashkil qilishda fakultet guruh murabbiylari kengashi faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi yuksak samara bermoqda.
Joriy yilning o‘tgan ikki oyi mobaynida “Mustaqillik darslari”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabatlari bilan tashkil qilingan tadbirlar barcha akademik guruhlarda yuqori saviyada o‘tkazildi. Yuqoridagi tadbirlarga bag‘ishlangan devoriy gazetalar, “Eng yaxshi insho” tanlovlarida Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etishdi. Fakultetning 105-guruh talabalari universitet bo‘yicha o‘tkazilgan til bayramiga bag`ishlab chiqarilgan devoriy gazetalar bo‘yicha 3 o‘rinni olib universitet yoshlar bilan ishlash prorektori O.Qo‘ysinov tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi. Jumladan, “Ona tilim jonu dilim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilib, mazkur tadbirda insholar bo‘yicha tanlov g‘oliblari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar. Tadbirlarning badiiy qismlarini tashkil qilishda Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabalari va professor-o‘qituvchilari munosib hissa qo‘shdi.
Shuningdek, Sentabr-oktabr oylaridagi fakultet guruh murabbiylari faoliyati tahlili BT 101-guruh (N.Vohidova), BT 102-guruh (M. Toshpo‘latova), BT404(R) - guruh (A.Sadikova) larida amalga olib borilayotgan tadbirlarning sifati, hujjatlarining rasmiylashtirilishi nisbatan yaxshiligini ko‘rsatdi.Barcha guruhlarda murabbiylik soatlarini turli mavzular bo‘yicha seminar treninglar tarzida tashkillashtirilganligi barcha talabalar uchun qiziqarli va mazmunli tarbiyaviy soat sifatida o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Talabalarning ushbu seminar treninglardagi faol ishtiroki va turli xil takliflar bilan ushbu trening mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi fikr- mulohazalari guruh murabbiylariga yanada zavq bag‘ishladi.Mazkur holatlarni quyidagi rasm tasvirlar orqali ko‘rish mumkin.
Umuman fakultet dekanati o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalar hamda guruh murabbiylarini o‘z vaqtida esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar bilan muntazam rag‘batlantirib kelmoqda.
2018-yil 5-sentabrda talabalar o’rtasida “Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!” mavzusida suhbat o’tkazildi. Bundan maqsad Vatanning buyukligini his qilishdir. Bu suhbatning mazmuni shundan iboratki, “Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!” degan bosh g`oyani o’zida mujassam etgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ-3814-sonli “O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma yetti yillik bayramiga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash; mamlakatimizda amalga oshirilayotgan an’anaviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy, siyosiy-huquqiy, axloqiy-tarbiyaviy sohalardagi keng ko`lamli islohotlar samarasi o`laroq, yurtimiz tubdan o`zgarayotgan bir davrda xalqimiz va butun dunyo tomonidan haqli e’tirof etilayotgan natija va yutuqlarni universitet jamoasi va talaba yoshlar o’rtasida targ’ib-tashviq qilishdir. Talabalar Ona Vatan nimaligini, uning qadr-qimmatini chuqur anglab yetgan millatning farzandlari ekan, Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo`shishlari kerakligini anglab yetdi.
11-sentabrda talabalar universitet kutubxonasi bilan tanishishdi. Ular Universitet kutubxonasiga tanishish maqsadida borishdi va u yerda bir necha professor o`qituvchilar va ulug` shaxslar bilan tanishishga muvaffaq bo`ldilar. Talabalar u yerga kirib juda ham mamnun bo`ldilar. Universitet kutubxonasi juda ham kitobga boy, fayzli dargohligini, u yerga bir kirgan inson boshqa chiqolmay qolishini his qildilar. Kutubxonada ziyolilar, ulug` shaxslar, olimlarning hayoti va ijod faoliyati haqida kitoblar va ularning qiziqarli fotosuratlari bilan tanishishdi. U yerda zamonaviy texnik jihozlarning barcha turi mavjudligiga talabalar juda quvonishdi. Kutubxona talabalarga juda ham ma’qul keldi. TDPU kutubxonasi ularni kitoblari bilan qiziqtirib qo`ydi, talabalarni o’qishga bo’lgan ishtiyoqini yanada oshirdi va ular kutubxonadan unumli foydalanishni oldilariga maqsad qilib ketishdi.
12-sentabrda talabalar O`zbekiston Milliy Akademik drama teatriga “Momo yer” spektaklini tomosha qilishga borishdi va o`tgan ajdodlarimiz hayoti, ularning yashash sharoiti bilan tanishib kelishdi. Spektaklda ota-bobolarimizning Vatanga, Ona tuproqqa bo`lgan sadoqati, mehr-muhabbatini ko`rib, yoshlarning ko`ziga yosh keldi. Talabalar shuni bildiki, ajdodlarimiz Vatan uchun, Ona tuproq uchun jonlarini ham ayamas ekanlar. Biz mustaqillikka erishgunimizga qadar qanchadan qancha ajdodlarimiz tinimsiz kurash olib borganlar. Spektaklda insonparvarlik, Ona yerga, Vatanga bo’lgan cheksiz muhabbat tasvirlangan. Bu spektaklda Vatanini himoya qilish maqsadida o`z uyi, oilasidan voz kechgan mard, jasur o`g`lonlarimizning hayoti aks ettirilgan.Yoshlar bu spektakldan kelib chiqib, mustaqilligimizning qadriga yetib, ajdodlarimizga munosib avlod bo`lib yashash zarurligini his qilishdi va kelajakda o`z kasbining mutaxassislari bo`lib, Vatanimiz rivojiga munosib hissa qo`shishlarini aytishdi.
13-sentabr kuni talabalar Zo`r TV telekanaliga “Nima gaplar” ko`rsatuviga borib nafaqat Vatanimizda, balki jahonda bo`layotgan yangiliklar bilan tanishib, yangiliklarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qilishdi.Yoshlar dunyoda bo`layotgan yangiliklar bilan tanishib chiqib o`zlari uchun kerakli bo`lgan xulosaga kelishdi. Zo`r TV telekanali xodimlari yoshlarni televideniya bilan tanishtirib qizg`in suhbat olib bordi va talabalar bundan juda ham xursand bo`lishdi. Zo`r TV ijodkorlari bilan TDPU doim aloqada bo`lib, hamkorlik yuritadigan kelgusi sonlarida ham yoshlar albatta qatnashadigan bo`lishdi. Talabalar har qanday sohada, sport, madaniyat, televideniya kabi sohalarda faol bo`lishi zarurligini va bunga amal qilishlari lozimligini bilib olishdi.
19-setnabr kuni talabalar Jismoniy madaniyat yo`nalishi 3-kurs talabasi “Zulfiyaxonim” sovrindori Yosh Zulfiyaxonim Iroda Jumanova bilan tanishdilar. Bu tadbirda fakultet Xotin-qizlar qo`mitasi raisi Dilrabo Hodiyeva bilan suhbat o`tkazildi. Bu suhbatda yoshlarning sog`lom o`sishi uchun sport turlariga jalb qilish, “Zulfiya” mukofoti yo`nalishi bo`yicha talantli talabalarni tanlab olish va ular bilan suhbat o`tkazish bo`lib o`tdi. “Zulfiya” mukofotida sport, adabiyot, san’at yo`nalishlari mavjudligini bilib olishdi. Bu suhbatni o`tkazishdan maqsad talabalarni “Zulfiya” mukofotiga jalb qilish va qiziqtirishdan iboratdir.
27-sentabr kuni talabalar “Adiblar xiyoboni”ga guruh rahbari bilan birgalikda borishdi. U yerda sovet davri davomida ulkan ijod namunalari qoralangan zabardast yozuvchilarimizning haykallari mustaqillik davrida Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanganiga yana bir bor guvoh bo`lishdi. U yerdagi adiblar mustaqillikdan faxrlanib, hozirgi yosh avlodga ishonch bilan boqib turgandek korindi. Talabalar u yerdagi haykallarga nazar tashlar ekan, ajdodlarimizga munosib avlod bo`lishlari kerakligini yana bir bor anglab yetishdi. U yerdagi konferensiyalar zaliga borib Sirojiddin Sayyidning nutqlarini tingladilar. Ular har bir insonning qalbida vatanparvarlik ruhini yana bir bor uyg`otgan holda o`zlarining “Egasi bor yurtning ertasi bordir” she’rini o`qib berdilar.
2018-yil 3-oktyabr kuni “Kitobxonlik-ma’naviyat ko‘zgusi” tadbiri
Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 402-401-105-guruh talabalari hamda guruh murabbiylari “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsentlari Z.Urazova, N.Muxitdinova, A.Shodmonova “Umumiy pedagogika” kafedrasi bilan birgalikda “Kitobxonlik-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi xodimlari M.Dilmurodova va R.I.Ratnelar tashrif buyurishdi. Unda Pedagogika sohasiga doir ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan tanishildi, kitobxonlik va mutoala madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan loyihalar bilan tanishtirildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar va adiblar qatnashdi Tadbir qiziqarli va jonli tarzda o‘tdi.
Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida «Yong‘in xavfsizligi profilaktikasi kuni»ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, amaliy tadbir 2018-yil 17-oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda BOshlan-ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultet Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari K.Abdullayev hamda A.R.Axmedov, M.M.Yuldashev, A.A.Gulyamov, Toshkent shahar Chilonzor tumani TYOXB xodimlari bilan hamkorlikda.
2018-yil 17-oktyabr kuni “Pokizalik - salomatlik garovi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.A.Akramov rahbarligida “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 402, 301, 302-guruh talabalari hamda guruh murabbiylari “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsentlari Z.Urazova, X.Sattorova hamda fakultet Xotin-qizlar kengashi raisi D.Xodiyeva, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini K.Abdullayevlar bilan birgalikda “Pokizalik-salomatlik garovi” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqod instituti Toshkent shahar bo‘linmasi xodimi ginekolog N.A.Rasulova, universitet Xotin-qizlar kengashi raisi M.A.Sobirova, universitet Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi N.Musayevalar tashrif buyurishdi. Tadbirda Reproduktiv salomatlik, qarindoshlar orasida nikohni salbiy ta’siri haqida suhbat o‘tkazildi. Respublikada “Reproduktiv salomatlik va tug‘ma nogironlik” ning oldini olish bo‘yicha qilinayotgan loyihalar bilan tanishtirildi. Tadbir qiziqarli va jonli tarzda o‘tdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob va maslahatlar olishdi.
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi hamda Musiqa ta’limi kafedrasi hamkorligida
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yiligi munosabati bilan “Ona tilim – sarchashmangdan sarxush dilim” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi o‘tkazildi. 1-o‘rin BT 104-guruh, 2-o‘rin BT-207 guruh, 3-o‘rin BT-105, 106-guruhlar qo‘lga kiritdilar.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yiligi munosabati bilan “Ona tilim-jonu dilim” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Bunda barcha guruhlardan talabalar shtirok etilar. Barchasiga ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.
2018-yil 24-oktyabr Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti “O‘zbekiston – Rossiya: Munosabatlar tarixi, bugungi holati va istiqboli” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda: O‘zbekiston Milliyteleradiokompaniyasining siyosiy sharhlovchisi, Shuxrat medali sohibi Karimbekov Qobilbek To‘xtabekovich, Fakultet dekani A.A.Akramov, barcha kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilar , talabalr jami 58 nafar ishtirok etishdi.



Yuklab olish uchun fayllar

To`garaklar

Boshlang’ich ta`lim metodikasi kafedrasi tomonidan quyidagi to’garaklar
tashkil qilingan.
1. “Yosh filolog” - rahbar filologiya fanlari nomzodi, dots. M. Hamroyev
2. “O`zbek tilini o`rganamiz”- rahbar pedagogika fanlari nomzodi,
dots. Sh. Yo`ldosheva
3. “Meros” - rahbar pedagogika fanlari nomzodi, dots. D. Aburahimova
4. “Yosh pedagog” - rahbar pedagogika fanlari nomzodi, dots. N. Vohidova
5. “Mohir qo’llar”- rahbar dots. D. Xodiyeva
6. “Jas matematik”- rahbar katta o`qituvchi M. Sultonov
Yuqorida sanab o`tilgan har bir to`garak o`z dasturi, ish rejasiga ega bo`lib bu hujjatlar fakultet dekani va Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan.

Kafedrada o`qitiladigan fanlar

1. Boshlang'ich sinflarda ona tili va matematikadam sinfdan tashqari ishlar
2. Boshlang`ich matematika kursi nazariyasi
3. Boshlang`ich sinflarda integratsiyalang`an ta`lim
4. Boshlang`ich sinflarda mehnatdan sinfdan tashqari ishlar
5. Ona tili va bolalar adabiyoti
6. Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlar
7. Boshlang`ich ta`lim fanlar nazariyasi magis
8. Boshlang`ich ta`lim fanlar nazariyasi magis (matematika)
9. Mutazasislik fanlarini o`qitish metodikasi
10. Boshlang`ich ta`lim fanlari nazariyasi
11. Boshlang`ich ta`lim fanlarini o`quv-uslubiy majmualarini yaratish texnologiyasi
12. Boshlang`ich ta`lim metodologiyasi
13. Boshlang`ich ta`limda innvoatsion-pedagogik texnologiyalar
14. Boshlang`ich ta`limni o`qitishda innovatsion pedagogik texnogiyalar
15. Boslang`ich sinflarda axborot texnologiyalar
16. Boslang`ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlar
17. Hozirgi o`zbek tili
18. Hozirgi rus (o'zbek) tili
19. Ijtimoiy pedagogika
20. Ingliz tili
21. Integratsiya nachalnogo obrazovaniya
22. Ispolzovanie innovatsionnix texnologii v nachalnix klassax
23. Kurs ishi
24. Maktabgacha ta`limda axborot texnologiyalari
25. matematika
26. Matematika nazariyasi va amaliyoti (Magistratura)
27. Matematika o`qitish metodikasi
28. Matematika o`qitish metodikasi (english)
29. Matematikadan axborot texnologiyalar
30. Mehnat va uni o`qitish metodikasi
31. metodika prepodavaniya matematiki v nachalni`xklassax
32. Metodika prepodavaniya rodnogo yazi`ka
33. Metodika prepodavaniya spetsialni`x distsiplin
34. METODIKA PREPODOVANIYA PRIRODOVEDENIYA
35. Metodika vospitatelnix rabot
36. Metodi` prepodavaniya estestvenni`x nauk
37. Mexnatdan sinfdan tashqari ishlar
38. Mutaxassislik fanlari o`qitish metodikasi
39. Mutaxassislik fanlarni o`qitish metodikasi
40. Obщaya pedagogika
41. Oliy matematika asoslari
42. Ona tili va adabiyot
43. Ona tili o'qitish metodikasi fanidan kurs ishi
44. Ona tili o`qitish metodikasi
45. Ona tili va adabiyot
46. Ona tili va bolalar adabiyoti
47. O`zbek tili
48. Pedagogcheskaya konfliktologiya
49. Pedagogik amaliyot
50. Pedagogik dagnostika
51. Pedagogik mahorat
52. PRIRODOVEDENIE I METODIKA EGO PREPODAVANIYA
53. Rodnoy yazik
54. Rodnoy yazik i detskaya literatura
55. Rodnoy yazi`k i detskaya literatura
56. Rodnoy yazi`k i literatura
57. Rus tili
58. Russkiy yazi`k
59. Russkiy yazi`k i detskaya literatura i golklor
60. Russkiy yazi`k. Detskaya literatura i golklor
61. Russkiy yazi`k. Detskaya literatura i golklor
62. Sotsialnaya pedagogika
63. Sovremenni`y russkiy yazi`k
64. Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi
65. Tabiatshunoslik va mehnat nazariyasi metodikasi
66. Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi
67. tadkikot ish raxbarlik
68. Tarbiyaviy ishlar metodikasi
69. Ta`lim tarbiyaning dolzarb muammolari
70. Teoriya distsiplin nachalnogo obrazovaniya
71. Teoriya distsiplin nachalnogo obrazovaniya. Kursovaya rabota
72. Teoriya nachalnogo kursa matematiki
73. Umumiy pedagogika
74. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti
75. Uzluksiz amaliyot
76. Uzluksiz pedagogik amaliyot

Kafedra a`zolari